3. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI:
«Tarbiya» fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni yangi o‘quv yili boshlangunga qadar chop etishni tashkil etsin va ularning joylarga yetkazilishini ta’minlasin;
2020-yil iyul oyidan boshlab yangi o‘quv yili boshlangunga qadar «Tarbiya» fani bo‘yicha tayyorlangan o‘quv dasturlari va darsliklar asosida umumta’lim maktablaridagi «Boshlang‘ich ta’lim», «Milliy g‘oya va huquq», «Tarix» va «Dinshunoslik» mutaxassisligiga ega fan o‘qituvchilari uchun xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida «Tarbiya» fanidan onlayn shaklda maqsadli malaka oshirish kurslarini tashkil etsin;
malaka oshirish kurslari davomida «Tarbiya» fanidan tayyorlangan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni tajriba-sinovdan o‘tkazsin.
Dostları ilə paylaş: |