Xavfsizlik masalalari, muammolari va ularning kelib


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 374,7 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix11.10.2022
ölçüsü374,7 Kb.
#64885
1   2   3   4   5   6   7   8
xavfsizlik-masalalari-muammolari-va-ularning-kelib-chiqishi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 6 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
378 
w
www.oriens.uz
July 
2021
 
 
muhitini yanada mustahkamlash bizning eng muhim va ustuvor vazifamiz bo’lib 
qoladi”
1
— deya ta’kidlaydi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev. 
O’z navbatida, uning amaliy tomoni mazkur holatning nazariy jihatlarini 
belgilab beradi. Xavfsizlik nazariyasida tadqiq etilayotgan kategoriya asosiy 
tushuncha sifatida xizmat qiladi. U tadqiqot predmeti – ijtimoiy munosabatlar va 
huquqiy ta’sirning obyekti – xavfsizlik sohasini mohiyatini tushunish va talqin 
etishda boshlang’ich nuqta hisoblanadi. Xavfsizlik tushunchasining falsafiy-ijtimoiy 
va siyosiy-huquqiy mazmunini har tomonlama, chuqur tahlil etish xavf va tahdid, 
obyekt va subyekt, xavfsizlik sohasi va tizimi kabi tushunchalar tabiatini anglashda 
asos bo’lib xizmat qiladi. 
MUHOKAMA NATIJALAR 
“Xavfsizlik” atamasi so’zning o’z o’zidan anglashilganda “biror bir xavfning 
mavjud emasligi”, “xavfdan himoyalanganlik” yoki “tinch holat” ma’nosi aks etadi. 
“Xavfsizlik – muhim qadriyatlarning tahdidlardan himoyalanganlik holatidir”
2
– 
deb, ta’rif beradi V. N. Panin. Haqiqatdan ham, har qanday subyekt yoki obyekt 
doimiy mavjud bo’lishi uchun birlamchi muhim qadriyat bu – xavfsizlik va 
tinchlikdir. 
Xavfsizlik tushunchasini yanada kengroq taxlil etadigan bo’lsak, uning 
mazmunini va mohiyatini shakllantiradigan so’zlarni ko’rib chiqish lozim. Xavfsizlik 
so’zining umumiy ma’nosida xavf, tahdid tushunchalari birinchi o’ringa chiqadi. 
“Xavf — inson, ijtimoiy guruh, jamiyat, davlat va jahon hamjamiyatiga ziyon 
yetkazishi, moddiy va ma’naviy qadriyatlarning buzilishi yoki inqirozining yuzaga 
kelishiga, taraqqiyot yo’lining berkilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan ehtimoliy 
(yoki real) voqea, hodisa yoki jarayon. Xavf – bu biror-bir zarar yetkazish, ya’ni 
xavfsizlik obyektining strukturasi yoki boshqa xususiyatlarini o’zgartirish orqali 
uning bardoshlilik va raqobatbardoshlilik salohiyatini tushirish ehtimolidir”
3
.
Yuqoridagi tushunchada xavf ma’lum bir subyektlar va tuzilmalarning moddiy 
va ma’naviy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadi, bu subyekt va tuzilmalar 
xavsizlikning subyektiv kategoriyalarini tashkil etadi. Xavfsizlik asosida bu 
subyektlarning hayotiy muhim manfaatlari yotadi. 
1
Mirziyoyev Sh. M. “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”. “O’zbekiston”. 
NMIU, -2017. –B.19.
2
Панин В. Н. Международная и региональная безопасность: некоторые теоретико-методологические аспекты 
исследования. –B.1. 
3
Bobokulov I. I. Xavfsizlik. Lug’at. - T.: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2011. – B.53 . 



Yüklə 374,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin