1. Ajralishlarning asosiy sabablari Shahar va qishloq oilalarining ajralish sabablari Psixolog olimlar fikrlari



Yüklə 15,67 Kb.
səhifə2/2
tarix16.09.2023
ölçüsü15,67 Kb.
#144230
1   2
doc 2

3. Psixolog olimlar fikrlari. Psixolog olimlar E.N.Sattorov, N.A. Sog'inov, E.Usmonovlarning o'zbek oilalari bo'yicha olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijasiga qaraganda oilaning shakllanishi, uning mustahkamligi, oilaviy nizolar, jinoyat, fojealar, shu jumladan o'z joniga qasd qilishning eng xavfli davri 18-30 yoshlarga to'g'ri kelar ekan. O'zbek oilalarida ajralishlarning aksariyat qismi shu yoshlarda kuzatiladi. Ajablanarlisi shuki, inson hayotidagi eng baxtli daqiqalar ham shu davrga to'g'ri keladi. Hisob-kitoblarga qaraganda ruhiy kasalliklar ichida keng tarqalgan shizofreniya kasalligining yuzaga chiqishi shu yoshda ko'zga tashlanadi. Psixiatorlar taxmini bo'yicha nasliy xastalikning shu yillarda ko'p yuzaga chiqishi asosida ham yosh davrining murakkabligi yotadi.
Yangi yuzaga kelgan har sakkiz oiladan bittasi bir yilga yetmay ajralib ketadi, har to'rt oiladan bittasi besh yilga yetmaydi. Ajralish ko'rsatkichlari bo'yicha Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Litva, Latviya, Estoniya Evropa mamlakatlari ichida yetakchi o'rinni egallayapti. Ayrim tadqiqotchilar ma'lumotiga ko'ra sobiq SSSRda ajralishning 64 foiz sababchisi ayollardir. Olimlarning ma'lumotiga ko'ra ajralishning eng katta qismi 30-34 yoshlarga ya’ni, oilaviy hayotning 7-10 yillariga to'g'ri keladi. Ammo bu ma'lumotni chuqurroq tahlil qilganda, bunday oilalarda dastlabki 5 yil ichida psixologik ajrim yuzaga kelib, 7-10 yillarda qonun bilan rasmiylashtirilishini ko'ramiz. Demak, oila uchun eng xavfli payt nikohning dastlabki 5 yilidir. Bu fikrni "Yangi uylanganga yetti yil yaqin borma" degan o'zbek xalq maqoli ham tasdiqlaydi.
Er-xotinlar qanchalik yosh bo'lsalar, olimlarning ta'kidlashicha bu davrda nizolar shunchalik ko'p bo'ladi. Ular yoshligi, tajribasizligi tufayli "Muhabbatimiz o'ldi" deb o'ylashadi, yoki bundan ham battarni "Umr yo'ldoshi tanlashda adashdim, men hali yoshman, xatoimni to'g'rilab olaman" degan xulosaga kelishadi. Kuyov o'ziga "Ko'cha to'la xotin" desa, kelin "Er qurib qolibdimi, qancha xushtorlarim bor, rozilik bersam, ertagayoq haqiqiy erkakka turmushga chiqaman" deydi.
Ko'p hollarda esa asosiy sabab chetda qolib, kelin-kuyovning ota-onasidagi kamchiliklar o'rtaga tashlanadi, do'sti yoki qarindoshining to'ydan oldin ogohlantirgani bormi, to'ydan oldin sevishganlar orasida bo'lib o'tgan nizolar bormi eslashadi. Kuyov va kelin ma'lumotidagi tafovutlar ham chetda qolmaydi. "Savodsiz bo'lmasa shu ishni qilarmidi?", "Oliy ma'lumotli xotin olgandan ko'ra uylanmasdan o'tgan yaxshi". Ba'zan esa yosh orasidagi farq asosiy sabab qilib ko'rsatiladi. "Ering katta bo'lsa aql o'rgatadi", "Ering o'zingdan katta bo'lsa ezma bo'ladi". Kasblar ham nizoga bahona ya’ni, "Ering san'atkor bo'lsa oilaviy hayoting sahnaga aylanadi". Ayniqsa ota-onaga aloqador kamchiliklar axtariladi. "Ichkilikboz otaning o'g'li kim bo'lardi", "It egasiga tortadi" kabi aytishuvlar nikohning poydevori yemirilishiga, oila harbod bo'lishiga olib keladi. Sudda ko'pincha er-xotinlar emas, o'sha mayda-chuyda narsalar to'qnashadilar.
Yüklə 15,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin