2. Organizmni chiniqtirish muammolari. Organizmda paydo bo’ladigan issiqlik energiyasi



Yüklə 30,11 Kb.
səhifə1/2
tarix01.02.2023
ölçüsü30,11 Kb.
#82185
  1   2
CHINIQISHNING UMUMIY ASOSLARI


CHINIQISHNING UMUMIY ASOSLARI
1. Organizmni chiniqtirish jarayonlarining ahamiyati.
2. Organizmni chiniqtirish muammolari.
3. Organizmda paydo bo’ladigan issiqlik energiyasi.
4. Havoning chiniqtirishdagi ahamiyati.
5. Organizmni chiniqtirishda terini namlangan sochiq bilan artishning va cho’milish muolajalarining ahamiyati.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Organizmni chiniqtirish jarayonlarining ahamiyati.
Darxakikat, tabiatning inson uchun bergan in’omi — salomatlik. Sog’lom tanda —sog’ akl degan naklni hech kachon esdan chiqarmaslikning o’zi aql-idrokdan darak beradi. Shuni aytish zarurki, tibbiyot kanchalik yuqori darajaga etgan bo’lmasin, insoniyatni ko’p kasalliklardan xalos qilolmaydi. Ammo, inson, qandaydir xastalikka duchor bo’lib qolsa, vrachlar davolay olmaydigan holatda ham ulardan davolashni iltijo qilib, talab etadilar.
Shuning uchun ham, ota-bobolarimiz doimo bir gapni uqtiradilar, ya’ni sen yoshing ulgayguncha sog’ bo’lishni istasang, yoshligingdan sog’ligingni saqlashga harakat qil.
Demak. har bir yosh avlod, o’smirlar, balog’atga etmaganlar, o’zoq vaqt nima kilsam ekan, deb xayol surib o’tirmasdan, tabiat kuchog’ida faol, harakatchan bo’lib, organizmni tobora sog’aytiradigan omillardan oqilona foydalanishga ahd qilmog’i zarur. Ya’ni faol sog’lom turmush tarzida yashashni, organizmni yoshlikdan chiniqtirish, fizqo’ltura va sport bilan shug’ullanishni, shaxsiy va jamoa gigiena koidalarini saqlashga, qo’yingki, aql-idrok bilan organizmda kechadigan sog’lom hayotiy jarayonlarga hamohang bo’lishni ta’minlamoq maksadga muvofik bo’ladi.
Qanday qilib? Insonning sog’lom turmush tarzi, deganda nima ko’zda tutiladi? Sog’lom turmush tarzi inson organizmi rivojlanishini va sog’ligini mustaxkamlaydigan, ish qobiliyatini yaxshilaydigan, o’zoq umr ko’rish, sog’lomlashtirishning kompleks choratadbirlaridir.
Sog’lom turmush tarzining eng asosiy elementlari — bu insonning samarali mehnat faoliyati, eng maqbul harakat rejimi, shaxsiy gigiena qoidalariga mukammal rioya qilish, ratsional ovqatlanish, zararli odatlarni organizmga yaqinlashtirmaslik, eng asosiysi, organizmni qonun-qoidalarga buyso’ngan holatda chiniqtirmokdir.
Biz tabiat qo’ynida yashar ekanmiz, organizmimizga turli omillar o’z ta’sirini ko’rsatmay qo’ymaydi. Jumladan, kimyoviy moddalar, fizik jarayonlar, biologik omillar va qolaversa, ijtimoiy omillar ta’siri ham oz emas.
Shuni aytish zarurki, inson organizmiga ta’sir etuvchi mehnat jarayonlari katta rol o’ynaydi. Inson hayotida mehnat bo’lmasa, inson bilan tabiat o’rtasidagi modda almashinish jarayonlari bo’lmas edi, bu mehnat asosiy shartlaridan biridir. Agar mehnat jarayoni bo’lmasa, insonning hayotiy jarayoni ham bo’lishi mumkin emasligini olimlar allaqachonlar isbotlab berishgan. Mehnat, bu sog’lom tananing ajralmas extiyojidir.
Agar biz tarixiy-ilmiy adabiyotlarga e’tibor bersak, statistik faktlar shuni ko’rsatadiki, hamma umri boqiylar mehnatsevar insonlardir. Inson, mehnatsevar bo’lsa, bor kuchini yangiliklar yaratishga sarflasa, yuragida o’t chaqnab turganda ilhomlanib, serg’ayrat bo’lib ishlasa, shunday yo’l bilan o’z maqsadiga erishsa, insondagi baxtlilik ko’zga tashlanadi, chunki u baxtiyor, xursand, mo’ljallangan ishini oxiriga etkazdi, g’alaba qildi. bu esa, yana katta baxt, umr boqiylikning asosiy mezoni.
Mehnat qilishning zaminida, qanday ish bajarilishidan qat’iy nazar - harakat, harakatlanish yotadi. Harakat bu — rivojlanish, organizmning rivojlanish qonuniyatlari zamini, organizm sog’ligini mustahkamlovchi aso­siy omillardan biri.
Mehnat, organizmning to’g’ri rivojlanishiga, to’g’ri harakat ko’nikmalarini o’zlashtirishga yordam beruvchi eng asosiy omildir.
Frantsuz olimi B. Paskal fikricha, «Inson uchun eng yomon, chidab bo’lmaydigan jarayon uning tinchligi, endi hech narsa, ya’ni extiroslar aysh-ishratlar, biror ishlar bilan shug’ullanish, biror ish bilan band bo’lish yo’llari bilan ta’sir etib bo’lmaydigan holatidir. O’shanda u o’zini tashlandiq, e’tiborsiz, zaif, qaram ekanini tushunib etadi».
Inson ruhiyatida bunday holatlar bo’lmasligi uchun, qandaydir holatda ham u o’zini kuchli, baquvvat, engil tez-kor harakatlanuvchi, chidamli jismoniy sifatga ega bo’lmoqlikni taqozo etadi.
Shuning uchun, biz o’zimizning kun tartiblarimizni, rejamizni to’zayotganimizda, ma’lum vaqtni, uning davomiyligini jismoniy faol harakatga sarflashni unutmasligimiz juda zarur, jumladan, ma’lum bir vaqtni sog’lomlashtirish va unga tayyorgarchilikka ajratish kerak bo’ladi. Tizimli ravishda maromida jismoniy badantarbiya bilan shug’ullanilsa, albatta, sog’lik mustaxkamlanadi, inson­ning kayfiyati yaxshilanadi, u o’zini engil xis qiladi, te­tiklik, xushchakchaklik jarayonlari o’z-o’zidan paydo bo’ladi.
Lekin, XX asr davomida, XXI asrning boshlarida hammamizga ma’lumki harakatlanish aktivligi ancha pasaydi. Akademik A. I. Bergning bergan ma’lumotlariga qaragan­da, o’tgan asrlarda ishlab chiqarish jismoniy harakat natijasida musqo’llardagi sarflanadigan energiya — 94 %ni tashqil qilar edi, hozirgi vaqtda energiya sarfi — 1 %ga tushib qoldi. Demak, ishlab chiqarishni avtomatlar, mexanizmlar, robotlar yordamida boshqarish kam harakatlilikni keltirib chiqardi, bu esa, o’z navbatida, inson sog’ligiga salbiy ta’sir etishni keltirib chiqarmoqda. Bunday kam harakatlilik jarayonlarining o’rnini bosish uchun, ish­lab chiqarishda har bir ish bilan band bo’lgan kishi o’zining kundalik hayotiy rejimiga ertalab badantarbiyani, sportning o’zi yoqtirgan turlaridan birortasini tanlab albatta shug’ullanishi kerak, juda bo’lmasa, daraxtzorlar ichida, favvoralar atrofida, kanallarning qirg’oqlarida sayr qilishni tashqil qilishi kerak, xullas, kam harakatlilik holatdan qancha tez voz kechilsa, shuncha yaxshi bo’ladi. Sog’lomlashtirish mashqlari bilan shug’ullanish sog’likni mustaxkamlaydi, jismoniy qobiliyatni yaxshilaydi, ayniqsa yoshlarni, o’smirlarning sog’ligini mustahkamlash zamon talabidir.
Keyingi vaqtlarda mamlakatimizda sportni rivojlantirishga shaxsan Respublika Prezidenti I. A. Karimovning tashabbusi bilan katta ishlar amalga oshirilmokda. Jumladan, 2000 yil 15 fevralda O’zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Sog’lom avlodni tarbiyalash dasturini» qabul qildi. 2002 yil 24 oktyabrda O’zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamgarmasini to’zish to’g’risidagi Prezident farmoni chikdi. 2003 yil 4 noyabrda O’zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ommaviy sport targ’ibotini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» qaror qabul qildi.
Shularning hammasidan kelib chiqadigan xulosa shuki, sog’lom turmush tarzini shakllantirish hamda turli xil kasalliklarning oldini olishning asosiy yo’li to’rg’i tashqil etilgan jismoniy harakat madaniyati, sport hamda cog’likni saqlash tizimidir.
Jismoniy harakat, odamning butun organizmidagi a’zo va tizimlarning ishini normallashtiradi, bo’zilgan faoliyatlari tiklanadi, aqliy va jismoniy faollik oshadi.
Turli yoshdagi odamlar uchun harakat to’laqonlik hayot va faoliyat ko’rsatkichidir. Harakat natijasida energiya sarfi oshadi, to’qima va hujayralarning qon va oksigen, oziq-ovqatlar bilan ta’minlanishi yaxshilanadi. Yurak mushaklarining tolalari mustahkamlanadi, organizmni idora qiluvchi ichki sekretsiya bezlari va nerv tizimining ishi faollashadi. Harakat va jismoniy mashqlar suyaklar tizimini mustahkamlaydi, bo’g’inlar harakatchan bo’lib to’zlar yig’ilmaydi, mushaklarni kuchi oshib, suyaklarning genezisini saqlaydi. Bolalar va o’smirlar uchun harakatning ahamiyati bebahodir, chunki u bola orgamizmning shakllanishida tayanchdir.
Organizmni sog’lomlashtirishda uni chiniqtirish kat­ta ahamiyat kasb etadi. Chiniqishning yordami bilan organizmga yopishadigan ko’p kasalliklardan qutulish mumkin. Chiniqish bilan o’zoq vaqtlargacha insonning mehnat qobiliyati saqlanib qolishi mumkin. Chiniqish shamollash oqibatida paydo bo’ladigan nafas yo’li kasalligidan orga­nizmni holi qiladi. Ko’pincha chiniqqan organizmda sha­mollash ko’zatilmasligi mumkin.
Keyingi yillarda organizmni chiniqtirishga katta ahamiyat berilmokda, organizmni chiniqtirish maktablari paydo bo’lmokda, shu maqsadda havo vannalaridan, suv va quyosh nurlaridan foydalanib muolajalar uyushtirilmoqda, shular bilan bir qatorda, keng ko’lamda organizmni sog’lomlashtirish maqsadida jismoniy tarbiyaning turli xil vositalaridan foydalanilmoqda.
Chiniqtirishning eng asosiy vositalaridan biri tabiatning shifobaxsh kuchlaridan foydalanishdir.
2.  Organizmni chiniqtirish muammolari.
Shunday qilib, organizmni turli kasalliklarga qarshi chiniqtirish muammolarini tabiatning shifobaxsh vo­sitalaridan foydalanib amalga oshirish, katta ahamiyat kasb etadi. Gippokrat so’zi bo’yicha, tabiat — kasallikning yuragi, deydi u. Bu hak gan, negaki inson organizmini chiniqtirishda, uning turli zararli meteorologik omillari ta’surotlariga qarshi turib berishda chidamliligini oshirish uchun tabiatning shifobaxsh tabiiy kuchlaridan ratsional foydalanish katta natija beradi.
Tarixdan shu narsa ma’lumki, qadimgi Misrda orga­nizmni kasalliklarga qarshi chiniqtirish maqsadida taza havodan, suvdan va quyoshdan keng ko’lamda foydalanilgan. Jumladan, sog’likni mustahkamlashda tizimli ravishda organizmni havo bilan sovutish va suvli muolajalardan foydalanilgan. Bu uslublardan hatto Gretsiya davlati ham foydalangan. Masalan, kelajakda harbiy hizmatda qatnashadigan yosh yigitlarni chiniqtirishda yilning har xil fasllarida yalang oyoq yurish mashqlari, bosh kiyimlarsiz, hamda kish kunlari fakat engil kiyimlar kiyib, o’zlarini chiniqtirganlar. Kechalari yotoqxonalarda o’rilgan quruq beda yoki somon ustida uxlaganlar.
Qadimgi antik tabobat vakili Gippokrat odamlarni sog’lomlashtirish maqsadida badanni xullab artish, yuvish, sovuqsuvli vannaga tushirish uslubidan keng foydalangan. Uning bunday g’oyalari G’arbiy Evropa mamlakatlarida keng tarqala boshlagan. Gippokrat g’oyalarini Abu Ali ibn Sino ham qo’llab-quvvatlagan.
1761 yili frantso’z adabiyotchisi va faylasufi J. J. Rus­so o’zining o’lmas asari «Yuliya yoki Yangi Elonza»da tarixiy-madaniy voqealikdan biri Evropa madaniyatiga kirib kelgan g’oya, ya’ni inson organizmini kasallikka qarshi chiniqtirish, chiniqtirishning shifobaxsh ahamiyati haqida fikr yuritadi. Kitobning bosh qahramoni Yuliya, o’zining birinchi farzandini tarbiyalash tizimiga baho berib, quyidagilarni aytadi: «U issiqda, sovuqda boshyalang, harsillamay, chopib yurishni odat tusiga kirgizdi, chopganida terlab-pishib chiniqdi, shamollash uning uchun qo’rqinch bo’lmay qoldi. Men ota-onalarni o’z bolalarini erkatoy qilib o’stirib, ular ustida doimo g’amho’rlik qilib, ularni nozik o’stirib, shamollab qoladi, degan shubxaga borish, qo’rqoqliklaridan juda afsuslanaman. Ular o’z farzandlarini erkin harakat qilishiga qo’ymay, ortiqcha extiyotkorlik bilan saqlashga harakat qiladilar, oxir pirovardida nozik o’sgan farzand umrining oxirigacha turli kasalliklar bilan og’rib qolish xavfiga giriftor qiladilar, arzimagan burun shamollashi ham o’pkaga asorat berib, o’pkaning yallig’lanishiga, o’pkada suv yig’ilish (plevrit) kasaliga duchor qiladigan bo’lib qoladi, ular quyoshda yurolmaydilar, quyoshning nuri ham ularga o’tkir ta’sir ko’rsatadigan bo’lib qoladi. Bunday o’sgan bolalar kasalvand bo’lib, ko’pincha o’limga mahkum bo’ladilar».
XII—XIII asrda yashab ijod qilgan Ismoil Jurjoniy o’zining butun dunyoga ma’lum bo’lgan «Xorazmshoh xazinasi» nomli 20 kitobining 8 tasini tibbiyotning turli sohalariga bag’ishlagan. Ismoil Jurjoniy organizmning jismoniy harakatini ta’riflab, jismoniy yukni sekin-asta oshirib borishi kerak, uni chiniqtirish zarur. Ammo organizm uchun bu harakat og’irlik qilmaslik lozim, aks holda u organizmda noxushlikni keltirib chiqaradi, deydi. Katta harakatdan ilgari, Jurjoniyning fikricha, oyoq, qo’l va bel mushaklarini uqalash zarur bo’ladn. Insonning hamma mushaklariga, qismlariga o’ziga yarasha jismoniy harakat berilishi zarur.
Oyoq uchun, eng asosiy harakat yurish, chopish, qo’l mushaklari uchun yoy tortish, nayza otish, tosh irgitishlar yaxshi mashqdir. Bunday mashqlar, organizmni baquvvat, epchil, serg’ayrat qiladi, sog’likni mustahkamlaydi.
Turli tashqi va ichki ta’sirlar chiniqtirishda, tanada hosil bo’ladigan issiqlik va muhit katta ahamiyat kasb etadi. Organizmda issiqlikning paydo bo’lishi va sarfi undagi haroratning umumiyligini saqlaydi. Ammo keladigan issiqlik bilan sarflanadigan issiqlik bir-biriga teng bo’lgandagina tana hqrorati doimiylik darajasida saqlanadi.

Yüklə 30,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin