1-Amaliy Chiziqli tuzilmalarning algoritmlari va ularning dasturi
3 – variant Bedaning ko‘kat hosili gektaridan 8 tonna. Ko‘katning namligida o‘rilganda 75 % bo‘lib,
pichan g‘aramlash uchun namligi 17 %dan oshmaslikni talab qiladi. Xo‘jalikka S tonna quruq
pichanni g‘aramlash uchun qancha ko‘kat hosili olish zarurligini hisoblovchi algoritmini blok-
sxema ko‘rinishida tuzing.
.
4 – variant Yaylovda o‘tlatiladigan mollar 200 bosh sog‘in sigirdan iborat. Har bosh sigirga har kuni 70
kg.dan ko‘k o‘t talab qilinadi. Yaylovda bo‘lish davri 120 kun. Yaylov g‘alladosh o‘tlar
aralashmasidan iborat, ko‘kat hosildorligi o‘rtacha gektaridan 33,6 sentner. Poda uchun zarur
maydonni hamda yaylov sig‘imini aniqlash algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tuzing.
5 – variant . Bedaning ko‘k massa hosili: birinchi yili 120, ikkinchi yili 650 va uchinchi yili 800 s/ga
bo‘lgan. Ko‘k bedadan 30% beda pichani chiqishini e’tiborga olib, bir gektar yerdagi beda
pichanini aniqlash algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tuzing..
6 – variant Serhosil yaylovlar uchun ko‘p yillik o‘tlar aralashmasida har bir tup o‘simlik urug‘ining
ekish miqdorini aniqlovchi algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tuzing.
Kerakli ma’lumotlar: beda 17 kg/ga, o‘tlar aralashmasida 38 %, ko‘p o‘rimli mastak 10
kg/ga, o‘tlar aralashmasida 32 %, yaylov mastagi 10 kg/ga, o‘tlar aralashmasida 30% ekiladi.
Urug‘ning ekishga yaroqliligi bedada 88,2%, ko‘p o‘rimli mastak 85,5%, yaylov mastagi 87,3%.
7 – variant Mollarni bog‘lab boqish davri 201 kun. Shu davrda o‘rta hisobda 950 bosh sigir bog‘lab
boqiladi. Sigirlarning yem-xashak yeydigan kuni va talab qilinadigan yem-xashak miqdorini
aniqlash algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tuzing. Bitta sigirga 60 kg ko‘kat ozuqa birligi
bo‘ladi.
8 – variant Past bo‘yli usti yassi pichan g‘arami hajmini aniqlash algoritmini blok-sxema ko‘rinishida
tuzing. G‘aram belbog‘i uzunligi 10 metr, g‘aram eni 25 metr, g‘aram uzunligi 10 metr.