2. Organizmni chiniqtirish muammolari. Organizmda paydo bo’ladigan issiqlik energiyasi


Organizmda paydo bo’ladigan issiqlik energiyasi



Yüklə 30,11 Kb.
səhifə2/2
tarix01.02.2023
ölçüsü30,11 Kb.
#82185
1   2
CHINIQISHNING UMUMIY ASOSLARI

3. Organizmda paydo bo’ladigan issiqlik energiyasi.
Organizmda kechadigan doimiy davom etadigan modda almashinish jarayonlari sababli issiqlik energiyasi ishlab chiqiladi. Organizmda ajratilgan energiya issiqlik energiyasi birligida — kilokaloriya yoki kilojoulda ifodalanadi. Organizmda bir kunda ajraladigan energiya uch tarkibiy qismdan iborat:
a) asosiy modda almashinishidan hosil bo’ladigan energiya;
b) ozuqa iste’mol qilgandan so’ng yuqori modda almashinishidan so’ng hosil bo’lgan energiya;
v) jismoniy va aqliy faoliyat natijasida paydo bo’ladigan energiya.
Asosiy modda almashinish jarayonida paydo bo’ladigan energiya organizmda bo’ladigan hayotiy funktsiyalarga sarflanadi: ya’ni nafas olishga, yurak, buyrak, jigarning ishiga va boshqalarga sarflanadi. Kattalar uchun, asosiy modda almashinish birligi 2 kg tana og’irligiga 2 soatda o’rtacha 2 kkalga teng.
Issiqlik ishlab chiqish oziqlangandan so’ng, ovqat hazm qilish organlarining yuqori darajadagi faoliyati oqibatidir. Odatda, ovqat istemolidan so’ng, ovqat tarkibidagi oqsil, yog’ va karbon suvlarning normal o’zaro nisbatlarida energiya almashinishi o’rtacha 150—200 kkalga ko’tariladi, bu asosiy almashinishning 10—15 %ni tashqil qiladi.
Issiqlikning yuqori bo’lishi asosan jismoniy mehnat natijasi bo’lib, aqliy ishda bunchalik ko’tarilmaydi. Hosil bo’lgan energiya miqdori mehnatning og’irligi yoki engilligiga, uzoq davom etishiga va shiddatliligiga bog’liq. Organizmning turli organlarida ajraladigan ener­giya miqdori har xil. Issiqlik chiqarishni bosh boshqaruvchilari musqo’llar hisoblanadi. Shiddatli jismoniy ish bajarishda musqo’llar 90 %gacha issiqlik ajratadi. Nor­mal holatda ish bajarishda musqo’llar o’rtacha 65—70 % issiqlik ajratadi. Jigar va ovqat hazm qilish organlari­ning zimmasida 20—30 % issiqlik ajratish yotadi.
Issiqlik ajratish, eng yuqori darajada jismoniy mehnat qilish natijasida 4000 K DJG’soatga teng bo’lishi mumkin, chegarali mehnat qilishda ajratiladigan energiyadan 10 barobar ortiqdir.
Yozning issiq kunlarida inson organizmi mehnat ja­rayonida ajratadigan energiyadan tashqari issiqlikni tashqi muhitdan ham oladi. Agar tashqi muhit 15°Sdan pastroq bo’lsa, issiqlikning organizmda ajralishi kuchayadi, agar 30°S yuqori bo’lsa, issiqlik ajratish pasayadi. Ammo atrof-muhitdagi harorat 37°Sdan ko’tarilsa, organizmdagi issiqlik almashi­nishi buziladi, tana harorati yana ko’tarila boradi.
Havo harorati tushsa goho organizmda sovuq titrash sodir bo’ladi, ixtiyorsiz skelet mushaklari tortiladi. Bunday holat organizmning himoya reaktsiyasi oqibatida paydo bo’ladi, natijada musqo’llar issiqlikni ajratishni kuchaytirib, tanadagi haroratni mo’’tadil holatda ushlaydi.
Shunday qilib, organizmdagi issiqlik miqdori birinchidan, modda almashinish jarayonida ajratilsa, ikkinchidan, organizm issiqlikni tashqi muhitdan oladi. Shu bilan bir qatorda, doimiy ravishda organizm issiqlik berish yo’li bilan uni sarflaydi.
Hisoblar shuni ko’rsatadiki, agar bir sabab bilan orga­nizmda Issiqlik sarflash to’xtab qolsa, tana harorati ko’ta­rila boradi, ko’tarilish har soatda 2,5°Sni tashqil qiladi, kunning oxiriga borib, 60°S yuqoriga ko’tarilishi mumkin. Bu harorat organizm to’qimalarining oqsil qismini ivitib qo’yadigan haroratdir.
Ammo amaliyotda og’ir jismoniy mehnat natijasida orga­nizmning qizib ketishi juda tezlashadi, masalan, 2—3 barobar ortadi, tananing hamma musqo’llari o’ta og’ir jis­moniy mehnat qilsa, issiqlik ajratish 10—12 daqiqada harorat 42°S ga ko’tarilishi mumkin edi. Ammo bun­day bo’lmaydi, chunki issiqlik qancha ko’p ajralsa, orga­nizm tomonidan shuncha ko’p sarflanadi. Issiqlik asosan teri orqali yo’qotiladi, ozrog’i o’pka orqali ham sarflanadi.
Fizika qonunlari asosida issiqlikni yo’qotish yo’li quyidagicha:
a) tana yuzasidagi issiqlikning nurlanish yo’li bilan sarflanishi;
b) tana issiqligi, atrofdagi sovuqroq havoni isitish va sovuqroq predmetga tana yuzasining tegishi (qontakt) yo’li bilan issiqlikning o’tishi, sarflanishi;
v) issiqlik, tanadagi terning o’pka orqali bug’lanish
yo’li bilan yo’qotilishi.
Issiqlikning nurlanish yo’li bilan yo’qotilishi — bu shunday holatni, ma’lum darajada isitilgan yuzadan issiqlikning nurli energiya sifatida nurlanish xususiyati, ya’ni infraqizil nurlar.
Organizmning tinch holatida issiqlikni o’tkazish va issiqlikning nurlanish bilan yo’qotilishi, taxminan 70— 80% ni tashqil qiladi.
Issiqlikning tana terisidan boshqa predmetga yoki havoga, suvga tegib turgan joyidan o’tishi — sarflanishi deb tushuniladi, buni qonvektsiya yo’li, deyiladi. Qonvek­tsiya yo’li, shamol bo’lib turgan vaqtda, suv oqib turganda hamda chopish, so’zish vaqtida, tez harakat bilan bajariladigan sport o’yinlarida ham kuchayadi.
Ammo qonvektsiya yo’li bilan tananing sovushi tashqi havo harorati tana haroratidan pastroq bo’lganda kuzatiladi. Masalan, cho’lning issiq shamoli tanani sovutmaydi, aksincha, tana haroratini ko’taradi.
Agar tana kiyimli bo’lsa, qonvektsiya o’zgarishi mum­kin. Masalan, akvalangistning kostyumi, uning suvda so’zish jarayonida sovuq qotishidan, hattoki u uzok vaqt suv­da so’zishni davom ettirsa ham, asraydi.
Issiqlikning o’tishi muhitning issiqlik o’tkazuvchanlik xususiyatiga bog’liq. Jumladan, havoning issiqlik o’tkazuvchanligi suvga qaraganda pastdir. Chunki, tananing suv­da suzishi havoga qaraganda tezroq kechadi. Sovuq namli havo quruq havoga qaraganda issiqlikni tezroq o’tkazib, tanani tez sovo’tadi. Shu bilan birga, yuqori haroratli namlik havoda tananing sovushi ancha qiyinroq kechadi, sababi teri orqali terlash jarayoni qiyinlashadi.
Organizm tinchlik holatida ma’lum darajada terlash jarayoni terining harorati 37°S etganda boshlanadi. Uzoq davom etgan jismoniy harakat (mehnat) musqo’llarning ishlashi, ter ajralishni kuchaytiradi. Terlash oqibatida yo’qotiladigan suv 3—4 litrni tashqil etadi, kunning issiq kunlari undan ham ko’proq ajralishi mumkin. 1 litr ajralgan ter bilan 550 kkal issiqlik ham yo’qoladi.
O’pka orqali doimo suvning parlanishi kuzatiladi. Bir sutkada o’pka orqali 200—300 ml suv yo’qoladi, mehnat qilish jarayonida 1 soat davomida shuncha suv yo’qotish mumkin. Insonning terlashi havo harorati va namligiga bog’liq. Suv bug’lari bilan to’yingan havo harorati yuqori bo’lsa, suvning bug’lanishi qiyinlashadi va umuman to’xtashi mumkin.
