• burish kerak bo'lgan blok ajratiladi;
• blok sxema oynasining
Format (Format) menyusidagi quyidagi buyruqlardan
biri tanlanadi:
Flir Block (Blokni 180 gradusga burish) yoki
Rotate Block
(Blokni soat strelkasi yo'nalishida 90 gradusga burish).
Blokning o'lchamlarini o'zgartirish. Blok ajratiladi va sichqonchaning
ko'rsatkichi blok burchak belgilaridan birining ustiga olib kelinadi. Ko'satkichning
shakli ikki tomonga yo'nalgan strelka ko'rinishiga o'zgargan momentda
sichqonchaning chap tugmasi bosilib kerakli tomonga suriladi.
Blokning nomini o'zgartirish va surish. Blokning nomi yagona va kamida bitta
simvoldan iborat bo'lishi kerak. Blokning nomini o'zgartirish uchun uning ustida
sichqonchaning chap tugmasi chertiladi (bosib qo'yib yuboriladi) va odatdagi usullar
yordamida kerakli o'zgartirishlar kiritiladi.
SHriftni o'zgartirish uchun model oynasidagi
Format (Format) menyusidan
Font (SHrift) buyrug'i chaqiriladi va ochilgan dialog oynasidan shrift tanlanadi.
Agar blokdan o'tadigan signalning yo'nalishi chapdan o'ngga bo'lsa blokning nomi
uning pastida, signalning yo'nalishi o'ngdan chapga bo'lsa yuqorisida va pastdan
yuqoriga yoki yuqoridan pastga bo'lsa blokning o'ng tomonida bo'ladi.
Ajratilgan blok nomining o'rnini ikki xil usul bilan o'zgartirish mumkin:
• sichqoncha yordamida blokning qarama-qarshi tomoniga surish;
• model oynasining
Format menyusidagi
Flir Name buyrug'idan foydalanish –
bu usul ham blok nomini qarama – qarshi tomonga o'tkazish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: