1 A. X. O‘roqov


 Yo‘l to‘shamasi va qoplamasini saqlash texnologiyalari



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/102
tarix26.10.2023
ölçüsü10,95 Mb.
#161432
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   102
Avtomobil yollarini tamirlash va saqlash texnologiyalari darslik

3.2. Yo‘l to‘shamasi va qoplamasini saqlash texnologiyalari 
Yo‘l to‘shamasini saqlashning asosiy vazifasi bu tizimli qarov, transport-
ekspluatatsion ko‘rsakichlarni saqlash va oshirish, qoplamani toza va tartibli 
saqlashdan iboratdir. 
Mukammallashtirilgan qoplamali yo‘llarni saqlash. Bahorgi davrda jadal 
tarzda erish boshlanishiga qadar yo‘l yoqasi va qatnov qismidan qor va muzdan 
tozalanadi. Qoplama quriganidan so‘ng uni puxtalab chang, loy va muzlashga 
qarshi qo‘llanilgan materiallardan turli xil mexanizastiyalashgan uslublarni qo‘llab 
tozalanadi.
Yo‘l to‘shamasining mustahkamligi kam bo‘lgan va zaiflashgan bo‘laklari 
ko‘p bo‘lgan (yo‘l poyi o‘ta namlangan, ko‘pchigan) yo‘llarda yuk 
ko‘taruvchanligi yuqori bo‘lgan avtomobillar harakati cheklanadi, tezlik 
kamaytiriladi yoki o‘tish butunlay yopilib, ularni maxsus tayyorlangan aylanma 
yo‘llardan olib o‘tiladi. 
Bahorgi jadal issiq va turg’un ob-havoda to‘kilish, o‘yiqlar, yoriqlar, alohida 
to‘lqinlar, ko‘tarilishlar, sinishlar, qoplama chetining noravonligi ko‘rinishidagi 
mayda buzulishlar ta’mirlanadi. Loyning bahor va kuzda yo‘lning alohida 


60 
bo‘laklarida ko‘p hajmda to‘planishi avtogreyder yordamida, kata bo‘lmagan 
hajmda to‘planishini mexanik cho‘tka yoki suv sepuvchi mashina yordamida 
tozalanadi.
Yo‘l qoplamasini supurish mexanik cho‘tkali mashina bilan yo‘l o‘qidan 
qatnov qismining qirg’og’i tomonga surilib bajariladi. Bunda mashinaning keying 
izi 
oldingi 
yurgan 
izini 
0,25… 
0,50 

berkitishi 
zarur. 
Tozalash quruq yoki ho‘l uslub bilan amalga oshirilishi mumkin. Ho‘l uslubda 
tozalashda qoplama maxsus suvni ishchi hududga sochib beruvchi forsunka bilan 
namlanadi. Chang, loy va mayda axlat qoplamadan cho‘tka yordamida tozalanadi 
va bunkerga mexanik konveer yoki pnevmatik shlang bilan uzatiladi. Quruq holda 
tozalash vaqtida chang cho‘tkaning ishchi hududidan vakuum-pnevmatik qurilma 
bilan so‘riladi.
Tozalashda eng yaxshi sifatga vakuum-tozalagich mashinalar deb 
nomlanuvchi 
vakuum-pnevmatik 
tizimli 
supurib-tozalovchi 
mashinalar 
qo‘llanilganda erishiladi. Supurib-tozalovchi mashinalar 1,5… 3,0 m va undan kata 
supurish eni va 3,5 … 25 km/soat supurish tezligiga ega bo‘ladi. 
Yo‘l qoplamasini yuvish harakatlanish yo‘nalishiga 75...80° burchak ostida 
o‘rnatilgan maxsus suvni elpig’ich ko‘rinishida 0,4 MPa gacha bosim ostida 
purkovchi moslama o‘rnatilgan suv sepuvchi mashinalarda amalga oshiriladi. 
Bunda suv sarfi 0,9… 1,2 l/m2 ni tashkil qiladi. Mashinalarning turiga qarab 
yuviladigan tasmaning eni – 2,2… 8,5 m, ishchi tezlik – 3,5… 16,5 m km/soat, 
stisterna hajmi – 6… 11 m3 oraliqlarda bo‘ladi.
Yuqori kategoriyali yo‘llarni yuvishda qoplamaga nisbatan 70...80° burchak 
ostida mashinaning old bamperiga o‘rnatilgan, suvni yuqori bosim ostida yupqa 
oqimda sochuvchi moslama o‘rnatilgan suv sepuvchi mashina qo‘llaniladi. Bunda 
suv sepuvchi mashinaning tezlig 60 km/soat gacha etadi. 
Aholi yashash hududlari chegaralaridan o‘tadigan yo‘llar qoplamasiga suv 
sepish yozning issiq kunlarida amalga oshiriladi. Suv sepishning yuvishdan farqi 
shundaki unda suv oqimi mashinaning harakat yo‘nalishida oldinga va yuqoriga 
yo‘naladi, buning natijasida suv sochiladi va qoplamaga yoyilib mikroiqlimni 


61 
yaxshilaydi va salqinlik hosil qiladi. Asfaltbeton qoplamasiga suv sepishdagi 
suvning sarfi 0,2...0,3 l/m2 ni tashkil qiladi. 
Qoplama yuzasiga bitum chiqib qolishidan hosil bo‘lgan sirpanchiqlikni 
bartaraf qilish. Yozning issiq kunlarida asfaltbeton yoki boshqa bitum-mineral 
materiallardan qurilgan qoplamalarning alohida qismlarida avtomobillar va quyosh 
nuri ta’sirida qoplama yuziga bitum chiqib qoladi va buning natijasida 
sirpanchiqlik yuzaga keladi. 
Ushbu kamchilikni oldini olishning bir necha yo‘llari bor. Qoplama yuzasiga 
o‘lchami 2… 3 mm bo‘lgan qayta ishlanmagan yoki bitum (bitum emulsiyasi) 
bilan qayta ishlangan yirik donali qum sepilib, katok bilan qoplamaning 
yumshagan qatlamiga kirgiziladi. Ortiqcha bitum qumni qoplab oladi va bir 
vaqtning o‘zida qoplamaning tishlashish sifati yaxshilanadi. Eng samarali tadbir 
qum sepilib supuruvchi mashina bilan qoplama yuzasi tozalanmasidan bir oz 
muddat oldin (0,5 soat) bunday yo‘l bo‘laklarini kam miqdorda (0,1...0,2 l/m2) 
organik erituvchilar (masalan kerosin, solyar moyi) bilan qayta ishlashdir. Bu 
jarayonda bitum erib qumga tez singiydi va undan so‘ng qum bilanbirgalikda 
chiqib ketadi. 
Sementbeton qoplamalarni saqlashda yoriqlar va choklar, plitalar qirg’oqlari 
va chegaralari, alohida g’ovakliklar berkitiladi, mahalliy cho‘kish va alohida 
plitalardagi ko‘tarilib qolishlar bartaraf qilinib, qoplamadagi to‘kilish markazi 
bo‘lgan bo‘laklar qayta tiklanadi. Yoriqlar oldindan barmoqli freza yordamida 
qayta ishlanadi va tozalanib, shundan so‘ng to‘ldiriladi. 
Eni 5… 25 mm bo‘lgan yoriqlarni to‘ldirishda asosan tarkibi mahalliy 
sharoitga bog’liq ravishda tanlangan bitum mastikasi (shu jumladan rezinabitum) 
dan foydalaniladi. Buzilishlarni to‘ldirishda stementbeton yoki asfaltbeton (shu 
jumladan quyma) qorishmasi bilan, shuningdek yilning issiq vaqtlarida harorat +5 
°S dan kam bo‘lmaganda suyuq shisha qorishmasidan foydalaniladi. Polimerbeton 
qorishmalari havo harorati +15 °S dan kam bo‘lmaganda qo‘llaniladi. 
Chuqurligi 5 sm gacha bo‘lgan buzilishlarni to‘ldirishda mayda donali 
(qumli) 
stementbeton 
qorishmasidan 
foydalaniladi; 
katta 
chuqurlikdagi 


62 
buzilishlarni to‘ldirishda qumli yoki chaqiqtoshning yirikligi 20 mm gacha bo‘lgan 
chaqiqtoshli beton qorishmalaridan foydalaniladi. Ta’mirlash uchun stementbeton 
qorishmasini yotqizishdan oldin tayyorlangan yuzaga (10… 20 min avval) markasi 
500 markadan kam bo‘lmagan plastiklashtirilgan stement kleyidan yupqa qatlam 
qilib suriladi. Yozgi davrda buzilishlarni ta’mirlash bilan bir vaqtda tizimli 
ravishda qatnov qismi tozalanadi, gidrofobizatsiya yo‘li bilan stementbeton 
qoplamasining yuzasidagi buzulishlardan himoyalash bo‘yicha oldini olish ishlarni 
amalga oshiriladi. 
Gidrofobizatsiya – bu yuzadagi g’ovakliklar, kapilyarlar va yoriqlarga suvni 
kirishini oldini olish bo‘lib buning natijasida avtomobil g’ildiragining qoplama 
bilan tishlashish sifati oshiriladi. Gidrofobizatsiya bo‘yicha ishlar amalga 
oshiriladigan vaqt davomida yo‘l bo‘lagi harakatlanish uchun yopiladi. Harakatni 
aylanma yo‘llarga yo‘naltirishning imkoni bo‘lmaganda qatnov qismining har ikki 
yarmi uchun navbatma-navbat gidrofobizatsiya ishlari bajariladi. Ishlar qoplamani 
yuvuvchi yoki supurib tozalovchi mashinalar bilan yaxshilab tozalangandan so‘ng 
bajariladi. 
Yuzani gidrofobizatsiya qilish bo‘yicha ishlar quruq ob-havoda, havoning 
harorati +5 °S dan kam bo‘lmaganda bajariladi. Ta’mirlangan yo‘l qoplamasi 
ustidan harakatlanishga ishlar tugatilganidan eng kamida 1 sutkadan so‘ng ruxsat 
beriladi.
Kuzgi davrda asosiy e’tiborni yo‘l yoqasini yomon holatga kelib qolishdan 
saqlashga qaratiladi, chunki yo‘l yoqasining yomon holati natijasida yo‘l poyi o‘ta 
namlanadi va ko‘pchish boshlanishiga sharoit hosil bo‘ladi, qatnov qismi 
ifloslanadi va qoplama qirg’oqlari jadal tarzda buzula boshlaydi. 
O‘tuvchi va quyi turdagi qoplamali yo‘llarni saqlash. Qoplama ravonligini 
oshirish maqsadida (bahor va kuzgi davrdagi yomg’irdan so‘ng) va mineral 
material bir tekisda taqsimlanishi uchun yo‘l to‘shamasi yuzasi profillanadi, 
alohida o‘yiqlar, izlar va cho‘kishlar ta’mirlanadi. Dastlabki profillash erta bahorda 
(qor eriganidan so‘ng) amalga oshirilib, uning natijasida izlar yo‘qotiladi va 
ko‘ndalang kesim tekislanadi. Ikkinchi profillash bahorgi (nam) davrning ohirida 


63 
yangi yuzaga kelgan deformastiyalarni yo‘qotish va qoplamani yakuniy tekislash 
uchun amalga oshiriladi. Yozgi davrda profillash yomg’irdan so‘ng zaruriyat 
tug’ilgandagina bajariladi. Kuzgi davrda qoplamaning qishki davrda izlar va 
ko‘ndalang to‘lqinlarsiz, tekis holatda ishlashini hisobga olib profillash amalga 
oshiriladi. Bahorgi davrda qatnov qismini loy va qor yoki muz qatlamlaridan 
tozalanadi. Yo‘lni qor va muzning asosiy massasi tozalanganidan so‘ng 3 – 5 kun 
davomida loy hali qotmasdan avtogreyder yoki buldozer bilan yrngil tozalanadiga 
holatda bo‘lganda qoplama tozalanadi.

Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin