1-amaliy ish Mavzu: Dasturiy vositalarni ishlab chiqarishning hayotiy siklini amaliy tadbiqi Ishdan maqsad



Yüklə 218,67 Kb.
səhifə1/4
tarix26.03.2023
ölçüsü218,67 Kb.
#90124
  1   2   3   4
1-amaliy ish Mavzu Dasturiy vositalarni ishlab chiqarishning ha


1-amaliy ish
Mavzu: Dasturiy vositalarni ishlab chiqarishning hayotiy siklini amaliy tadbiqi
Ishdan maqsad: Dasturiy vositalarni ishlab chiqarishning hayotiy sikli haqida nazariy va amaliy bilim ko‘nikmalarga ega bo‘lish
Nazariy qism
Dasturiy vositani ishlab chiqarishning hayotiy sikli (Software Development Life Cycle, SDLC) - dasturiy vositalar injiniringidagi dasturiy mahsulotlarni yaratishdagi tizimlashgan bosqichlar ketma-ketligi hisoblanadi. SDLC dasturiy mahsulotlarni samarali loyihalash va ishlab chiqarish uchun quyidagi qadamlar ketma-ketligiga ega (1.1-rasm):

1.1-rasm. Dasturiy vositani ishlab chiqarishning hayotiy sikli
Aloqa o‘rnatish (Communication). Bu foydalanuvchi kerakli dasturiy mahsulot uchun so‘rovni yuboradigan birinchi qadam bo‘lib, foydalanuvchi xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot (dasturlash markazi) bilan bog‘lanadi va shartlarni muhokama qilishga harakat qiladi. U o‘z so‘rovini yozma shaklda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga yuboradi.
Talablarni to‘plash (Requirement gathering). Mazkur qadamda, dasturiy ta’minotni yaratish guruhi loyihani amalga oshirish uchun ishlaydi. Jamoa muammoli sohadagi turli xil manfaatdor tomonlar bilan munozaralarni olib boradi va ularning talablari to‘g‘risida imkon qadar ko‘proq ma’lumot yig‘ishga harakat qiladi. Talablar foydalanuvchi talablari, tizim talablari va funksional talablarga qarab ajratiladi. Talablar quyidagi amaliyotlar yordamida yig‘iladi:

  • mavjud yoki yeskirgan tizim va dasturlarni o‘rganish,

  • foydalanuvchilar va ishlab chiquvchilar bilan intervyu o‘tkazish,

  • ma’lumotlar bazasiga murojaat qilish yoki

  • savolnomalardan javob to‘plash.

Texnik-iqtisodiy asoslash (Feasibility Study). Talablar to‘plangandan so‘ng, guruh dasturiy ta’minotni ishlab chiqarishning dastlabki loyihasi rejasini ishlab chiqadi. Ushbu bosqichda jamoa foydalanuvchining barcha talablarini qondirish uchun dasturiy ta’minotni yaratish mumkinligini va afzalliklarini aytadi. Shundan so‘ng loyihani moliyaviy, amaliy va texnologik jihatdan tashkilot tomonidan amalga oshirilishi mumkinligi aniqlanadi. Bunda dasturchilarga dasturiy ta’minotni loyihasining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa chiqarishga yordam beradigan ko‘plab algoritmlardan foydalanadilar.
Tizimli tahlil (System Analysis). Ushbu bosqichda ishlab chiquvchilar o‘z rejalarining yo‘l xaritasini belgilashadi va loyihaga mos keladigan yeng yaxshi dasturiy ta’minot modelini ishlab chiqishga harakat qilishadi. Tizimli tahlil dasturiy mahsulotlar cheklovlarini tushunishni, tizim bilan bog‘liq muammolarni yoki mavjud tizimlarda oldindan qilinadigan o‘zgarishlarni tushunishni, loyihaning tashkilot va xodimlarga ta’sirini aniqlash va hal qilishni o‘z ichiga oladi. Loyiha jamoasi loyiha doirasini tahlil qiladi va zarur bo‘lgan jadval va rejalarni tuzishadi.
Dasturiy vositani loyihalash (Software Design). Keyingi qadam - talablar va tahlillar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotni tayyorlash va dasturiy mahsulotni loyihalash hisoblanadi. Foydalanuvchilar bergan takliflar va talablarni yig‘ish bosqichida to‘plangan ma’lumotlar bu bosqichda foydalaniladi. Ushbu bosqichning natijasi ikkita loyiha shaklida keladi; mantiqiy loyiha va fizik loyiha. Bunda muhandislar meta-ma’lumotlar va ma’lumotlar lug‘atlarini, mantiqiy diagrammalarni, ma’lumotlar oqimi diagrammalarini va ba’zi hollarda psevdo kodlarni ishlab chiqadilar.
Kodlash (Coding). Ushbu qadam dasturlash bosqichi deb ham nomlanadi. Dasturiy ta’minot loyihasini amalga oshirish dastur kodini mos dasturlash tilida yozish va xatosiz bajariladigan dasturlarni samarali ishlab chiqishdan boshlanadi.
Testlash (Testing). Hisob-kitoblarga ko‘ra, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish jarayonining 50% sinovdan o‘tkazilishi kerak. Xatolar dasturiy ta’minotga tanqidiy darajadan tortib to olib tashlashgacha ta’ir qilishi mumkin. Dasturiy ta’minotni sinovdan o‘tkazish ishlab chiquvchilar tomonidan kodlash paytida amalga oshiriladi va sinchkovlik bilan testlash mutaxassislari tomonidan modul sinovlari, dasturlarni sinovdan o‘tkazish, mahsulotni sinovdan o‘tkazish, ichki sinovlar va foydalanuvchining oxirida mahsulotni sinash kabi kodning turli darajalarida sinovdan o‘tkaziladi. Xatolarni yerta aniqlash va ularni bartaraf yetish ishonchli dasturiy ta’minot kalitidir.

Yüklə 218,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin