"Hard" diskni skanerlash. Fayllarni skanerlash uchun quyidagi 3 usul mavjud.
1. Tezkor skanerlash
2. To'liq skanerlash
3. Tanlov asosida skanerlash
"Tez skanerlash" uchun Windows Defender ochiladi va "skanerlash" tugmasi bosiladi (27 rasm).
"Butun kompyuterni skanerlash (to'liq skanerlash)" uchun Windows Defender ochiladi va "skanerlash" yonidagi "to'liq skanerlash" ko'rsatgichi tanlanadi.
"Muayyan joylarni skanerlash (tanlangan skanerlash)".
Windows Defender dasturi yordamida kompyuterni butunligicha emas, balki faqat ma'lum joylarni skanerlash mumkin. Biroq, agar Himoyachi josus dasturlarni yoki potensial xavfga ega dasturlarni topsa, aniqlangan xavfli elementlarni boshqa joylardan (agar kerak bo'lsa) olib tashlash uchun tezkor skanerlash amalga oshiriladi. Buning uchun Windows Defenderni ochib, "Сканировать" yonidagi "Выборочное сканирование" ko'rsatgichi tanlanadi.
27-rasm. Skanerlash parametrlari. Tezkor skanerlash.
Shundan so'ng, “Сканирование выбранных дисков и папок” tanlanadi, kerakli disk va papkalar tanlanadi va “OK” bosiladi.
Agarda zararli dastur aniqlangan bo’lsa, ekranning yuqori o'ng tomonida xabar (pop-up ogohlantirish oynasisi) paydo bo'ladi; Windows Defender aniqlangan zararliklarni avtomatik ravishda olib tashlaydi yoki topilgan tahdidlarni karantinga yuboradi.
Pop-up ogohlantirish oynasisi avtomatik tarzda yopiladi. Agarda boshqa xabarlar paydo bo'lmasa, kompyuter muvaffaqiyatli tozalangan hisoblanadi (28-rasm).
28-rasm. Pop-up xabarnomasi
Agarda kompyuterni tozalashni tugatish uchun uning qayta ishga tushirish talab qilinsa, quyidagi ogohlantirish oynasi paydo bo'ladi (29-rasm). Windows Defender dasturini ishga tushirish uchun ushbu ogohlantirish oynasini bosish kerak.
29-rasm. Kompyuterni qayta ishga tushirish haqida xabarnoma.
Windows Defender oynasida katta Перезагрузить сейчас" tugmasini bosing. Kompyuter qayta ishga tushirish boshlanadi va Windows Defender zararli dasturning qolgan qismlarini olib tashlaydi.
Antivirus dasturini yangilash. “Все параметры” oynasi ochilganidan so’ng “Обновления и безопасность" = > " Безопасность Windows" = > " Защита от вирусов и угроз" (30-rasm). Ochilgan oynada " Обновление защиты от вирусов и угроз" oynasida "Проверить наличие обновлений" tugmasi bosiladi(31-rasm).