1. Alkaloidlarni ochilishi, tarixi. Tarkibida alkaloid saqlagan dorivor o‘simliklar tasnifi



Yüklə 119,5 Kb.
səhifə1/5
tarix05.12.2023
ölçüsü119,5 Kb.
#172757
  1   2   3   4   5
Alkaloidlar ochilishi xaqida tarixiy ma’lumotlar


Alkaloidlar ochilishi xaqida tarixiy ma’lumotlar. Alkaloidlarning kimyosi va tasnifi. Tibbiyotda ishlatilishi


Reja:


1. Alkaloidlarni ochilishi, tarixi.
2. Tarkibida alkaloid saqlagan dorivor o‘simliklar tasnifi.
3. Alkaloidlarning fizik va kimyoviy xossalari.
4. Miqdoriy va sifat taxlili.
5. Alkaloidlarni ajratish usullari.
Alkaloidlar ochilishi xaqida tarixiy ma’lumotlar
O‘simliklar (qisman xayvon) to‘qimalarida tayyor xolda bo‘ladigan asosli (ishqorli) xossaga va kuchli fiziologik ta’sirga ega bo‘lgan azotli murakkab organik birikmalar alkaloidlar deb ataladi. Alkaloid arabcha alqali ishqor va yunoncha eydos o‘xshash (simon) so‘zlaridan iborat bo‘lib, ishqorsimon birikma degan ma’noni bildiradi. Bu alkoloidlarning asosli xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. 1819 yilda Meysner sabadilla o‘simligidan asos xossali birikma ajratib oldi va uni birinchi bo‘lib alkaloid deb atadi.
Tarkibida alkaloid bo‘lgan o‘simliklar qadimdan ishlatib kelinsada, bundan taxminan 200 yil muqaddam alkaloidlarni o‘rganish va tekshirish soxasida ilmiy ishlar boshlandi. 1792 yilda fransuz olimi Furkrua xin daraxti po‘stlo\i tarkibidagi alkaloidlarni tekshirdi va ularni mumsimon xolida ajratib oldi. 1797 yilda Bolee, 1804 yilda Derozi xamda fransuz farmatsevti Segen opiy alkaloidlaridan narkotin bilan morfin ajratib oldi va uni opiy tuzi deb atadi. SHunday bo‘lsada, alkaloidlarni tekshirgan birinchi kishi nemis dorixonachisi Sartyurner xisoblanadi. U 1806 yilda opiydan kristall xolda alkaloid ajratib oldi va 1811 yilda bu birikmaga morfin deb nom berdi. Bu yangilik juda katta qiziqish uy\otdi, chunki shu paytgacha o‘simlikda fakat nordon, yoki neytral xarakterga ega bo‘lgan moddalar bor deb o‘ylashgan, asosli xossaga ega bo‘lgan sintetik organik moddalar esa keyinroq (1848) ochilgan.
YAngi alkaloidlarni topishga qaratilgan qizqin ishlar boshlab yuborildi. Lekin o‘sha yillari (1820-1840) organik kimyo nazariy va amaliy qurollanmagan edi, shuning uchun alkaloidlar bilan tanishish yuzaki bo‘lib qoldi. Ularni yanada chuqurroq o‘rganish, strukturasini tuzish va sintez qilishga urinib ko‘rish keyingi davrda, aniqrog‘i o‘tgan asr oxirlariga to‘g‘ri keladi. Xozirgi kunda kimyoning bu bo‘limi yaxshi va tez rivojlanmokda.
Kuyida keltirilgan jadvalda juda muxim alkaloidlarning ochilishi sanasi keltirilgan.



Alkaloid nomi

Ochilish yili
Kim tomonidan ochilgan

Morfin

1806

Sertyurner

Xinin

1820

Kabentu

Nikotin

1828

Paselt va Reymant

Atropin

1831

Layn

Kodein

1832

Robiks

Okonitin

1833

Reychir va Resse

Teofillin

1842

Voskresenskiy

Garmin

1847

Fritge

Kokain

1860

Niman

Pilokarpin

1875

Ardi

Efedrin

1887

Nagal

Skopolamin

1888

SHmidt

Ioximbin

1896

SHpigel

Lobelin

1921

Viland

Anabazin

1926

Orexov

Salsolin

1933

Orexov va Preskurnina

Paxikarpin

1933

Orexov, Robinovich, Kanovalova

Platifillin

1935

Kanovalova va Orexov

Sferofizin

1944

Yüklə 119,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin