1-amaliy ish mavzu: Axborot xavfsizligi riskining modeli. Nazariy qism: iso 27002
1-AMALIY ISH
Mavzu: Axborot xavfsizligi riskining modeli.
Nazariy qism: ISO 27002 standarti axborot xavfsizligini boshqarish tizimini (AXBT) ishlab chiqish, joriy etish, uning ishlashi, monitoringi, tahlili, unga xizmat ko‘rsatish va uni takomillashtirish modeli va talablaridan iborat. AXBT joriy etilishi tashkilotning strategik qarori bo‘lib qolishi kerak. AXBTni ishlab chiqish va joriy etishda xavfsizlikning ehtiyojlari, maqsadlari, foydalaniladigan jarayonlari, tashkilotning ko‘lami va strukturasi hisobga olinishi kerak. AXBT va uning yordamchi tizimlari vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi degan taxmin bor. Shuningdek, AXBTni kengaytirish masshtablari tashkilotning ehtiyojlariga bog‘liq bo‘ladi, masalan, oddiy vaziyat AXBT uchun oddiy yechimni talab qiladi.
Muvofiqlikni baholash uchun ushbu standartdan ichki va tashqi tomonlar foydalanishi mumkin.
Jarayonli yondashuv
ISO 27002 standarti tashkilot AXBTni ishlab chiqish, joriy etish, uning ishlashi, monitoringi, tahlili, unga xizmat ko‘rsatish va uni takomillashtirishda jarayonli yondashuvning qo‘llanishiga yo‘naltirilgan.
Tashkilot muvaffaqiyatli ishlashi uchun faoliyatning ko‘p sonli o‘zaro bog‘liq turlarini aniqlashi va ularni boshqarishni amalga oshirishi kerak. Aktivlardan foydalanuvchi va kirishlarni chiqishlarga o‘zgartirish maqsadida boshqariladigan faoliyatning barcha turlariga jarayonlar sifatida qarash mumkin. Ko‘pincha bir jarayonning chiqishi keyingi jarayonning bevosita kirishini hosil qiladi.
Tashkilotda jarayonlar tizimini identifikatsiya qilish va ularning o‘zaro harakati bilan bir qatorda jarayonlar tizimidan foydalanish, shuningdek, jarayonlarni boshqarish «jarayonli yondashuv» deb hisoblanishi mumkin.
Bunday yondashuv axborot xavfsizligida qo‘llanganda quyidagilarning muhimligini ta’kidlaydi:
a) tashkilotning axborot xavfsizligi talablarini va axborot xavfsizligi siyosati va maqsadlarini belgilash zarurligini tushunish;
b) tashkilot barcha biznes-tavakkalchiliklarning umumiy kontekstida tashkilot axborot xavfsizligi xatarlarini boshqarish choralarini joriy etish va qo‘llash;
s) AXBT unumdorligi va samaradorligining doimiy monitoringi va tahlili;
d)Ob’ektiv o‘lchashlar natijalariga asoslangan uzluksiz takomillashtirish.
Ushbu standartda AXBT har bir jarayonini ishlab chiqishda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan «rejalashtirish – amalga oshirish – tekshirish - harakat» [«Rlan-Do-Check-Act» (PDCA )] modeli keltirilgan.
1-rasmda keltirilgan model AXBT axborot xavfsizligi talablari va manfaatdor tomonlarning kutilayotgan natijalaridan kiruvchi ma’lumotlar sifatida qanday foydalanishini va zarur xatti-harakatlar va jarayonlarni amalga oshirish natijasida e’lon qilingan talablar va kutilayotgan natijalarni qanoatlantirishidan dalolat beradigan ma’lumotlarni olishini ko‘rsatadi. 1-rasm, shuningdek, 4-8-bo‘limlarda keltirilgan jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, PDCA modeli «Rukovodyaщiye ukazaniya Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva i razvitiya (OESR) po bezopasnosti informatsionno‘x sistem i setey» 2002 [1] ga mos keladi. Ushbu standart xatarlarni boshqarish, xavfsizlik choralarini rejalashtirish va amalga oshirish, xavfsizlikni boshqarish va qayta baholashda ushbu prinsiplarni qo‘llashning amaliy modelini taqdim etadi.
1-misol. Axborot xavfsizligining buzilishi tashkilot uchun jiddiy moliyaviy yo‘qotishlarning va/yoki qandaydir qiyinchiliklarning sababi bo‘la olmaydi degan talab qo‘yilishi mumkin.
2-misol. Qandaydir jiddiy insident, masalan, sayt yordamida elektron savdoni amalga oshirayotgan tashkilot saytining buzilishi yuzaga keladigan holat uchun – tashkilot buzishning oqibatlarini minimumga keltirish uchun yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarga ega bo‘lishi kerak.