1-Amaliy ish: Mavzu: Kompyuterlarni tashkiliy qismlari, asosiy ko`rsatkichlari va xususiyatlari


Kompyuterlarning asosiy ko’rsatkichlari



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix27.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#103517
1   2   3   4   5   6   7
1-Amaliy ish Mavzu Kompyuterlarni tashkiliy qismlari, asosiy k

Kompyuterlarning asosiy ko’rsatkichlari 
 
Ish unumdorligibu kompyuterning ishlash tezligi ko’rsatgichidir. Ilgari bu 
parametr sekundiga bajariladigan operasiyalar (oper/sek.) soni bilan o’lchangan. 
Biroq keyinroq turi bo’yicha turli buyruqlarning turli tezliklarda bajarilishini hisobga 
olib ish unumdorligini ikki asosiy baholash turlari qabul qilindi. MIPS (Million 
Instruction Per Second) baholash qayd etilgan vergulli sonlar ustida sekundiga 
millionta bajariladigan operasiyalarga mos keladi. MFLOPS (Million of Floating 
Point Operation Per Second) baholash suriladigan vergulli (nuqtali) sonlar ustida
sekundiga millionta bajariladigan operasiyalarga mos keladi. Ikkinchi baholash ko’p 
prosessorli tizimlarning unumdorligini keskin o’sishiga bog’liq suriluvchi vergulli 
sonlar uchun GFLOPS (sekundiga millard operasiyalar) va TFLOPS (sekundiga 
trillion operasiyalar) variantlarga ega. 
Alohida olingan bir kristalli prosessorlar uchun, ayniqsa shaxsiy 
kompyuterlarda ish unumdorligi takt chastotasi (kGs, MGs, GGs) orqali
baholaniladi. Masalan, 100 MGs takt chastotali prosessor sekundiga 20 millionta 
oddiy arifmetik operasiyalarning bajarilishini ta’minlaydi. 


Xotira sig’imi. Zamonaviy kompyuterda sig’imi, o’qish/yozish vaqti va 
apparatli ishlatishi bilan farqlanadigan bir necha xotira turlari mavjud.
Operativ, eng tezkor ishlaydigan xotira ona platada alohida KIS ko’rinishida 
joylashtiriladi va adreslanadigan hotiraning eng tezkor turi hisoblanadi. Uning sig’imi 
Kbayt yoki Mbayt (ming va million bayt) larda o’lchanadi. Qattiq magnit disklardagi 
(vinchester deyiladigan) saqlovchilar sig’imi, odatda, gigabaytlarda (milliard bayt) 
o’lchanadi. 3,5 dyumli ixcham magnit diskidagi saqlovchining sig’imi 1,44 Mbaytni 
tashkil etadi. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin