1.Agressiv xulq va uning namoyon bo’lishi Bandura tajovuzkor xulqni tahlil qilishda quyidagi uchta jihatni hisobga olgan:
1. Mazkur harakatlarni o‘zlashtirish usullari;
2. Uni yuzaga keltiruvchi omillar;
3. Ular mustahkamlanadigan sharoitlar
Shu boisdan, eng katta ahamiyat bolalarga tajovuzkorlikni o‘rganishga, ijtimoiylashuvning birlamchi vositachilari, aniqrog‘i ota-onalarning ta’siriga qaratiladi. Xususan, ota-onalarning xulq-atvorlari tajovuzkorlik modeli vazifasini o‘tashi va agressiv ota-onalarning bolalarida ham agressivlik kuzatilishi isbotlandi. Shuningdek, ushbu yondashuv namoyondalari keng diapozandagi tajovuzkor reaksiyaning inson tomonidan o‘zlashtirilishi - ushbu xulqni to‘g‘ridan-to‘g‘ri rag‘batlantirishga kiradi. Ya’ni, tajovuzkor xatti-harakatning mustahkamlanishi mazkur xatti-harakatning keyinchalik ham takrorlanish ehtimolini oshiradi. Shuningdek, natija keltiradigan tajovuzkorlik, ya’ni tajovuzkor xulqning qo‘llanilishi oqibatida muvaffaqiyatga erishish ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Shunday qilib, “asotsial agressiya nazariyasiga” muvofiq, bolada agressiv xulqatvorning paydo bo‘lishi ota-onaning bittasi yoki ikkovi tomonidan g‘amxo‘rlik va yaqinlikning yetmasligi bilan bog‘liq. Bog‘lanib qolish frustratsiyasi bolada doimiy zidlik hissi paydo bo‘lishiga olib keladi, chunki u o‘zi uchun ahamiyatli bo‘lgan kattalarga taqlid qilish (shu bilan birga emotsional namoyishlariga taqlid qilish ham) orqali rivojlanadi. Boladagi xulq-atvor ota-ona bilan munosabatlarda rivojlangan, natijada esa boshqa insonlarga o‘tkaziladi (sinfdoshlariga, o‘qituvchilariga, turmush o‘rtoqlariga). Agar aniq insonga nisbatan agressiya namoyishi to‘xtatilsa (yoki turli sabablarga ko‘ra amalga oshirish imkoni bo‘lmasa), agressiya “xavfsizroq” bo‘lgan yangi ob’ektga yo‘naltiriladi.
Ko‘pchilik tadqiqotchilar esa har xil jinsli bolalarga oiladagi yomon muomalaning har xil ta’sir qilishini ta’kidlaydilar. Bir qator mualliflar fikricha, qiz bolaga, bolaligida vahshiylik munosabatida bo‘lsalar, unda xulq-atvorning mazoxistik patterini rivojlanishiga moyillik ko‘proq, o‘g‘il bola esa o‘zini ko‘proq agressor bilan taqqoslaydi va unda sadistik yo‘nalish rivojlanishining katta ehtimoli mavjud.
Agressiv xulq-atqorning paydo bo‘lishida oilaning yetakchi roli haqidagi yondashuvning yana bir dalili, bolalar uyida tarbiya olayotgan bolalarda agressivlik bilan bog‘liq buzilishlar ustivorlik qilish vaziyati (asrab olinganlardan farqliroq). Bir vaqtda, ota-ona g‘amxo‘rligini ko‘rmagan barcha bolalar ham agressiv bo‘lavermaydi. Oilaviy deprivatsiyaning boshqa natijasi bu - odamovi bo‘lishi, me’yoridan ko‘p qaramlik, bo‘ysinishga ortiqcha tayyorlik yoki chuqur xavotirlanish (natijasi shubhasiz, deprivatsiya darajasiga, bolaning yoshiga, uning tuzilish xususiyatlariga va boshqa holatlarga bog‘liq).
Shunday qilib, ichki va tashqi omillarning yomon ta’sirida agressiv qiziqish haqiqatdan ham, agressivlikning yomon shakllariga aylanadi, mustahkam vayron etuvchi xulq-atvordan jamiyat uchun xavfli shakllarigacha. Biroq, agressiya albatta salbiy natijalarga olib kelishi shart emas. Masalan, u nafaqat yangi va yanada yangi ob’ektlarga yo‘naltirilishi mumkin, balki faoliyatning turli shakllarida biznesda, o‘qishda, sportda, yetakchilikda va boshqalarda almashishi ham (sublimatsiyalashi) mumkin.
Shubhasiz, me’yoridagi agressiya himoyalanish xarakteriga ega va hayot kechirish uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga, insonning ijodiy potensiali va yutuqlarga intilishida faollik manbai sifatida ko‘rinadi. Shaxs agressiyasining turli namoyishlarini, agressiyani ijtimoiy ta’qiqlanmagan shakllarida namoyish eta olishi va nihoyat o‘zi va boshqalar ustidan zo‘ravonlikdan qochishni o‘rganib olishi zarur va majburdir. Shaxsiy agressiyasining taqdiri - har bir katta yoshli insonning shaxsiy tanlash huquqi, biroq agressiyani egallab olishi - umuman olganda eng murakkab psixologik vazifalardan biri hisoblanadi.