6. Simulink paketi
Reja
6. 1. Simulink
6. 2. Simulink ni ishga tushirish
6. 3. Simulink bibliotekasi bo'limlari
6.4. Model oynasi
6.5. Bloklar bilan amallar
6.6. Ob'ektlarni formatlash
6.7. Hisoblash parametrlarini o'rnatish va uni bajarish
Tayanch so'z va iboralar
SIMULINK muhitida model yaratish, model oynasi, blokning parametrlarini
tahrirlash oynasi, bloklarni o'zaro bir-biriga ulash, bog'lanish liniyasida tarqalish
nuqtasini hosil qilish, model oynasi, bloklar bilan amallar, Simulink, LT
kompilyator, Simulinkning asosiy bibliotekasi, asboblar paneli
6. 1. Simulink
Simulink — dinamik sistemalarni modellashtirish, imitatsiya va tahlil qilish
uchun interaktiv vositadir. U grafik blok-diagrammalarni qurish, dinamik tizimlarni
imitatsiya
qilish,
tizimlarning
ishlashini
tekshirish
va
loyihalarni
mukammallashtirish imkoniyatlarini beradi. Simulink MATLAB bilan to'la
integrallashgan.
Hozirgi vaqtda MATLABning yangi versiyasi MATLAB 6.5 (Release 13) va
Simulink 5 keng ishlatilmoqda.
MATLAB 6.5 dasturlarni tez bajarishni ta'minlovchi LT kompilyatorga ega.
SHu sababli MATLAB 6.5 texnik hisoblashlar sohasida S dasturlash tilida kodlash
bilan raqobatlashishi mumkin. Yangi versiyaning diqqatga sazovor tomonlaridan
biri m-fayllar mahsuldorligining (effektivligining) avvalgi versiyalardagiga nisbatan
yuqoriligidir.
Simulink 5 quyidagi yangi xususiyatlarga ega:
O'rni belgilangan (fiksatsiya qilingan) nuqta bilan hisoblashlarni amalga
oshirish mumkin. Suzuvchi nuqta bilan hisoblashlardan
fiksatsiya qilingan nuqta
bilan hisoblashlarga yoki teskarisiga o'tish yo'li bilan modelni mukammallashtirish
mumkin (bu holda Fixed-Point Blockset ni o'rnatish zarur).
Look-Up Table Editor asbobi jadval bloklaridagi ma'lumotlarni qulay holda
ko'rib chiqish va tahrirlash imkoniyatini beradi. Tahrirlagichni chaqirish model
oynasidagi Tools menyusidan amalga oshiriladi.
Model Discretizer asbobi uzluksiz bloklarni diskret bloklarga tanlab
almashtirish imkoniyatini beradi (Control System Toolbox, 5.2-versiyani o'rnatish
talab qilinadi). Diskretizator model oynasidagi Tools menyusidan chaqiriladi.
Mukammallashtirilgan Diagnostic Viewer xatoliklarni
diagnostika qilish
vositasi xatolar to'g'risidagi axborotlarni konfiguratsiya qilish va ularga
giperssilkalarni qo'shish (kiritish ) imkoniyatini beradi.
Maskalar tahrirlagichi Mask Editor dinamik dialog oynasini yaratish
vositasiga ega. Maskalar tahrirlagichining Parameters bo'limidagi
Callback paneli
blok (osttizim) parametrlarining o'zgarishini qayta ishlaydigan funktsiyalarni
kiritish imkoniyatini beradi. S-fiinction Builder bloki yangi Data Properties
bo'limiga ega. Uning yordamida portlardagi ma'lumotlarning
turlarini, kirish va
chiqish signallarining ko'rinishini (haqiqiy yoki kompleks) berish, portlarning
metka (belgi)larini aniqlash, signallarning birliklarini kiritish mumkin.
Yangi Model Verification library bibliotekasi qo'shilgan.
Biblioteka
hisoblash jarayonida modelni tekshirish bajaruvchi bloklarga ega.
Hisobot yaratish asbobi Print details model va osttizimlarning sxemalari
hamda bloklarning parametrlari va ularning qiymatlarini o'z ichiga olgan HTML-
hujjatlarni shakllantiradi. Print details buyrug'i File menyusiga kiritilgan.
Ushbu bobda yuqorida keltirilgan kengaytmalar paketlarining tarkibi va ular
bilan ishlash usullari keltirilgan. MATLAB, Simulink paketlari va Toolboxes,
Blocksets kengaytmalarining paketlari bo'yicha kengroq ma'lumotlar [1, 2, 3, 4, 5]
adabiyotlarda keltirilgan. Ular bilan ishlash usullari
www.matlab.ru
saytda mavjud.