1. Shaxsni o`rganishning ijtimoiy psixologiya uchun o`ziga xosligi 2. Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari 3. Shaxs tiplari va ularning ijtimoiy psixologik harakteristikasi 4. Shaxs va guruh muammosi
Shaxsni o`rganishning ijtimoiy psixologiya uchun o`ziga xosligi
Muloqot jarayonining ham, guruhiy jarayonlarning ham egasi-sub`ekti hamda ob`ekti aslida alohida shaxs, konkret odamdir. Shuning uchun ham Ijtimoiy psixologiya alohida shaxs muammosini ham o`rgandiki, uni usha turli ijtimoiy jarayonlarning ishtirokchisi va faol amalga oshiruvchisi degan nuktai nazardan tekshiradi. Ma`lumki, shaxs muammosi umumiy psixologiyada ham, yesh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada ham, differensial, huquqiy psixologiya va psixologiyaning qator maxsus bo`limlarida ham o`rganiladi. Har bir bo`lim yoki tarmoq uni o`z mavzui va vazifalari nuktai nazaridan shaxsga taalluqli bo`lgan muammolarni yeritadi. Masalan, umumiy psixologiya shaxsni psixologik faoliyatning maxsuli, alohida psixik jarayonlarning egasi deb hisoblansa, sotsiologiya uni ijtimoiy munosabatlarning ob`ekti deb qaraydi.
Shaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yendoshishning o`ziga xosligi shundaki, u turli guruhlar bilan bo`ladigan turli shakldagi o`zaro munosabatlarning okibati sifatida qaraladi. Ya`ni Ijtimoiy psixologiya avvalo biror guruhning a`zosi hisoblangan shaxs xulq-atvori qanday qonuniyatlarga buysunishini, shaxsning muloqotlar sistemasida olgan ta`sirlari uning ongida qanday aks topishini o`rganadi. Guruhning shaxs psixologiyasiga ta`siri kay yusinda sodir bo`lishi Ijtimoiy psixologiyada sotsializatsiya muammosi bilan uzviy bog`liq bo`lsa, bu ta`sirlarning shaxs xatti-harakatlari, xulqida bevosita qanday namoyon bo`lishi ijtimoiy Yo`l-yuriklar muammosi bilan bog`liqdir. Ana shular asosida shaxsda shakllanadigan fazilatlar va ularning turli tipdagi shaxslarda namoyon bo`lishini aniqlagan holda, shaxs xulq-atvorini boshqarish mexanizmlarni ishlab chiqish Ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifalaridan biridir. Xulosa qilib aytganda, shaxsga sotsial-psixologik yendoshish uni ma`lum guruhlarning a`zosi, konkret sharoitda o`ziga o`xshash shaxslar bilan muloqotga kirishuvchi konkret odam deb tushunishdir.