Axborot tizimi –
qo’yilgan maqsadlarga erishish yo’lida axborotni to’plash,
saqlash, ishlov berish va chiqarishda foydalaniladigan vositalar, usullar va
xodimlarning o’zaro bog’liq
majmui.
Bugungi kundagi zamonaviy axborot tizimi tushunchasi axborotga ishlov
berishning asosiy texnik vositasi sifatida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishni
ko’zda tutadi. Yirik tashkilotlarda shaxsiy kompyuterlar bilan bir qatorda axborot
tizimining texnik bazasi tarkibiga meynfreym yoki super elektron hisoblash mashinalari
kirishi mumkin. Bundan tashqari, agar ishlab chiqarilayotgan axborot foydalanuvchisi
bo’lgan
va usiz bu axborotni olish va
taqdim etish mumkin bo’lmagan odamning ro’
li
hisobga olinmas ekan, axborot tizimi texnikaviy timsolining
o’zi
hech qanday
ahamiyatga ega bo’lmay
qoladi.
Tashkilot deganda umumiy maqsadlar yo’lida birlashgan va umumiy moddiy
hamda moliyaviy vositalardan moddiy va axborot mahsulotlarini hamda xizmatlarini
ishlab chiqarish uchun foydalanadigan odamlar hamjamiyati tushuniladi. Matnda ikki
so’z
-
«tashkilot» va «firma» so’zlari teng ma’nolarda qo’llaniladi.
Axborot tizimi
odamlar, apparat vositalari, dasturiy ta’minot, aloqa tarmoqlari,
axborot resurslarining ixtiyoriy tartibdagi tashkiliy birlashmasi hamda tashkilotda
axborotni saqlash, yigʻib olish,
almashtirish va tarqatish siyosat va
protseduralaridan iborat. Odamlar har xil jismoniy qurilmalar, axborot bilan ishlash
instruksiyalari va protseduralari , aloqa kanallari , va saqlanadigan berilganlar
yordamida oʻzaro muloqot qilishi uchun zamonav
iy axborot tizimlariga tayanadi.
Ulardan bir nechta misollarini koʻrib chiqamiz:
Aloqa uchun tutun signallari. Tutun xarakteri yuboruvchini koʻrish yoki
eshitish imkoniyati boʻlmagan holatlarda juda uzoqda joylashgan
odamlarga muhim axborotni uzatadi.