Smart yarmiyada axborot kommunikatsiya texnologiyalari, intellektual tizimlar va innovaniyalarni joriy qilish istiqboli



Yüklə 23,7 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü23,7 Kb.
#180270
Тез is


SMART YARMIYADA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI, INTELLEKTUAL TIZIMLAR VA INNOVANIYALARNI JORIY QILISH ISTIQBOLI


Madolimov A.F., Islamov M.M.
41564 harbiy qism


Annotatsiya. Telekommunikatsiyalar sohasidagi riojlanish istiqboli, telekommunikatsiya texnologiyalari va infrastrukturining yanada rivojlanishida, axborot kommunikatsiyalarining zamonaviy qurilmalarini qo‘shinlarga joriy qilish muhim mavzudir.
Ushbu tezisda ахборот коммуникatsiя технологиялари, интеллектуал тизимлар ва инновatsiяларни жорий қилишга тушунтириш берилган.


Kalit so‘zlar: aloqa, telekommunikatsiya, konvergensiya, NGN, IoT, axborot texnologoyalari, diskussiya.


Аннотация. Перспектива развития в области телекоммуникаций, в дальнейшем развитии телекоммуникационных технологий и инфраструктуры а также внедрение в войска современных устройств информационных коммуникаций является важной темой.
В этом тезисе речь идёт о коммуникационных технологиях, инновациях и интеллектуальных технологиях.


Ключевые слова: связь, телекоммуникация, конвергенция, информационная технология, дискуссия.

2010-2013 yillardan dunyoning ilg‘or mamlakatlarining armiyasida iqtisodiy, texnik va texnologik soxalarda rivojlanish jarayoni sezilarli darajada jadallashib ketgan. Barcha mamlakatlarda texnologiyalarning yangi bosqichiga chiqish zarurligi va «Smart Armiya» tuzish to‘g‘risida diskussiya olib borilmoqda. Bugungi turmushimizda, kasbiy faoliyatimizda har qanday turdagi ma’lumotlarni izlash, yangiliklarni ommaga xavola qilishda internet va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining roli tobora kengayib bormoqda. Sanab o‘tilayotgan terminlar armiyamizga kirib kelganligida hali ko‘p bo‘lgani yo’q, ammo ular shu qisqa vaqt ichida armiya qudratini uning imkoniyatlari va shayligini oshirishda sezilarni darajada oshirib bermoqda.


IT soxasidagi Amerikali olim D. Myurrey aytganidek, AKT (axborot kommunikatsiya texnologiyalari) texnologiyalari avval boshidanoq o‘zining keng imkoniyatlar va yaratib berga qulayliklari bilan yoqlagan. Xozirgi kunga kelib esa, uning fikriga ko‘ra, AKT tushunchasi IT soxasida yaratilayortgan zamonaviy texnologiyalar va texnik vositalarning, kompyuter qurilmalarining, dasturiy ta’minotlar, oraliq qurilmalarning telekommunikatsiyaga integrasiyasini namoyon etmoqda natijada kun sayin kengayib bormoqda.
Sodda qilib aytganda AKT (axborot kommunikatsiya texnologiyalari) – bu foydalanuvchilar tomonidan ularni extiyojlaridan kelib chiqib ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash, tarqatish, tasvirlash, ulardan foydalanish integratsiya jarayoni tushuniladi.
Aksariyat xollarda zamonaviy armiyaga IT soxasini ayniqsa AKT (axborot kommunikatsiya texnologiyalari) joriy qilish deganda, asosiy urg‘u axborotlar bilan ishlashning «qurilma» jihatiga qaratilishiga o‘rganilgan ya’ni axborotlar bilan ishlash uchun qanday zamonaviy qurilmalar talab etilishi tushunilib kelingan. Bunda esa dasturiy ta’minot manbalarini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik maqsadga muvofiq sanaladi.
Bugungi kunda AKT (axborot kommunikatsiya texnologiyalari)ning rovijlanishi deganda birinchi bo‘lib smart-texnologiyalar(aqilli - texnologiyalar) ko‘z oldimizga keladi. Bugungu kunda smart texnologiyalarga talab darajasi eng kuliminatsion nuqtaga ko‘tarildi desak mubolag’a bo’lmaydi chunki smart texnologiyalar chin ma’noda inson ishtirokisiz uning vazifalarini to‘la bajara oladigan dasturiy va qurilmaviy texnologiyalar hayotimizning har bir jabxasiga kirib bormoqda.
Bugungi smart armiyada axborot kommunikatsiya texnologiyalari, intellektual tizimlar va innovatsiyalarni joriy qilish vazirlik, idoralar, xarbiy kism va muassalarda jadal rivojlanish va rivojlanish uchun zamin yaratadi.
Telekommunikatsiyalarning riojlanish istiqboli, yangi kommunikatsiya texnologiyalarini qabul qilish, ularning moslashtirish, takomillashtirishning tuzilishini ta'minlash.
Rivojlanish istiqboli, telekommunikatsiya tarmog'i va qurilmalarining rivojlanishiga asoslangan bo'lib, yorug'lik, energiya va tekshiruvning samaradorlik darajalari, axborotni uzоq vaqt saqlanishi, uzoq masofaga so‘ishlarsiz yuborilishi va xavfsizlikni oshirish hamda texnik nosozliklarni oldini olishni o'z ichiga oladi. Telekommunikatsiya tarmoqlari qo‘shinlarda mavjud infrastrukturaning yanada kengroq имкониятларiни taklif qilish misol uchun, optik kabellarining qo'llanilishini kengaytirish va telekommunikatsiyada raqamli radioreley aloqa vositalarining antenalarini, turli signal protokollarini va foydalaniladigan dasturlarni yangilash, shaxsiy tarkibning ishini avtomatlashtirish kabi jarayonlarni osonlashtirishga xizmat qiladi.
Qurolli Kuchlarni zamon talablariga to’la javob beradigan qurol aslaxa va texnikalar bilan qurollantirish, innovatsion texnologiyalarni kundalik hayotda qo‘llashga kata e’tibor qaratilayotgan bir davrda dunyodagi amalga oshirilayotgan axborotlar urushi global xarakterga ega ekanligini ham unutmaslik zarurdir. Bular har qanday smart texnologiyalarni qo‘llashdan oldin uni sinchklab o‘rganishni, ularni aynan vazifasiga mos ravishda qo‘llash me’yorlarini belgilab olishni hamda internet va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.
Konvergensiya, qurilmalarni takomillashtirish va funksional imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida turli vazifali texnologiyalarni asta-sekinlik bilan yaqinlashish jarayonidir.
Axborotni almashishда IoT (Internet of Things) deb ataluvchi texnologiya, bu axborot almashishning oʻzaro bogʻliqlikni yanada kuchaytiradi va murakkab texnik vositalar orqali maʼlumot almashish imkoniyatini beradi. Bu, Smart Home, smart mashinlar, smart shahar va boshqa sohalarda qoʻshimcha imkoniyatlar yaratadi.
Xulosa kilib aytganda SMART-texnologiyalar va IT-texnologiyalar (ularni uyg‘unligi), bunda SMART- texnologiyalar « Aqilli information ilovalar» ko‘rinishida ifodalansa IT-texnologiyalar ularni ishlatish qurilmalar va soxalari sofatida uyg‘unlashadi. Zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalari va ularni zamon bilan hamnafas yurib, bugungi dasturiy qurilmalar va ularning texnik imkoniyatini chuqur o‘rganibgina smart armiya tuzish, unga axborot kommunikatsiya-texnologiyalari intellektual tizimlar vaq innovatsiyalarni joriy qilish haqida so‘zlash mumkin. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga tadbiq iqlinayotgan dasturiy ta’minotlar va elektron qurilmalar shular jumlasidandur.


Foydalanilgan adabiyotlar :
[1] Igor Borisovich Ardashkin, Ayda Mayrambekovna Ayurova Smart Технологии как инструмент информaционной войны. 2019, С 1029- 1035.
[2] Оксана Николаевна Гаркушенко. Информaционно-Коммуникaционные в эпоху постановления смарт промышленности: проблемы определения и условия развития. 2018 №2(82), С 50- 68.
[3] https://lib.fbtuit.uz/assets/files/KEYINGI-AVLOD TARMOQLARIGA O‘TISH.pdf
Yüklə 23,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin