1-amaliy ish burg‘ulovchi mashinalarning burg‘ilash asboblari va konstruktiv tuzilishini o‘rganish Burg‘ilash asboblari



Yüklə 88,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix14.12.2023
ölçüsü88,21 Kb.
#177439
  1   2   3   4
1-amaliy ish



1-AMALIY ISH 
Burg‘ulovchi mashinalarning burg‘ilash asboblari va konstruktiv 
tuzilishini o‘rganish 
Burg‘ilash asboblari.
Kon lahimlarini o‘tishda shpurlar burg‘ilash uchun yaxlit 
burg‘i asbobi yoki shtanga va alohida echiladigan qattiq qotishma bilan armirovka qilingan 
keskich yoki koronkadan (1-rasm) tashkil topgan asboblar ishlatiladi.
Echiladigan keskichlar va burg‘ilash koronkalarining yaxlit burg‘i asbobidan afzalliklari 
ularni tashish xarajatlarining kamligi, burg‘ilash asbobiga sarflanadigan po‘latning va qattiq 
qotishmaning kamligi va burg‘ilash xo‘jaligining soddaligidir. 
Har yili jaxonning ko‘plab ishlab chiqaruvchi firma va kompaniyalari tomonidan 
millinolab burg‘ilash asboblari ishlab chiqariladi. Burg‘ulash asboblarining konstruksiyasi va 
sifati va ayniqsa uning qiyin sharoitlarda uzoq muddat ishlay olish qobiliyati asosiy va muhim 
omil bo‘lib, unumdorlikning oshishini va shpur burg‘ilash tannarxining kamayishini ta’minlaydi. 
 
 
1-rasm.
Burg‘ilash asboblari 
Burg‘ilashning bizga ma’lum uchta usuliga mos ravishda burg‘ilash asboblari aylantirib 
burg‘ilashga, zarb berib-burish bilan burg‘ilashga va aylantirib-zarb berish bilan burg‘ilashga 
mo‘ljallangan bo‘ladi (2-rasm). 
Aylantirib burg‘ilashga mo‘ljallangan burg‘ilash asboblari
– asosan qo‘lda ishlatiladigan 
va kolonkali kon parmalarida ishlatilib, (2-rasm) echiluvchi keskich 1, burama vintli shtanga 2 
dan tashkil topgan. Burg‘ilash asbobining bir uchi konussimon, ikkinchi uchi esa bosh qism 
deyilib, keskich o‘rnatiladigan uyacha va kskichni shtanga bilan bog‘lovchi shpilьka 3 dan 
iborat.
Ikkala kechkichlarning birlashgan o‘tkirlik burchagi 120
0
, bitta keskichning o‘tkirligi 65
0

Mexanik burg‘ilash mashinalari aylantirib burg‘ilovchi burg‘ilash asbobi (2-rasm) 
echiluvchi kechkich 1 va burg‘ilash shtangasi 2 dan iborat. Keskich korpus 3, dum qismi 4 va 
perьev
5 dan tashkil topgan. Bunday keskichlarning ko‘mirga va boshqa tog‘ jinslariga 
mo‘ljallanshan turlari mavjud. Ko‘mirga mo‘ljallangan keskichlarda boshqa keskichlarga 
nisbatan 
lezviyalari zatochkalari
burchaklari kichikroq bo‘ladi. 


Ikki tishli va uch tishli keskichlar farqlanadi. Keskichlar 41, 44 va 60 mm diametrli b 
o‘ladi. 
Keskich korpusi U7, 30XGSA yoki 35XGSA markali po‘latlardan yuqori haroratda qayta 
ishlangan holda tayyorlanadi. Ularga VK-6V, VK-8V yoki VK-15 markali kobolьt tarkibli qattiq 
qotishmali plastinkalar quyiladi. 
Mexanik burg‘ilovchi mashinalar aylantirib burg‘ilovchi keskichlari quyidagi talablarga 
javob berishi kerak: 
- 20000 N gacha o‘q yo‘nalishidagi kuchni uzatishni ta’minlashi; 
- 0,4-1,0 MPa bosimli suvni uzatish (0,25-0,33 l/sekund) imkonini beruvchi etarli 
o‘lchamdagi kanalchaga ega bo‘lishi; 
- ikki tishli keskichlarda ikkita, uch tishli keskichlarda esa uchta suv kanalchalari bo‘lishi; 
- keskichning tashqi shakli silliq bo‘lishi va shtanga bilan ulanadigan joyida quyqaning 
(shlam) erkin chiqishini ta’minlashi kerak; 
- qattiq qotishmali plastinkaning keskich korpusiga mustaxkam biriktirilishi surilishga
150 N/mm

o‘lchamdan kam bo‘lmasligi; 
- keskich shtangaga bilan tebranishlarsiz va yuvuvchi suyuqlikning sizib chiqmasdan zich 
va mustaxkam biriktirilishi talab etiladi.
Ikki tishli keskichlar ko‘mir, kichik va o‘rtacha qattiqlikdagi tog‘ jinslarini burg‘ilashda 
keng qo‘llaniladi. Qattiq va yoriqli tog‘ jinslarida ikki tishli keskichlar ishlatilganda burg‘ilash 
sifati yomonlashadi, keskich tishlari tog‘ jinsiga tiqilib qoladi yoki shtanga va mashinaga kuchli 
tebranish etkazadi. SHuning uchun bunday sharoitlarda uch tishli keskichlar ishlatiladi va 
yuqoridagi holatlarning oldi olinadi. 
2-rasm.
Burg‘ilash asbobi 
Keskichlarni shtangaga qotirishning bir necha usullari mavjud: konusli, rezьbali,ssilindrik 
kulachokli va shplintli. 


Konusli qotirishda keskich bilan shtanga ishonchli zichlashadi va o‘q yo‘nalishidagi 
bosim yaxshi uzatiladi, lekin katta buruvchi momentnm uzatish vaqtida shtanga burilib ketishi 
mumkin va shaxta uchun xavfli xaroratga qizishi mumkin. Konusli qotirishda shtanganing 
burilib ketmasligini ta’minlovchi qurilma o‘rnatish maqsadga muvofiqdir. Ulanish konusligining 
qiymati 1:12 va 1:16 qiymatda bo‘ladi. 
Rezbali qotirish xam ishonchli, lekin ish vaqtida rezьba xaddan tashqari zich qisilib 
ketadi va echib olish qiyinlashadi. Undan tashqari rezьbali birikmani tayyorlash bir muncha 
qiyin bo‘lib, keskich asbobi tannarxining oshishiga sabab bo‘ladi. 
Zarb berib-burish bilan burg‘ilashga mo‘ljallangan burg‘ilash asboblari
– asosan 
perforatorlada ishlatiladi, echiluvchi koronka (2-rasm, v) 1 va burg‘ilash shtangasi 2 dan tashkil 
topadi. 
Koronkalar plastinkali va qoziqli bo‘lishi mumkin. Plastinkali koronkalar kesuvchi qismi 
qattiq qotishmali plastinkalar ko‘rinishida, qoziqli koronkalarda esa qoziq ko‘rinishida 
yopishtiriladi.
Koronkalar bo‘lishi mumkin: dolotali (KDP va KDSH), uch
tishli
(perьya), (KTP, 
KTSH), to‘rttishli – xochsimon (krestovыe) (KKP va KKSH), X – shaklli (KXP va KXSH). 
Bundan tashqari bir marta ishlatiladigan KOSH rusumli bir butun keskichli koronkalar ham 
ishlab chiqariladi.
Dolotali koronkalar monolit (butun, jips, yaxlit) tog‘ jinslaridan, uchtishli va to‘rttishli-
xochsimon koronkalar esa monolit va yoriqli tog‘ jinslaridan shpurlar burg‘ilashga
mo‘ljallangan (3-rasm). Bir marta ishlatiladigan koronkalar kesuvchi qismi qayta yo‘nilmaydi, 
asosan 
xrupkiy
abraziv bo‘lmagan tog‘ jinslaridan shpurlar burg‘ulashda ishlatiladi. Dolotali 
koronkalar diametri 32-60 mm, boshqalariniki esa 85 mm gacha bo‘ladi. 
3-rasm.
Dolotali koronkalar. 
Perforatorlar burg‘ilash koronkalari shtanga bilan konusli yoki rezьbali bog‘lanishga ega 
bo‘ladi. Qo‘llanilgan rezьba profili: 
upornaya, verevochnaya i obratno-upornaya.


Konusli bog‘lanishli burg‘ilash koronkalari (3-rasm, v) shtanga bilan mustaxkam 
bog‘lanishga ega bo‘lishi uchun mis yoki latun plastinkalar yordamida qotiriladi. Konuslilik 
darajasi odatda 1:8 qiymatda bo‘ladi. 
Perforator koronkalariga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: shpur shakliningssilindrik 
bo‘lishini ta’minlash; engil burg‘ilash va shpurdan osonlik bilan chiqishi; qattiq qotishmali 
kesuvchi plastinkaning ishonchli maxkamlanishi va maksimal ishlatilishi; o‘tilayotgan shpur 
diametri koronkaning nominal diametriga yaqin bo‘lishi uchun koronka ishchi yuzasining 
maksimall darajada mustaxkam bo‘lishi; burg‘ilanayotgan shpur kesimi maydalangan tog‘ 
jinslarini haydab chiqarishni yoki so‘rib olishni ta’minlashi kerak; koronka kesuvchi qismi 
yo‘nilish burchagi 110
0
ni tashkil etishi kerak. 
Perforator koronkalarini tayyorlash uchun quyidagi qattiq qotishmalar tavsiya qilinadi: 
f=15-20 qattiqlikdagi tog‘ jinslari uchun VK-15 rusumli, f=10-15 tog‘ jinslari uchun esa VK-
8V rusumli. 
Aylantirib - zarb berish bilan burg‘ilashga mo‘ljallangan burg‘ilash asboblari 
2-rasm, g 
da ko‘rsatilganidek burg‘ilash koronkasi 1 ikkita yon tarafdan yuvuvchi tirqishlarga ega. VK-8V 
rusumli qattiq qotishmali plastinka bilan ta’minlangan. Kornka korpusi U7 markali po‘latdan 
tayyorlangan. 
Nisbatan qattiq yoriqli tog‘ jinslaridan aylantirib-zarb berish bilan shpur burg‘ilashda 
uchtishli koronkalar ishlatiladi. 
Burg‘ilash shtangasi 2 o‘lchamlari 
shpur chuqurligiga bog‘liq ravishda diametri 
odatda 22-32 mm, uzunligi esa 3-5 m, suv 
haydash kanalchasi diametri esa 8 mm ni 
tashkil qiladi. 

Yüklə 88,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin