1-Amaliy mashg‘ulot. 1-Mavzu: Matlab amaliy paketida ishlash



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə1/7
tarix26.10.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#161778
  1   2   3   4   5   6   7

1-Amaliy mashg‘ulot.
1.1-Mavzu: Matlab amaliy paketida ishlash.

Ishning maqsadi: MATLAB grafik muhitini o’rganish, uning grafik elementlari haqidagi umumiy tushunchalarga ega bo’lish.


Mavzuning nazariy asoslari:


MATLAB tizimi fan va texnikaning ixtiyoriy sohasi modellashtirish masalalarini yechishga imkon beruvchi interfaol tizimdir.Odatda MATLAB matematik hisoblashlarni avtomatlashtirish tizimi sifatida qaraladi.


Matlab bu:

  • Matematik algoritmlarni yaratish.

  • modellashtirish

  • tahlil qilish

  • ma’lumotlarga ishlov berish

  • dastur grafikasi bilan ishlash

  • GUI ilovalarini ishlab chiqish kabilar dastur paketlarning umumiy sonini belgilab beradi.

Matlabni besh qismlarga ajratash mumkin:

  1. Matlab tili.

  2. Matlab muhiti.

  3. Mahsus boshqarish.

  4. Matematik vazifalar kutubxonasi.

  5. Dastur interfeysi.

Matlab muhiti C va Paskal kabi ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlarni ajralmas vazifalari sifatida katta to‘plamni o‘z ichiga oladi. Kengaytiriladigan foydalanuvchilardan foydalanish imkonini beradi.



MATLAB tizimi o‘zining yuqori darajadagi dasturlash tiliga egadir. Ma’lumotlarning matritsa ko‘rinishida berilishi va yuqori imkoniyatli mahsus funksiyalarining mavjudligi sababli MATLAB tizimining dasturlash tilini juda yuqori darajadagi algoritmik til sifatida e’tirof etiladi.
MATLAB tizimi to‘rtta dasturiy komponentlardan tashkil topgan. Ular MATLAB, Simulink, Toolbox, Blockset tizimlaridir.
MATLAB interfeysini quyidagi oynalar tashkil etadi.

  • Command Window (Buyruqlar oynasi) – asosiy oyna

  • Command History (Buyruqlar tarixi)

  • Current Directory (Joriy papka)

  • Workspace (Xotiraning ishchi sohasi)

MATLAB dasturining matеmatik hisoblash imkoniyatlari


Matlab tizimi ham boshqa dasturlash tillari kabi matematik ifodalarda foydalanish imkoniga ega.
Matlabda ifodalarning o‘zgaruvchilari matrisa deb qabul qilinadi. Ifodalarning quyidagi turlari mavjud:

  • arifmetik;

  • mantiqiy;

  • belgili.

O‘zgaruvchilar ham

  • oddiy o‘zgaruvchi;

  • massiv;

  • sonli;

  • sonli bo‘lmagan turlarga bo‘linadi.

Ifodaning asosiy tashkil etuvchilari quyidagilar:

  • o‘zgaruvchilar;

  • sonlar;

  • operatorlar;

  • funksiyalar.

O‘zgaruvchilar. Matlabda o‘zgaruvchi turi tushunchasi mavjud emas. O‘zgaruvchi nomi ya’ni identifikator harflar, sonlar va belgilardan iborat bo‘ladi. Bosh harf bilan kichik harflar bir-biridan farqlanadi.
Sonlar. Matlab hisoblashlarida o‘nlik sanoq tizimini ishlatadi va ifodalarda oddiy arifmetik ifodalardan foydalaniladi.
+ qo‘shish
- ayirish
* ko‘paytirish
/ bo‘lish
\ teskari bo‘lish
^ darajaga ko‘tarish


Quyida asosiy funksiyalar keltirilgan:
1.1-jadval. Asosiy funksiyalar.




Sonli funksiyalar

Funksiya

Funksiyaning sintaksisi

format short

Sonlar ketma-ketligini qisqartirilgan formatda formallashtiradi


Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin