1-Amaliy ish. Tahdidlarni aniqlash tizimlarini o’rganish va tahlil qilish. Ishdan maqsad: Mahalliy xavfsizlik siyosatini o'rnatish bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'lish: foydalanuvchilar, parollar, qayd yozuvlarini bloklash, foydalanuvchi huquqlari va operatsion tizim xavfsizlik sozlamalari.
Ishni bajarish tartibi: 1. Foydalanuvchi qayd yozuvlari siyosatini sozlash.
2. Foydalanuvchi uchun mahalliy xavfsizlik siyosatini sozlash.
Windows oilasining operatsion tizimlarida OT ning turli xil funksional komponentlarini sozlash uchun parametrlar to'plami bo'lgan juda ko'p qo'shimchalar va qoidalar mavjud. Ular orasida "Локальнаяполитикабезопасности " deb nomlangan qo'shimchalar mavjud va u Windows ning himoya mexanizmlarini tahrirlash uchun javobgardir. Ushbu laboratoriya ishi doirasida mazkur vositaning tarkibiy qismlari va ularning tizim bilan o'zaro qanday bog’lanishi haqida tushunchalar berilgan.
1. Foydalanuvchi qayd yozuvlari siyosatini sozlash Birinchi toifa "Политикиучетныхзаписей " deb nomlanadi. Ushbu toifani ochamiz va “Политикапаролей”bo'limiga o’tamiz. O'ng tomonda parametrlarning ro'yxati keltirilgan bo'lib, ularning har biri harakatlarni cheklash yoki bajarish uchun qo’llaniladi. Masalan, "Минимальнаядлинапароля " bandida siz o'zingiz belgilagan belgilar sonini va "Минимальныйсрокдействияпароля" da belgilar sonining o'zgarishini blokirovka qilish uchun kunlar sonini ko'rsatishingiz mumkin (1-rasm).
Xususiyatlar berilgana oynani ochish uchun variantlardan birini ikki marta bosing. Ushbu oynada cheklangan miqdordagi tugma va sozlamalar mavjud.
Masalan, "Минимальныйсрокдействияпароля " da siz faqat kunlar sonini o'rnatasiz (2-rasm).
Ikkinchi papkada ya’ni «Политика блокировки учетной записи» da uchta qoidalar mavjud. Bu yerda siz bloklash hisoblagichi tiklangunga qadar vaqtni, bloklash chegarasini (tizimga kirishda parol kiritish xatolarining soni) va foydalanuvchi profilining blolashning davomiyligini belgilashingiz mumkin (4-rasm).