1-амалий машғулот



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/86
tarix03.10.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#151751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   86
meva va sabzavotlarga birlamchi ishlov berish saqlash va quritish

 
Darsning 
maqsadi:
talabalarni 
shakarli 
meva 
konservalari 
tayyorlash 
texnologiyasi 
bilan 
tanishtirish. Ularga shakar qo‟shib meva konservalari tayyorlashni o‟rgatish. 
Meva-rezavorlarni qayta ishlashda ularga shakar qo‟shib konservalash kam qo‟llaniladi. Bunda 
shakar ta‟sirida muhit osmotik bosimi yuqori bo‟ladi, natijada mikroorganizmlar tarkibidagi suv so‟rib 
olinadi. 
Ishlash tartibi: 
mevalarni shakar qo‟shib konservalashda uning quvvati 65 foizdan kam bo‟lmasligi 
talab qilinadi. Bunday konservalarning ta‟mi shirin bo‟ladi. Shu sababli ularni konservalashda kam shakar 
qo‟shib pasterizasiyalanadi. Bunda tayyor mahsulotning ta‟mi shirinroq bo‟lib, shakar tagiga cho‟kib 
qolmaydi. 
Shakar qo‟shib pasterizasiyalangan konservalarga murabbo, qiyom, jem, marmelad, shinni va 
boshqalar kiradi.
Povidlo 
(1-rasm)

Povidlo - bu meva-rezavor pyuresini shakarli siropda qaynatib olingan bir tekis 
konsistensiyaga ega mahsulot. Pyure - qirg‟ich yoki elakdan yaxshilab o‟tkazilib qaynatilgan meva-
rezavor bo‟tqasi. Povidlo olma, nok, olxo‟ri, o‟rik yoki ularning aralashmasidan pishiriladi. Pavidloga lat 
egan, uringan mayda mevalarni ham ishlatish mumkin.
Tayyorlash tartibi: 
Olma, nok, behi kabi mevalar po‟sti archiladi, urug‟ kamerasi olib tashlanadi va 
yirik bo‟laklarga bo‟linib qopqog‟i berk sirli idishda oz miqdordagi suvda 10-20 daqiqa qaynatib olinadi. 
So‟ngra mevalar kartoshka ezg‟ilagich vositasida yaxshilab ezilib, elakdan ishqalab o‟tkaziladi.
Danakli mevalar danagidan ajratiladi, ular ham qopqog‟i berk sirli idishda oz miqdordagi suvda 10-
20 daqiqa qaynatib olinadi. So‟ngra mevalar kartoshka ezg‟ilagich vositasida yaxshilab ezilib, elakdan 
ishqalab o‟tkaziladi.
Rezavor mevalar (qulupnay, xo‟jag‟at, qorag‟at, krijovnik) qopqog‟i berk sirli idishda oz miqdordagi 
suvda 10-20 daqiqa qaynatib olinadi, so‟ngra elakdan ishqalab o‟tkaziladi.
Shu usulda tayyorlab olingan bo‟tqaning 125 qismiga 100 qism shakar qo‟shiladi. Bo‟tqa ochiq 
qozonda yoki sirlangan kostryulkada etarlicha quyuqlikka etgunga qadar 1-1,5 soat qaynatiladi. Povidlo 
pishguncha kovlab turiladi. Undagi quruq modda miqdori 68 foizgacha bo‟lib, tayyor povidlo 50 
0
S gacha 
sovutiladi va bochkalarda yoki shisha idishlarda saqlanadi. Uni salqin va quruq joyda 8-9 oy saqlash 
mumkin. 
Jem
. Jem - bu shakarli qiyomda qaynatilgan meva-rezavor bo‟tqasi. Uning povidlodan farqi - 
mevalar elakdan o‟tkazilmaydi, shu bois tayyor mahsulot bir tekis konsistensiyaga ega bo‟lmaydi.
Tayyorlash tartibi: 
Jem pishirish uchun tarkibida etarli miqdorda kislota va pektin moddasi bo‟lgan 
mevalar (olma, olxo‟ri, behi, va b.) ishlatiladi. Olma, nok, behi kabi mevalar po‟sti archiladi, urug‟ 
kamerasi olib tashlanadi va yirik bo‟laklarga bo‟linadi yoki go‟sht qiymalagichdan o‟tkaziladi, danakli 
mevalar esa danagidan ajratiladi.
Tayyorlangan meva va rezavor mevalar qozonga yoki sirlangan kostryulkaga solinib, shakar yoki 
uning suvli qiyomi qo‟shiladi va tayyor bo‟lguncha, ya‟ni ko‟pigi o‟rtaga yig‟ilib, meva bo‟laklari esa 
shirani yaxshi shimib, tiniq bo‟lgunga qadar pishiriladi. Shakarning yuqori darajada quyuqlashishi 
mikroorganizmlarning rivojiga yo‟l qo‟ymaydi. Shuning uchun ham jem uzoq vaqt buzilmay saqlanishi 
mumkin. Jem uchun quruq modda miqdori 62-65% bo‟lishi lozim. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin