Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 6
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
377
w
www.oriens.uz
July
2021
XAVFSIZLIK MASALALARI, MUAMMOLARI VA ULARNING KELIB
CHIQISHI
Soliyev Orifjon
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Xalqaro huquq fakulteti
magistranti,
e-mail:
OrifjonSoliyev1007@gmail.com
ANNOTATSIYA
Maqola xavfsizlik tushunchalari, mohiyati, xalqaro xavfsizlik, xavfsizlik
kategoriyalari, xavfsizlik subyektlari va obyekti, ularning hayotiy muhim
manfaatlarini tahlil qiladi. Shuningdek, xavfsizlik subyektlarining manfaatlarini
ta’minlash muammolari va ularning kelib chiqishi o’rganiladi.
Kalit so’zlar: xalqaro xavfsizlik, mintaqaviy xavfsilik, milliy xavfsizlik, davlat
xavfsizligi, tahdidlar, regionalizm, geopolitika, terrorizm, strategiya, globallashuv.
ABSTRACT
The article analyzes the concepts, essence of security, international security,
security categories, security subjects and objects, including their vital interests. Also,
the problems of ensuring the interests of security entities and their origins are studied
in this article.
Keywords: international security, regional security, national security, state
security, threats, regionalism, geopolitics, terrorism, strategy, globalization.
KIRISH
Xavfsizlik kishilik jamiyati mavjudligining muhim sharti hisoblanadi. Normativ
yoki moddiy nuqtai-nazardan u davlatlarning yuzaga kelishi,
siyosiy partiyalar,
xalqaro tashkilotlar va NNT (nodavlat notijorat tashkilot)lar tashkil topishida,
shartnomalarning imzolanishi, qonunlar va konsepsiyalar
qabul qilinishida,
tahdidlarga qarshi kurashishning samarali uslub va vositalarini ishlab chiqishda
namoyon bo’ladi. Uni ishtirokchilar tomonidan ustuvor yo’nalish sifatida tan olingan
va yo’naltiruvchi ijtimoiy munosabatlarning asosi, dastlabki sharti sifatida baholash
mumkin. “Biz avvalo tub negizida “O’zbek xalqiga tinchlik va omonlik kerak” degan
g’oya mujassam bo’lgan O’zbekistonning tinchlik va xavfsizligini mustahkamlashga
qaratilgan siyosiy yo’lini izchil davom etttiramiz. Hozirgi o’ta notinch va murakkab
zamonda bebaho boyligimiz bo’lgan tinch va osoyishta hayotni ko’z qorachig’idek
saqlash, jamiyatimizda millatlar dinlararo hamjihatlik, o’zaro hurmat va mehr-oqibat