Sariq beda.
1-maysasi, 2-o’simligi, 3,5,7-gul to’plami,
4,6,8-gullari, 9-10-urug’i (doni)
Bargi murakkab, toqpatsimon, uchqushaloq. Bargchalari chuzinchoq, tuxumsion shaklda. Poyaning pastki qismidagi barglar mayda, o’rta qismidagilari yirik, yuqori qismidagilari o’rtacha va ingichka bo’ladi. Bargi yashil rangli, tukli yoki tuksiz. Bargning poyaga qushilgan joyida 2 ta yon barglari bor, ularning kattaligi va shakli har xil.
T o’pguli qisqa zich shingil, barg qultiqlarida joylashgan. Shingilining kattaligi, zichligi, shakli, har xil. Bir shingilda o’rtacha 10-30 ta gul bo’ladi. Guli ikki jinsli, kapalaksimon, ko’k va binafsha rangda.
Dukkagi burama shaklda, tuksiz va tukli, unda 6-12 ta urug’ bo’ladi. Dukkagi sariq, jigarrang va qora. Urug’i mayda, sariq, yashil va jigarrangda, 1000 tasining vazni 1, 5-3, 5 g.
100 kg beda pichani 48, 8, shuncha ko’k massasi 17, 2 ozuqa birligiga teng.
Qizil sebarga
Qizil sebarga (Trifolium pratense L.) ko’p yillik o’simlik, uning bir va ikki o’rimli kenja turlari bor.
Ildizi yaxshi rivojlangan uqildiz, sershox, 1, 5 m chuqurlikka kirib boradi. Poyasi o’tsimon, tik o’sadi, bo’yi 1-1, 5 m bo’ladi. O’simlik yaxshi tuplanadi, 10 tagacha poya hosil qiladi. Bargi murakkab, uchqushaloq, yon bargchalari tukli.
Boshchasimon to’pguli dumaloq yoki chuzinchoq shaklda, asosiy poyaning va yon shoxlarning uchlarida joylashadi. To’pgulida 70-135 ta gul bo’lib, gullari mayda kapalaksimon, qizil, binafsha rangda.
Dukkagi yuraksimon, mayda, bir urug’li, sariq, jigar va binafsha rangda.
Urug’i mayda, chuzinchoq yoki yuraksimon, binafsha rangda, 1000 tasining vazni 1, 5-2, 0 g bo’ladi.
Sebarga tuproqda azot tuplaydi. U oziqachilik va agrotexnik jihatdan bedaga yaqin turadi.
17-rasm. Kliver.
1-maysasi, 2-gul to’plami, 3-gullari, 4-urug’lari
Dostları ilə paylaş: |