3.7. Avtomobil yo‘llarini qumli sharoitda saqlash texnologiyalari
Ko‘chuvchi qumlar qatnov qismiga chiqib qum uyumlarini hosil qiladi va
avtomobillar harakat tezligini keskin kamaytiradi yoki to‘liqligicha yo‘lda
harakatni to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Yo‘llarni yig’ilgan qumlardan tozalashning
qiymati baland bo‘lib ko‘p mehnat va vaqtni talab etadi. Eng maqbuli yo‘llarni
qidiruv davrida ko‘chuvchi qumlar mavjud hududlarni aylanib o‘tish imkoniyati
tadqiq qilinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agarda loyihalash va qurish davrida bu
ish amalga oshirilmagan bo‘lsa, u holda ekspluatastiya davrida qayta trassalash
amalga oshiriladi. Qayta trassalashda ko‘chivchi qumlar bilan kesishadigan yo‘l
bo‘laklari uzunligini minimum darajagacha kamaytirish, barxan qumlarida trassa
barxanlar orasida joylashganda yo‘lni doimiy shamol yo‘nalishidan, barxanlar
orasidan olib, qum to‘planadigan hududlardan chetlashtiriladi, barxanlarning
o‘zgaruvchan harakatida yo‘lni barxanlar o‘rtasidagi pastlikka joylashtiriladi.
Ko‘tarilgan va yarim ko‘tarilgan qumlarda o‘simliklarni yo‘q qilishdan iloji
boricha ko‘proq saqlanish kerak. Yo‘l ko‘ndalang kesimini to‘g’irlashda unda qum
uyumlari kam bo‘ladigan qilib yo‘l poyiga o‘lcham va shakl beriladi. Barxanlar va
72
tepaliklar orasidagi pastliklarda katta balandlikka ega bo‘lmagan (0,6-0,9 m)
ko‘tarmalar qurish maqsadga muvofiqdir. Agan ko‘tarma ikki qumtepalik o‘rtasida
joylashgan bo‘lsa uning balandligi qo‘shni qumtepalik balandligidan kam
bo‘lmasligi kerak (3.6-rasm).
3.6-rasm. Yo‘l poyining ko‘ndalang kesimlari (Vd eni):
1-balandligi 2 m dan kam; 2- 2 m dan baland; 3-2 m dan chuqur bo‘lmagan; 4-2 m
dan chuqur bo‘lgan; 5- ko‘tarma ostidagi qismi bilan 2 m dan chuqur; 6-ko‘tarma;
7-o‘yma; 8-o‘yma ko‘tarma ostidagi qismi bilan.
Ko‘tarmalar qiyaliklarini ularning balandligi 1 m dan yuqori bo‘lganda
shamol ta’sirida emirilishdan saqlashda qiyalikning yuqori qismi (ko‘tarma
balandligining 1/3 qismi) qum-shag’alli material yoki gilli grunt qatlami (10-15
sm) mustahkamlanishi kerak. Agar ko‘tarma balandligi 1 m dan kam bo‘lsa
himoya qatlami yotqizilmaydi. Ko‘chuvchan qumlarda o‘ymalar qurish
kuzatilmaydi, trassaning qum barxanlari va qum tepaliklarga ko‘ndalang holatda
o‘tishi bundan mustasno. Bunday holarda ko‘ndalang kesimga 3.6-rasm b
ko‘rinishda ko‘rsatilgandek shakl beriladi. Ko‘tariluvchi qumlarda (o‘simliklarni
saqlash maqsadida) yo‘l poyini yo‘lgacha 100 m dank am bo‘lmagan rezervdan
yoki o‘yma gruntidan bo‘ylama tashish yo‘li bilan kata bo‘lmagan balandlikda
73
qilib (3.6-rasm, v) quriladi. Mexanik himoyalash yordamida barxanlarning quyi
qismini qalqonlar va matlar bilan yopib ularning balandligini kamaytirish mumkin,
buning natijasida ular yoyilib ketishdan saqlanadi. Yuqori qismi sochiladi va qum
shamoldan pana qiyalik yig’iladi.
Qalqonlar bilan ham barxanlarni huddi shu tarzda boshqarish mumkin.
Qalqon yo‘lning shamolga qaragan tomonidagi barxanga o‘rnatilishi natijasida
shamol ta’siri to‘silib, qumning ushbu yo‘nalishdagi harakati ushlab turiladi (3.7-
rasm). Yo‘lning qarama-qarshi tomonidagi barxanga qalqon o‘rnatilmaydi va
buning natijasida undagi qumlar yo‘ldan uzoqlashadi. Shamol yo‘nalishi
o‘zgarganida qalqonlar qarama-qarshi tomondagi shamol yo‘nalishida turgan
barxanga o‘rnatiladi. Buning natijasida qumning yo‘lga harakati to‘xtatiladi.
Yo‘lning qarama-qarshi tomonidagi qalqonsiz turgan barxan shamol ta’sirida
uzoqlashadi (3.7-rasm, b).
3.7-rasm.
Barxanlar harakatini boshqarish: 1-yo‘l; 2- qalqonlar.
Qumlarning harakatini o‘simliklar bilan mustahkamlash orqali to‘xtatish
mumkin. Mustahkamlash amalga oshiriladigan tasma eni 25-40 m dan 125-150 m
ni tashkil qiladi va ko‘proq qumning ko‘chuvchanligiga bo‘gliq bo‘ladi: qanchalik
ko‘chuvchanlik yuqor bo‘lsa, mustahkamlanadigan tashma ham shuncha keng
bo‘ladi. Qumlarni mustahkamlash uchun ildiz tizimi yaxshi rivojlangan daraxtlar,
butalar,
ko‘p
yillik
va
bir
yillik
maysalardan
foydalaniladi.
74
3.2-jadval.
Qumlarni mustahkamlash uchun bog’lovchilarning sarf me’yorlari
Material
Qumlarni mustahkamlash
sharoitlari
1 m2 yuzaga sarfi
O‘lchov
birligi
Miqdori
Bitum YNB
200/300 va YNB
130/200
Shamol tezligi kata bo‘lmagan va
qulay tuproq-gidrologik sharoitli
hududlar
g
200–500
Noqulay tuproq-gidrologik sharoiti
va og’ir shamol rejimi
g
500–750
Mustahkamlash ishlari himoya
tasmasidagi deflyatsiyalanish
markazlarida olib boriladi
g
350–500
Suyuq neft
Shamol tezligi kata bo‘lmagan va
qulay tuproq-gidrologik sharoitli
hududlar
l
1–2
Noqulay tuproq-gidrologik sharoiti
va og’ir shamol rejimi
l
5–6
Mustahkamlash ishlari yo‘l poyi
qiyaliklarida va himoya
tasmasidagi deflyatsiyalanish
markazlarida olib boriladi
l
3–4
Poliakrilaminning
0,5–0,7 % li suv
bilan aralashmasi
Mustahkamlash ishlari yo‘l poyi
qiyaliklarida va himoya tasmasida
qulay tuproq-gidrologik va qulay
shamol rejimi bo‘lganda olib
boriladi
l
6–8
|