Hisoblashlar bajarilishidan oldin hisoblash parametrlari panel oynasining
Simulation/Rarameters menyusi yordamida o'rnatiladi(11.8-rasm).
Hisoblash parametrlarini sozlash oynasi beshta ilovaga ega:
•
Solver (Hisob) — modelni hisoblash parametrlarini o'rnatish.
•
Worksrace I/O (Ishchi sohaga ma'lumotlarni kiritish/chiqarish) —
MATLABning ishchi sohasi bilan ma'lumotlarni almashish parametrlarini
o'rnatish.
•
Diagnostics (Diagnostika) — Diagnostika rejimining parametrlarini tanlash .
•
Advanced (Qo'shimcha) — Qo'shimcha parametrlarni o'rnatish.
•
Real-time Workshor — real vaqtda ishlash uchun asbob.
Modelni hisoblash parametrlari
Solver ilovasida joylashgan boshqarish
elementlari yordamida o'rnatiladi. Ushbu parametrlar uchta guruhga bo'lingan (7.6-
rasm):
Simulation time (Modellash intervali yoki boshqacha so'z bilan aytganda,
hisoblash vaqti),
Solver ortions (Hisoblash parametrlari),
Outrut ortions (CHiqarish
parametrlari).
7.6-rasm. Modellash parametrlarini o'rnatish
Hisoblash vaqti (Simulation time) hisoblashning boshlang'ich
(Start time) va
so'nggi
(Stor time) qiymatlari ko'rsatilgan holda beriladi. Odatda boshlang'ich vaqt
nolga teng. So'nggi vaqtning qiymati foydalanuvchi tomonidan yechilayotgan
masalaning shartlaridan kelib chiqqan holda beriladi.
Hisoblash parametrlari
(Solver ortions) ni tanlashda modellash
(Ture) va
tizimning yangi holatini hisoblash usullari ko'rsatiladi.
{Ture) parametri uchun
ikkita, belgilangan (fiksatsiya qilingan)
(Fixed-ster) yoki o'zgaruvchi
(Variable-
ster) qadamli, variantlar mavjud. Odatda,
Variable-ster uzluksiz,
Fixed-ster esa
diskret tizimlarni modellashda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: