Ma’ruza: Beda bilan bog‘liq tajriba o‘tkazishning ilmiy asoslari. Reja



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə1/2
tarix02.12.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#171668
  1   2

15-MA’RUZA:Beda bilan bog‘liq tajriba o‘tkazishning ilmiy asoslari.
REJA:

1. Beda morfologiyasi.


2. Beda biologiyasi..
(лат. Medicago – «корм из Мидии») 
Естественно, у люцерны есть и противопоказания. В частности, эту культуру не рекомендуется принимать людям при болезнях почек, аутоиммунных патологиях, а также аллергии или индивидуальной непереносимости медунки. Беременным женщинам также стоит отказаться от употребления люцерны из-за сильного мочегонного действия.
Люцерна — естественное мочегонное и слабительное средство. Она помогает вывезти из организма лишнюю жидкость и улучшает пищеварение. Именно задержка жидкости в организме играет ключевую роль в развитии таких болезней как ревматизм, подагра, артроз, сахарный диабет, целлюлит и отеки.


Beda o’t-dalali, yem-xashak va dala almashlab ekishlarda ko’k massa, pichan, senaj bostirish uchun toza holda va boshqa ekinlarga qushib ekiladi.
Beda avlodiga (Medicago) 50 ta tur kiradi, bularning orasida bir yillik va ko’p yilliklari uchraydi. Eng ko’p tarqalgan turlari:

  1. Ekma beda, ko’k beda – M. Sativa L.

  2. Sariq beda – M. Falcate L.

  3. Zangori beda – M. Coerula L.

  4. Duragay beda – M. Media L.

  5. Xmelsimon beda – M. Lupulina L.

Beda (Medicago) — dukkakdoshlarga mansub bir va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik, asosiy yem-xashak ekini. 100 ga yaqin turi bor. Oʻrta Osiyoda koʻk B. M. sativa L.) turi eng koʻp tarqalgan. Oʻrta Osiyoda 5 — Zmingyil avval ekib kelingan. Vatani Eron, taxminan 2 — 2,5 ming yil ilgari Yunoniston, Qad. Rim va Shim. Afrikaga olib kelingan. Keyinchalik B. madaniy ekin sifatida Yevropa, Shim. va Jan. Amerika, Avstraliyaga tarqalgan. Oʻrta Osiyoda va Zakavkazyeda B. asosiy almashlab ekish ekini hisoblanadi.
Medicago sativa
Botanik taʼrifi. Poyasi sershox, boʻyi 70 — 150 sm, tup hosil qiladi. Barglari uch bargli, murakkab, barg bandi asosida unchalik yirik boʻlmagan yon bargchalari bor, rangi och yashildan toʻq yashilgacha. Barg plastinkasi ellipssimon, nashtarsimon yoki deyarli dumaloq. Toʻpguli 12—16 tagacha guldan iborat shingil (siyrak silindrik yoki kallaksimon). Koʻk B.ning guli zangori, sariq B.ning guli sariq, duragay B.piki koʻk-sariq tusda. Mevasi urugʻli, oʻroqsimon yoki spiralsimon 2 —3 buralgan dukkak. Urugʻi sariq yoki sariq-qoʻngʻir oval-buyraksimon, mayda; dukkagida 5 — 7 urugʻ bor; 1000 dona urugʻi vazni 1,8 — 2,7 g . Ildiz tizimi oʻq iddiz, kuchli rivojlanadi, tarmoqlangan, yerga chuqur (7 – 10 m va undan ham koʻproq) kirib boradi. 4 — 5 tartibli ingichka iddizlaridagi oʻsimtalarida havodan erkin azotni oʻzlashtiradigan shugana k bakteriyalar rivojlanadi. B.ning koʻp yillik turlarida iddizning ustki qismi (ildiz boʻgʻzi)dagi kurtaklardan har yili yangi poyalar oʻsib chiqadi. B.ning yaxshi rivojlangan ildiz tizimi ikki—uch yidda tuproqning 1 ga haydalma qatlamida 30 — 40 t goʻngga teng keladigan 80 — 120 s ildiz massa hosil qiladi. Biologik xususiyatlari. B. uzun kunli, yorugʻsevar oʻsimlik, ammo ildiz tizimi tuproqqa chuqur kirib borishi tufayli qurgʻoqchilikka yaxshi bardosh beradi.
Sariq va duragay B.lar koʻk B.ga qaraganda sovuqqa ancha chidamli. B. namsevar oʻsimlik. Issiq iqlimli rayonlarda sugʻorish bilan yuqori hosil olish mumkin. B. suv va havoni yaxshi Utkazadigan qumoq" va qumloq gʻovak tup-roklarda yaxshi usadi. Nordon va kuchli shoʻrlangan tuproqlarda yaxshi oʻsmaydi, lekin kuchsiz shoʻrlanishga bardoshli va tuproq shoʻrini kamaytirishga yordam beradi. B. uzoq yashaydigan oʻsimlik, 15 — 20 yilgacha usadi, lekin almashlab ekishda 3 yilgacha, yem-xashak uchun esa 5 yilgacha Ustiriladi.
B. yakka oʻzi yoki arpa, bugʻdoy kabi ekinlar bilan birga bahorda yalpi qatorlab ekiladi. Gektariga 12 – 22 kg urugʻ sarflanadi. Urugʻi 15 — 20 kunda unib chiqadi. B. urugʻi unib chiqish qobiliyatini 5— 7, baʼzan 10 yilgacha saklaydi. Ba-horda alohida ekin sifatida eqilganda koʻpay sharoitda tez Usadi, birinchi yili sershox, serbarg poyalar hosil qilib gullaydi va urugʻ beradi. Sugʻoriladigan rayonlarda