Quruq havoda, terning bug’lanishi ancha shiddatliroq kuzatiladi. Tana issiqligini yo’qotishning bosh manbai teridir. Tashqi haroratning yuqori bo’lishi teridagi qon tomirlarining kengayishi orqali qonning terida oqishi kuchayib, haroratni oshiradi va issiqlikni teri orqali yo’qotish kuchayadi. Kun sovuq bo’lgan vaqtda, terining qon tomirlari torayib, teriga qonni kam haydaydi, issiqlikning teri orqali o’tkazish va nurlanib yo’qolishi pasayib ketadi. Tashqi haroratnng ortishi issiqlikning parlanib, sarflanishini kuchay­tiradi, shunday qilib, organizm ortiqcha issiqlikdan holi bo’ladi.
Organizmdagi issiqlikni boshqarish markaziy asab tizimi orqali va gumoral yo’li bilan sodir bo’ladi. Odam terisida muxsus terma retseptorlar mavjud bo’lib, ular tashqi sovuq yoki issiqlikni qabul qiladi. Terma retseptorlar terida, qon tomirlarda va ayrim organlarda joylashgan. Harorat o’zgarishi bilan, ko’zg’aluvchanlik paydo bo’lib, bu jarayon issiqlik almashinish markaziga beriladi. Markaz, oraliq miyada joylashgan bo’lib, markazdan nerv impulslari vegetativ asab tolalari orqali modda almashinish hamda issiqlik hosil qilish jarayonlariga ta’sir ko’rsatadi. Bir vaqtning o’zida teri qon tomirlarining tonusi ham o’zgaradi.
Atrof-muhit harorati pasaysa, qon tomirlar reflektori torayib, teriga kam qon keladi, natijada teri orqali issiqlik yo’qotish pasayadi. Tashqi muhit harorati ko’tarilsa, qon tomirlar kengayib, qon teriga ko’p keladi va issiqlikning yo’qolishi kuchayadi. Bunday holatlardan insonlarni sovuqqa yoki issiq haroratga chiniqtirishda foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. K. M. Smirnov fikricha, «Agar o’ta issiqlik yoki o’ta sovuqlik davrida organizmni tana haroratini, uning yosh qobiliyatini va sog’ligini normal holatda saqlab qolish, agar organizm tizimli ravishda chiniqtirilmagan bo’lsa amri maholdir». Bu masalada pro­fessor, albatta haq.
1. Havoning chiniqtirishdagi ahamiyati.
Atmosfera havosi tabiiy gazlar aralashmasi bo’lib, tarkibida oksigen 21%; azot 78%; karbonat angidridi 0,03% va inert gazlar, ozon 0,94% tashqil qiladi.
Atmosfera havosi, Erning yuqori gazli qavati bo’lib, er yuzidagi modda almashinish jarayonlarining hamma jabhalarida qatnashadi. Nafas olish bilan, o’pka organi orqali qonga o’tadigan havodagi oksigen — 20, 94; nafas bilan kiradigan havoda SO2—0,03, chiqadigan havoda — 3,4—4,7 %; azot miqdori kiradigan havoda — 78, chiqadigan havoda — 78,26 %; boshqa gazlar 0,94 va o’pka orqali chiqadigan havo­da 0,94 % ni tashqil qiladi.
Havo tarkibidagi gazlarning fizik, kimyoviy va bio­logik xususiyatlari quyidagicha: atmosferaning eng muhim tarkibiy qismi oksigen — 20,94 % partsial bosimi simob ustuni buyicha 160 mm ga yaqin. havo oksigenisiz nafas oluvchi jonivorlarga juda qiyin, masalan, inson havosiz uzog’i bilan 2-3-5 daqiqa chidashi mumkin, holos.
Oksigen tabiatda keng tarqalgan. Oksigen odam organizmida ketayotgan assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlarining hamma bosqichlarida faol qatnashadi. Inson organizmida ovqat moddalarining qayta ishlanishi, oksidlanishi va bu jarayonlardan quvvatning ajralib chiqishi oksigensiz amalga oshmaydi. U tana haroratini mo’’tadil ushlab turishga yordam beradi.
Agar inson organizmining oksigen bilan ta’minlanishi buzilsa, nafas olish, yurak-qon tomir tizimi, markaziy asab tizimi, jigarning, oshqozon-ichak va boshqalarning faoliyati buziladi, jiddiy o’zgarish ro’y berib, hayot o’lim bilan tugashi mumkin.
Shuning uchun ham, insonning sog’ligini saqlash maqsadida olib boriladigan chiniqtirish muolajalarida havoning ahamiyati juda katta.
Havo organizm uchun oksigenni etkazib beruvchi manbaa bo’libgina qolmay balki, u organizmning sog’ligini mustaxkamlash, chiniqtirishda faol qatnashadigan, eng asosiy omillardan biri. Ko’pincha «Havo vanna»larini o’ta nozik va xavf-xatarsiz muolaja, deb bekorga aytishmaydi. Shuning uchun ham, organizmni umumiy chiniqtirishni havo vannasidan boshlashni tavsiya qiladilar.
Havo vannasi inson organizmiga o’ta yoqimli ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun u tinch, o’zini bosib olgan holatda yashaydi. O’ta ko’zg’aluvchanlik sekin-asta bosiladi, uyqu normallashadi, organizm tetiklashadi, kayfiyat toza havoda yaxshilanadi. Havo vannasi bo’lsa, chiniqtirishda organ va tizimlarning ish qobiliyati orttirib boradi.
Qon-tomir tizimi sovuqroq havo vannasini olayotganda torayadi va tezda oldingi holatga qaytib, orga­nizmning sovuqqa moslashishini yaxshilaydi. Havo bi­lan chiniqtirilganda organizmning harakatchanligi sezilarli darajada ortadi qon-tomirlar reaktsiyasi ham yaxshilanadi.
Ayniqsa, yomg’ir yoqqanda, momaqaldiroq, chaqmoq bo’lganda havo bor g’uborlardan holi bo’ladi, u yuviladi, changlar, mikroorganizmlar, zararli gazlardan havo musaffo bo’ladi, o’simlik barglari yopishayotgan zararli moddalardan tozalanadi, inson tomonidan nafas olish juda engillashadi. Yomg’ir o’t-o’lanlarni, gullarni, daraxtlarning shox-shabbalari, tanalarini turli iflosliklardan tozalaydi, ular o’ziga xos tabiiy yoqimli hidlarni havoga taratadi. Insonlar esa bundan bahramand bo’lib kayfiyatlari yaxshilanadi, tetiklashadilar, kuchlariga kuch qo’shiladi. To’yib-to’yib nafas oladilar. «Toza Havo — tanga davo» deb bekorga aytilmagan. Nafas organlari sistemasining fao­liyati yaxshilanadi. Ayniqsa, nafas yo’llari kasalligiga uchragan kishilar engil nafas oladilar. Chunki, tanadagi modda almashinish jarayonlari, to’qima va hujayralarda oksidlanishlar yaxshilanadi. Umuman, sog’lik tiklana boradi, sog’ organizm undan ham sog’lomlashadi.
Xo’sh! havo okeanidan organizmni chiniqtirishda nimadan boshlash kerak?
Inson organizmiga havo oqimining ta’siri har tomonlamadir. Bu havoni, havo haroratini, namligini, havo harakat tezligini hamda havoda engil va og’ir aerozollarning, chang va boshqa g’uborlarning ham ijobiy, ham salbiy ta’sirini ko’z o’ngimizga keltiramiz. Havo turli xil kimyoviy zaharli chang va gazlar bilan bug’langanda, ular ham organizmga salbiy ta’sir etib, har xil kasalliklarni chaqiradi.
Inson organizmini chiniqtirish maqsadida, asosan havo harorati ta’siridan foydalaniladi. Havo vannasi deb atalmish muolajadan tananing hamma yuzasiga ta’sir etiladi yoki alohida oyoq, qo’l teri yuzasiga ham ta’sir etib chiniqtirish mumkin. Inson tanasi bilan uning kiyimi orasidagi havo katlami odatda doimiy haroratga (27— 28*S) ega. Demak, kiyim kiygan tana haroratini atrof-muhitdagi harorat bilan farqi juda katta emas. Shuning uchun ham organizmning issiqlikni yo’qotishi bilinarsiz. Organizmdan kiyim echib olingandan so’ng, issiqlikni sarflash jarayoni oshib boradi. Atrofdagi tashqi harorat pasayishi organizmni tezroq sovo’ta boshlaydi.
Organizmni chiniqtirishda foydalanilgan havo vannasi harorati shartli ravishda quyidagilarga bo’linadi issiqroq (22"S), salqinroq (20°—17°S), sovuqroq (16*S) va undan pastroq. Yaxshi chiniqtirilgan kishilarda sovuqlikni sezish ancha pastroq haroratda paydo bo’ladi.

Xulosa
Yukorida zikr kilganimizdek, tana terisiga sovuqroq suv bilan ta’sir etilsa, u tezda reaktsiya beradi. Oldin terining yuza qon-tomirlari tezda sovuq suv ta’sirida torayib, qon ichki organlar tomon intiladi, teri tuklari xuddi g’oz terisiga o’xshab qoladi. Keyinchalik, birinchi davr tugab, ikkinchi davrda organizmda shiddat bilan issiqlik hosil qilib, teri qon tomirlari kengayadi, qon yana teri qon-tomirlarini to’latib, tanani isitadi, oldingi titroq o’rnini issiqlik egallaydi. Shundan ma’lumki, teri qon-tomirlari ta’sirga tezda reaktsiya beradi, demak, bu haroratning pastligiga yoki yuqoriligiga berilgan reaktsiya. Sovuq suv bilan chiniqtirish boshlanganda, shuni eslash kerakki, asosan, muolaja davrining davomligi emas, balki suv harorati asosiy rolni o’ynaydi. Demak, suv qancha sovuq bo’lsa, tana bilan suv qontakti qisqa bo’lishi kerak! Suv muolajalarini boshlashda havo harorati 17-20°S dan kam bo’lmasligi tavsiya qilinadi, chiniqtirishning rivojlanishi bilan sekin-asta havo harorati pastroq bo’lishi mumkin. Muolajani erta bilan boshlagan yaxshi yoki ertalabki badantarbiyadan keyin bo’lsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunday muolaja organizmni uyqudan keyin faol holatga keltiradi, kayfiyat yaxshilanadi. Ammo uyqudan oldingi suv muolajasi organizmga negadir yaxshi ta’sir qilmaydi, muolajadan uyqusizlik, nerv sistemasi qo’zgaluvchanligining oshishi, kayfiyatning buzilishi kuzatiladi

Adabiyot


  1. Molokov Yu.G., Molokova A.V. Ta'limni axborotlashtirishning dolzarb masalalari // Ta'lim texnologiyalari: To'plam ilmiy maqolalar. - Novosibirsk, IPSO RAO.-1997.- 1. p.77-81.

  2. Selevko G.K. Zamonaviy ta'lim texnologiyalari: Darslik. - M.: Xalq ta'limi, 1998. - 256 b.

  3. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, 1-v., 1967, “Jismoniy tarbiya va sport tarixi”, 1975; Professor, t.f.n. Lukyanenko V.P.

  4. Bespalko V.P. Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismlari. - M.: Ma'rifat, 1999.-105-yillar.

Yüklə 30,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin