1-amaliy. Hujjatchilik tarixi. Sharq hujjatchiligi
Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi.Biron-bir korxona,
muassasa yoki tashkilotning faoliyatini bugungi kunda ana shu hujjatlarsiz mutlaqo
tasavvur qilish mumkin emas. Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil bo„lgan
hujjatlar katta-yukichik mehnat jamoalarining, umuman, kishilik jamiyatining
uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Zero, hujjatlar kechagina paydo bo„lgan
narsa emas, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bu jamiyat a'zolari o„zaro
munosabatlaridagi muayyan muhim holatlarni muntazam va qat'iy qayd etib
borishga eshtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga javob sifatida, tabiiyki, ilk ibtidoiy
hujjatlar yuzaga kelgan. Bobilning miloddan avvalgi 1792-1750-yillardagi shohi
Hamurappining adolatpesha qonunlar majmuyi (kodeksi),
undan ham qadimroq
shoh Ur-Nammu (miloddan avvalgi 2112-2094 yillar)ning qonunlari va boshqa
manbalarning mavjudligi “hujjatlar” deb ataladigan tartibot vositalarining
nechog„lik olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko„rsatadi. Albatta, kishilik
jamiyatining taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarning almashina borishi
aniqrog„i, kishilar o„rtasidagi
ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning
takomillasha borishi barobarida hujjatlar ham takomillashib borgan. Bugungi
kunda fanga tariximizning turli davrlarida o„rxun-enasoy, sug„d, eski uyg„ur, arab
va boshqa yozuvlarda bitilgan juda ko„plab hujjatlar, umuman yozma manbalar
ma'lum.Sharqda X-XI asrlarda yorliq, farmon, noma,
bitimlar, arznoma,
qarznomalar, tilxat yoki mazmunan shunga yaqin hujjatlar nisbatan keng tarqalgan.
Yorliqlar mazmunan xilma-xil bo„lgan: xabar, tavsif, farmoyish, bildirish,
tasdiqlash va h.k. Bu o„rinda To„xtamishxonning 1393-yilda polyak qiroli
Yagayloga yo„llagan yorlig„i, Temur Qutlug„ning 1397-yildagi yorlig„i, Boburning
otasi Umarshayx Mirzoning marg„ilonlik Mir Sayid Ahmad ismli shaxsga 1469-
yilda bergan yorlig„i, Toshkent hokimi Yunusxo„janing 1797-yil 2-iyunda
Peterburgga-Rossiya podshosiga o„z elchilari orqali yuborgan yorlig„i va
boshqalarni eslab o„tish mumkin
1
. Mazkur davr yorliqlarida o„ziga xos lisoniy
qolip
shakllangan, yorliqlar matn jihatidan arianaviy tarkibiy qismlarga ega
bo„lgan. Masalan, eslab o„tilgan yorliqlaming birinchisi - «To„xtamish so„zim
Yagaylaga» deb, ikkinchisi - «Temur Qutlug„ so„zim» deb, uchinchisi esa -
«Sulton Umarshayx Bahodir so„zim» deb boshlangan. Bayonda ham muayyan
qolip bor, shuningdek, albatta, yorliq raqam qilingan sana va joy ko„rsatilgan.
XIX asrda Qo„qon xonligida keng tarqalgan hujjatlardan biri «patta»lardir
Pattada ma'lum kishiga muayyan miqdordagi pul, mahsulot, unig„ (don) yoki
boshqa narsalarni berish lozimligi haqidagi ma'lumot aks ettirilgan. Patta
matnlarida ham o„ziga xos doimiy tarkib va muayyan nutqiy qolip mavjud bo„lgan.
Umuman, o„tmish hujjatlaridagi muayyan turg„un tarkib va nutqiy qolip o„zbek
(turkiy) hujjatchiligi uzoq tarixiy tajriba va tadrijiy takomil
mahsuli ekanligining
dalilidir. Oktabr to„ntarilishidan so„ng sho„rolar tuzumi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy
va madaniy hayotning barcha sohalarini o„zining yo„rig„iga soldi. Butun
mamlakatdagi hujjatchilik idoraviy ish yuritish tamoyillari ham bu yo„riq
sirtmog„idan chetda qolmadi. Turkiston o„lkasining 191S - yildagi Asosiy
qonunida o„zbek varus tillari davlat tili deb e'lon qilingan. Aytish lozimki, yaqin
o„tmishimizda barmoq bilan sanarli miqdordagi hujjatlar o„zbek tilida yozilgan.
Ammo bu hujjatlarning tilinisofo„zbekcha deb aytish ancha qiyin. Yaqin-
yaqinlargacha " berildi ushbu spravkani
faionchievga shu haqdakim, haqiqatdan
ham bu o„rtoq shul joyda yashab turadi" qabilidagi 20-yillarda rus tilidan andaza
olish tufayli paydo bo„lgan ya'ni, shaklan o„zbekcha ma'lumotnomalar yozib
kelindi. O„zbek tiliga daviat tili maqomi berilgan bugungi kunda o„zbek tilida
mukammal hujjatchilikning shakillanishi uchun butun imkoniyatlar ochilgan.
Muassasa, tashkilot, korxona va birlashmalardagi ishni ishlab chiqarish
taraqqiyotiga
muvofiq tashkil etishda, umuman, boshqaruv sohasidagi hujjatlarning
o„rni va ahamiyati beqiyosdir. Ayni paytda hujjatlar matnini tuzish boshqaruv
tizimi faoliyatida eng sermehnat va sermashaqqat jarayondir. Shuning uchun ham
zamonaviy rahbar har qanday zaruriy axborotni rasmiy ish tilinig tegishli
shakllarida bemalol ifodalay olishi muhimdir. Milliy istiqlol hayotimizning hech
bir istisnosiz barcha sohalarda bo„lgani kabi ona tilimiz rivoji uchun ham keng yo„l
ochdi, Mustaqil davlatimizning asosiy qonuni – konstitutsiyamizda, "Davlat tili
haqida" gi qonun va boshqa rasmiy hujjatlarda
Ona tilimiz bo„lmisho„zbek tilining huquqiy
maqomi va istiqboli aniq
ko„rsatib berilgan. Necha asrlar mobaynida goh yuksak rivoj-u shuhrat topgan,
gohida nopisandlik, turtkilash va kamsitishlardan ko„ngli singan, ammo yorug„
kunlarga yetmoq umidi so„nmagan tilimiz chinakam munavvar kunlarga salomat
yetib keldi.