B. birinchi yili 40 —50% gul-laganda 2—3-marta, 2 va 3 yillarda esa 40— 45 kun oralatib 5— 6-marta va undan ham koʻproq oʻriladi. Har Urim oraligʻida 1 — 2-marta sugoriladi. Oʻrimdan keyin tez koʻklashi bilan boshqa koʻp yillik oʻtlardan ustun turadi.


Xoʻjalik ahamiyati. B. vitamin, oqsilga boy yem-xashak ekinidir. Uning 100 kg koʻk massasi tarkibida 21,7 ozuqa birligi va 4,1 kg hazm boʻladigan protein; 100 kg pichanda 45,3 ozuqa birligi va 10,3 kg hazm boʻladigan protein bor. B. pichani tarkibida 0,35 — 0,40% fosfor, 0,25 — 0,3% kalsiy va boshqa mik-roelementlar boʻladi. B. ozuqasining hazm boʻlishi 70 — 80% ga yetadi. Sugʻoriladigan dehqonchilik sharoitida almashlab ekishda beda eng universal va eng yaxshi samara beradigan ekin. B. 2 — 3 yil ichida tuproqda gektariga 300– 400 kg va undan koʻproq azot toʻplaydi, tuproqni organik moddalar bilan boyitadi, biologik drenaj vazifasini oʻtaydi, tuproq strukturasini tiklaydi, suv, havo tartibotini yaxshilaydi va ekin hosilini oshirishga imkoniyat yaratadi. B. bir mavsumdagi oʻsuv davrida yer ostki va yer ustki massasini hosil qilish uchun oʻzidan gektariga 12—15 ming m3 gacha suv bugʻlatadi. B.ning bu xususiyati yer ostki suvlari yuza joy-lashgan maydonlarda dehqonchilik sa-maradorligini koʻtarishga yordam beradi va tuproq shoʻrlanishini ancha kamaytiradi.
B. tuproqni vilt qoʻzgʻatuvchidan tozalovchi ekin hamdir. B. muttasil uch yil eqilgan dalalarda uning ildiz tizimi rizosferasida saprofit mikro-organizmlar (zamburugʻlar, bakteriyalar, sodda hayvonlar) uchun xavfli zam-burugʻlarni nobud qiladigan antogoni-stlar toʻplanadi (qarang Almashlab ekish). Oʻzbekistondagi xoʻjaliklarda har gektardan 150 —200 s B. pichani yetishtiriladi. Urugʻlikka moʻljallangan beda-zordan 5 —7 s/ga urugʻ olinadi.
Navlari. B.ning Toshkent 3192, Toshkent 721, Toshkent 1, Vaxsh 233, Yettisuv, Xiva, Oʻzgan va boshqa navlari koʻp tarqalgan (yana q. Dukkakdoshlar). B. z a -rarkunandalari: beda toʻplami, beda barg filchasi, beda bitoʻ va boshqa K a -salliklari: zang kasali, unshudring , barg dogʻlanishi va boshqa
Sariq beda – ko’p yillik o’tsimon o’simlik. Poyasi tik o’sadi, yotib o’sadigan turlari ham uchraydi. bo’yi 40-170 sm, poyasi tuklangan. Bargi murakkab, uchqushquloq, chuzinchoq shaklda, tuklangan.
To’pguli sariq rangli, ko’p gulli, shingil. Dukkagi o’roqsimon, ko’p urug’li, urug’i sariq-jigarrang, buyraksimon, mayda, 1000 ta urug’ning vazni 1-1, 5 g.
Zangori beda ko’p yillik o’simlik, ildizi yaxshi rivojlangan. Poyasi tik o’sadi, bo’yi 50-70 sm, qirrali, ingichka tukli. Bargi murakkab, bargchalari ingichka, mayda. To’pguli shingil, gullari mayda, oq yoki qizg’ish rangda. Dukkagi mayda, sharsimon yoki burama shaklida o’ralgan (2-4 marta), ko’p urug’li, usti silliq, urug’i mayda.
Duragay beda tabiiy sharoitda ko’k va sariq bedaning o’zaro changlanishi natijasida paydo bo’lgan. Morfologik belgilari bilan ko’k va sariq beda oralig’idan o’rin olgan. Gullarining rangi oq, sariq, tuq binafsha rangli bo’ladi. Dukkaklari o’roqsimon yoki burama shaklda bo’ladi.
Xmelsimon beda bir-ikki yillik o’simlik, poyasi egilib o’sadi, gullari sariq rangli, dukkagi mayda, buyraksimon, bir urug’li.
Ildizi yaxshi rivojlangan uqildiz, sershox, tuproqqa 2 m dan ortiq chuqurlikka kirib boradi. Ildizning yon tomonlariga shoxlanishi o’simlik turining shakliga bog’liq. Tik o’sadigan tur xillarida ildizi pastroq shoxlanadi. Ildizining yug’onlashgan qismi ildiz buyni, uning yuqori qismi ildiz boshchasi deyiladi. Ildiz boshchasida poya chiqaradigan kurtaklar joylashadi.
Poyasi o’tsimon, yaxshi tuklanadi, usti silliq yoki qirrali, tuksiz yoki tukli, ichi kovak, parenxima tuqimalari bilan to’lgan, rangi yashil, bo’yi 60-120 sm. Bir tupida 3-10 ta poya bo’ladi, siyraklashgan holda 100 tagacha bo’lishi mumkin. Tupining shakli har xil.
(лат. Medicago – «корм из Мидии») Естественно, у люцерны есть и противопоказания. В частности, эту культуру не рекомендуется принимать людям при болезнях почек, аутоиммунных патологиях, а также аллергии или индивидуальной непереносимости медунки. Беременным женщинам также стоит отказаться от употребления люцерны из-за сильного мочегонного действия.
Люцерна — естественное мочегонное и слабительное средство. Она помогает вывезти из организма лишнюю жидкость и улучшает пищеварение. Именно задержка жидкости в организме играет ключевую роль в развитии таких болезней как ревматизм, подагра, артроз, сахарный диабет, целлюлит и отеки.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin