Vazirlik va idoralarga
(ro’yxat bo’yicha)
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani
rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi va Toshkent davlat transport universiteti
hamkorlikda “Tog‘dan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini oshirish”
“Qamchiq” dovoni misolida grant loyihasi doiarasida joriy yilning 16 mart kuni soat
11:00 da Transport vazirligi binosida yig‘ilish o‘tkazish rejlashtirilgan.
Mazkur yig‘ilish “Tog‘dan o’tuvchi avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini
oshirish” “Qamchiq” dovoni misolida loyihasini amalga oshirishdan manfaatdor vazirlik
va idoralar fikrini o‘rganishga qaratilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Siz rahbarlik qilayotgan tashkilotning
malakali mas‘ul mutahassislarini F.I.Sh va aloqa ma‘lumotlarini 3 kunlik muddatda
taqdim etish hamda ularning yig‘ilishda ishtirok etishini ta‘minlashda amaliy yordam
ko‘rsatishingizni so‘rayman.
Ilova “1”varaqda
Vazir o‘rinbosari
A.Мuminov
Ijro: U.Muxtorjonov
Теlefon: (+998-71) 202-05-01 (539)
93-701-95-21
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: OY56361014
23- 07 mart 2/1427
Ilova-1
Ro‘yxat
1. Favqulodda vaziyatlar vazirligi
2. FVV “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi
3. Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi
xizmati (Yo‘l harakati xavfsizligi muammolarini o‘rganish markazi)
4. Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
5. “Qamchiqavtoyo‘l” ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanuvchi unitar korxonasi
6. Toshkent davlat transport universiteti (Malaka oshirish va qayta tayyorlash
markazi)
Dostları ilə paylaş: |