3.6. Avtomobil yo‘llarini tog’li sharoitda saqlash texnologiyalari
Ko‘chkiga qarshi kurash. Ko‘chkiga qarshi kurashda quyidagi uslublardan
foydalaniladi: yuza va er ostu suv oqimlarini tartibga solish; yonbag’irlar relefini
o‘zgartirish; ushlab turuvchi inshootlar qurish; grunt suvlarini fizik-mexanik
hususiyatlarini o‘zgartirish; qirg’oq yonbag’irlarini mustahkamlash; ko‘chki xavfi
bor hududlarda maxsus tartib o‘rnatish. Yuzadagi suv oqimini tartibga solish
yonbag’ir va qiyaliklarni yuzadagi suvlar ta’siridan saqlash va suvning gruntda
eroziya va filtratsiyani yuzaga keltirishini oldini olish yoki kamaytirish maqsadida
amalga oshiriladi. Buning uchun quyidagi tadbirlar qo‘llaniladi: qiyalik va
yonbag’irlar tekislanadi; tashlama noovlar tomonga suvni chetlatuvchi va
balandlikda joylashgan ariqlar quriladi; maysa sepiladi va butalar o‘tkaziladi. Er
osti suvlarini tartibga solish erosti suv sathini ushlab turish yoki kamaytirish uchun
qo‘llaniladi.
Ushlab turuvchi inshootlarni qurishda ko‘chki massasini surilishiga qarshi
harakat qilish ko‘zda tutiladi. Quyidagi inshootlardan qo‘llaniladi: tirgovuch
devorlar (monolit temirbetonli yoki yig’ma, armaturalangan gruntdan toshli);
Quyidagi inshootlar qo‘llaniladi: tirgak devorlar (monolit yoki yig’ma temirbeton,
toshli, armaturalangan gruntdan); grunt va g’ishtdan tirgovuchlar; ankerli
konstrukstiyalar (3.4-rasm); rostverkli yoki rostverksiz qoqiladigan va o‘yib
quyiladigan qoziqlar; kombinastiyalashgan qoziq konstrukstiyalar.
3.4-rasm. Ankerli konstrukstiya chizmasi:
1 — asos tog’ jinsi; 2 — ko‘chuvch grunt; 3— anker plitasi; 4 — anker dastasi; 5
68
— quduq; b — anker tyagasi; 7 — quduqning kengaygan qismi; 8 — anker; 9 —
qum stement qorishmasi; 10 — surilish yuzasi
Ko‘chkiga moyil yonbag’irlardagi gruntlarning fizik-mexanik hususiyatlari
o‘zgarishi bilan ularning suv o‘tkazmasligi va turg’unligi ortadi. Shu maqsadda:
stementlash, smolalash, silikatlash, gazli silikatlash, gruntlarni pishirish, ko‘chkiga
moyil yonbag’irlar va qiyaliklar yuzalarini torkret-beton, sachratma beton,
ko‘piklantiruvchi qo‘shimchalar bilan kislorodga to‘yintirilgan qum-stement
qorishmalari bilan qoplash. Inson faoliyati natijasida yonbag’irning turg’unligi
buzilishini oldini olish maqsadida ko‘pchish xavfi bor hududlarda maxsus tartib
o‘rnatiladi. Oldini olish ishlariga yonbag’irlar va qiyaliklarni tushib ketish xavfi
bor bo‘lgan tog’ jinslari palaxsalari va stingan noturg’un bo‘laklaridan va to‘satdan
o‘pirilishni yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan noturg’un tog’ jinslari massivlaridan
tozalash, qiyaliklar va yonbag’irlar tikligi me’yordan oshganda (terrassalash yoki
portlatish ishlarini bajarib qiyaliklar nishablik burchagini kamaytirish yo‘li bilan)
qiyaliklar tikligini kamaytirish. Qiyaliklardagi ko‘chish xavfi bo‘lgan tog’
jinslarini tozalash qiyinchilik tug’dirganda yoki iqtisodiy samarasiz hisoblangan
hollardada ushlab turuvchi inshootlar quriladi. Bu maqsadda tirgovuch devorlar
yoki g’ishli tirgovuchlar quriladi. Ushlab turuvchi inshootlar stement qorishmasi
bilan terilgan toshlardan, monolit va yig’ma temirbetondan, shuningdek
butobetondan qurilishi mumkin.
Anker bilan mustahkamlash qiyaliklarning noturg’un qismlarida yoki qoya
asos ustidagi kata palaxsalarni turg’unligini ta’minlash uchun qo‘llaniladi. Anker
bilan mustahkamlash ikki xil ko‘rinishda qilinadi: mustahkamlovchi anker
(uzunligi 1… 5 m gacha bo‘lgan yagona anker yoki oralariga metal setka
qo‘shilgan ankerlar); uzunligi 6… 30 m bo‘lgan chuqur joylashuvchi ankerlar.
Ankerlar uchiga bog’lovchilarni ichki yuborish orqali qoya tosh massiviga
mustaxkamlanadi.
Qoziq konstrukstiyalar surilish qiyaligi 50° dan tik bo‘lmagan hollarda
yoriqlari kam massivlarni turg’unligini ta’minlaydi. Qoziqlar rostverk bilan yoki
rostverksiz qo‘llaniladi. Qoziqlar yaxlit yoki quvur ko‘rinishida, yig’ma yoki
69
joyida tayyorlnadigan ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Qiyalik va yonbag’irlar
yuzasini nurashdan ximoya qilishda umumiy turg’unlik nurashni oldini olish
maqsadida yuzaga himoyalovchi materiallar bilan ishlov berish, qoplovchi devorlar
qurish, maysa yoki daraxt va butalar ekish yo‘li bilan ta’minlanadi. Qoplovchi
devorlar stement qorishmasiga g’isht terish yo‘li bilan yoki betondan qilinadi.
Himoyalanayotgan yuzani qayta ishlashda torkret-beton, purkaladigan beton va
aerostementdan
foydalaniladi.
Agro-o‘rmon
meliorastiya
tadbirlarida
qo‘llaniladigan navlarga aylant, oq akastiyu, skumpiyu, tikanli o‘simliklar,
chakanda, iberiyskiy dub, kavkaz karkasi, yovvoyi pista va boshqalar kiradi.
Maysasimon o‘simliklardan yunnik, psoraleyu va boshqa boshoqsimon
o‘simliklardan foydalanish mumkin. Katta bo‘lmagan surilishlar va alohida
ko‘chkilardan himoya qiluvchi ushlab qoluvchi inshootlar va qurilmalar
yonbag’irlar bo‘ylab joylashtiriladi. Ushbu maqsadda transheyalar, to‘siqlar,
chegaralovchi devorlar, setkalar va to‘suvchi qalqonlardan foydalaniladi.
To‘suvchi qalqonlardan farqli ravishda qolgan to‘siqlar yonbag’irlar etaklariga
joylashtirildi, to‘suvchi qalqonlar esa sekinlashtiruvchi vazifasinin bajarish uchun
yonbag’rga o‘rnatiladi.
To‘kilmalardan himoyalash. Tog’li hududlarda yo‘llarni saqlash jarayonida
quyidagi chora-tadbirlar qo‘llaniladi: to‘kilmalarni turg’unligini ta’minlash
maqsadida suv chetlatish tizimini yaxshilash; to‘kilmalarni harakatini to‘suvchi
yoki yo‘llarni to‘kilmalardan himoyalovchi inshootlarni qurish; yonbag’irlarni
mustahkamlash. Suv chetlatish tizimlarini yaxshilash to‘kilmalarning yuza va er
osti suvlari bilan namlanishini oldini olib ularni turg’unligini oshirish maqsaida
amalga oshiriladi. Bunday ko‘rinishda namlanish to‘kilmalarni ko‘chkiga
aylantirishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yuza va er osti suvlarini
tartibga solish maqsadida ko‘chki xavfi bor hududlarda yuqoridagi kabi tadbirlar
qo‘llaniladi. Yuqori qismida suv chetlatuvchi ariqlar va drenajlar quriladi.
To‘kilmalarni harakatini to‘suvchi yoki yo‘llarni to‘kilmalardan himoyalovchi
inshootlar vasifasini terrassalar, chegaralovchi devorlar, ushlab qoluvchi to‘siqlar
va transheyalar, tirgovuch devorlar, yog’och qalqonlar va metal panjaralar
70
bajaradi. Agar to‘kilmalar to‘xtatilsa ular asta sekinlik bilan mustahkamlashishni
boshlaydi. Nurash natijasida kata bo‘laklar ajralgan bo‘lsa ularning orasidagi
bo‘shliq mayda zarrachalar bilan to‘ladi.
Seldan himoyalash. Sel oqizib keladigan massa tarkibi va miqdoriga bog’liq
ravishda suv-tosh oqimi, tosh-loy oqimi, loy oqimi kabi turlarga bo‘linadi. Sel
oqimining asosiy xususiyatlari: to‘satdan sodir bo‘lishi, qisqa muddatda o‘tib
ketishi va tezligi (7-8 m/s gacha). Selning to‘siqqa kelib urilishidagi bosim 30000
Pa gacha etishi mumkin. Sel oqimi kata o‘lchamdagi tosh bo‘laklarini oqizib
kelishi mumkin.
Yo‘llarni seldan himoyalash uchun oldini olish va himoyalash chora
tadbirlari qo‘llaniladi. Oldini olish tadbirlari ikki yo‘nalishda olib boriladi: sel
oqimini oldini olish yoki kuchsizlantirish; sel xavfi haqida ogohlantirish. Sel
o‘zanini stabillashtirish va sel oqizib keladigan massani yo‘ldan yuqorida ushlab
turish yagona yoki tizim ko‘rinishida to‘g’onlarni, panjaralarni (sel oqimidagi
qattiq frakstiyalarni ushlab qoluvchi) o‘rnatishni o‘z ichiga oladi (3.5-rasm). Sel
oqimini to‘sadigan to‘g’onlar 2… 5 m balandlikka ega bo‘lib, ular toshdan,
betondan, temirbetondan va metaldan qilinadi. Ushlab qoluvchi chuqurlar sel
oqimining yo‘lida kotlovanlar ko‘rinishida quriladi. Ushlab qoluvchi to‘gonlar esa
(3.5-rasm) ko‘priklarga kelish yo‘lida yo‘ldan to‘g’on uzunligidan 3 martadan kem
bo‘lmagan masofada joylashtiriladi.
71
3.5-rasm. Sel oqimini ushlab qolish sxemalari: 1 — to‘siq; 2 — sel oqizib kelgan
massa; 3 — nasos; 4 — to‘g’on; 5 — yo‘l; b —ko‘prik
Dostları ilə paylaş: |