4. BELGILAB QO‘YILSINKI:
«Tarbiya» fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni nashrga tayyorlash va chop etish (darsliklarni nashrga tayyorlash, chop etish va yetkazib berish, tuzuvchilarga haq to‘lash) bilan bog‘liq xarajatlar darslik va o‘quv-metodik majmualarning umumiy narxiga kiritiladi;
«Tarbiya» fanidan darsliklar va o‘quv majmualarini xarid qilish va yetkazib berish xarajatlari:
o‘quvchilarni ijara asosida darsliklar bilan ta’minlash — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinf, Mehribonlik uylari, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlari o‘quvchilarini, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar farzandlarini hamda o‘qituvchilar uchun «Tarbiya» fanidan darsliklar, multimedia ilovalari va o‘quv-metodik majmualar nashr etilishi, shuningdek, ijara asosida darsliklar bilan birlamchi ta’minlash — O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan;
Dostları ilə paylaş: |