uzluksiz
(Variable-ster) va belgilangan
(Fixed-ster) vaqt qadamlari uchun har xil,
lekin ular, o'z mohiyati bo'yicha, differentsial tenglamalar sistemalarini yechish
protseduralari bo'lib hisoblanadi.
Ochiluvchi
Ture ro'yxatlarning pastida tarkibi tanlangan model vaqtining
o'zgarish usuliga bog'liq bo'lgan soha joylashgan.
Fixed-ster tanlanganda bu sohada
Fixed-ster size (belgilangan qadamning kattaligi) matn maydoni hosil bo'ladi. Uning
yordamida modellash qadami ko'rsatiladi. Boshlang'ich holda modellash
qadamining kattaligi tizim tomonidan avtomatik tarzda
{auto) ko'rinishida qo'yilgan
bo'ladi. Qadamning kerakli kattaligi
auto qiymatining o'rniga son shaklida yoki
hisoblanadigan ifoda shaklida qo'yiladi (bunday usul
tizim tomonidan avtomatik
tarzda
(auto) qo'yiladigan hamma parametrlar uchun ham o'rinli).
• Belgilangan
(Fixed-ster) qadamni tanlashda hisoblash rejimi
(Mode)ni ham
berish zarur.
Mode parametri uchun uchta variant mavjud:
•
MultiTasking (Ko'p masalali) — agar modelda bir nechta ost tizim parallel
ishlayotgan bo'lsa va model ishlashining natijalari ost tizimlarning vaqt
bo'yicha parametrlariga bog'liq bo'lsa tanlanadi. Bunday rejim bloklar bir –
biriga yuborayotgan signallarning tezligi va diskretligi o'zaro mos emasligini
aniqlash imkoniyatini beradi.
•
SingleTasking (yagona masalali) — modellashning yakuniy natijasiga model
tashkil etuvchilarining yetarli bo'lmagan darajada sinxronlash ta'sir
etmaydigan modellar uchun ishlatiladi.
•
Auto (rejimni avtomatik tanlash) — Simulink rejimni avtomatik tarzda
tanlaydi. Bu holda tarkibida signallarni har xil tezlikda uzatadigan bloklar
bo'lgan modellar uchun MultiTasking rejim va tarkibida signallarni bir xil
tezlikda uzatadigan bloklar bo'lgan modellar
uchun SingleTasking rejimi
o'rnatiladi.
• O'zgaruvchi qadamli
(Variable-ster) variant tanlanganda quyidagi uchta
parametrni o'rnatish imkoniyatini beruvchi maydonlar hosil bo'ladi:
•
Max ster size — maksimal hisoblash qadami. Boshlang'ich holda avtomatik
(auto) varianti o'rnatilgan va uning qiymati
StorTime va
StartTime orasidagi
farqning 1/50 ga teng bo'ladi. Ko'pchilik hollarda bunday qiymatlar keragidan
katta bo'lganligi sababli kuzatiladigan grafiklar siniq (silliq emas) chiziqlar
ko'rinishida bo'ladi. Bunday hollarda maksimal qadamning kattaligani yaqqol
tarzda berish kerak.
•
Min ster size — hisoblashning minimal qadami.
•
Initial ster size — modellash qadamining boshlang'ich qiymati.
O'zgaruvchi qadamdan foydalanib uzluksiz tizimlarni modellashda hisoblash
aniqligi ko'rsatiladi. Hisoblash aniqligi nisbiy
(Relative tolerance) yoki absolyut
(Absolute tolerance) bo'lishi mumkin. Boshlang'ich holda ular mos holda 10~
3
va
auto o'rnatilgan bo'ladi.
Solver ilovasining pastki qismida modellanayotgan tizim chiqish signallarini
chiqarish parametrlari (
Outrut ortions) sozlanadi. Ushbu parametr uchun quyidagi
uchta variantdan biri tanlanadi:
Refine outrut (korrektsiyalangan chiqarish) —
model vaqtini va To
Worksrace bloki yordamida MATLAB ishchi sohasida saqlanayotgan signallarni
qayd qilish diskretligini o'zgartirish imkoniyatini beradi. Diskretlik kattaligini
o'rnatish o'ng tomonda joylashgan
Refine factor tahrirlash satrida bajariladi.
Boshlang'ich holda
Refine factorning qiymati birga teng, ya'ni, qayd qilish D=1
qadam bilan model vaqtining har bir qiymati uchun bajariladi. Agar
Refine factor
ning qiymati 2 bo'lsa har ikkinchi signal, 3 bo'lsa har uchinchi signal qayd qilinadi.
Refine factor parametri faqat butun musbat qiymatlarni qabul qilishi mumkin.
Rroduce additional outrut (qo'shimcha chiqarish) —
berilgan vaqt
momentlarida model parametrlarini qo'shimcha ravishda qayd qilishni ta'minlaydi;
ularning qiymati kvadrat qavs ichiga joylashgan ro'yxat ko'rinishida tahrirlash
satriga chiqariladi (bu holda
Outrut times (chiqarish vaqt momentlari)
deb ataladi
).
Bu variantdan foydalanilganda tayanch qayd qilish qiymati D=1 bo'ladi.
Outrut
times ro'yxatidagi vaqtning qiymati kasr son bo'lishi hamda har qanday aniqlikka
ega bo'lishi mumkin.
Rroduce srecified outrut only (faqat berilgan chiqarishni formatlash) —
Outrut times (chiqarish vaqt momentlari) maydonida ko'rsatilgan modelning
parametrlarini faqat berilgan vaqt momentlarida chiqarish rejimini o'rnatadi.
Nazorat savollari
1.
Simulink dasturi qanday imkoniyatlarini ega?
2.
Simulink ni ishga tushirishning qanday yo'llari bor?
3.
Simulink bibliotekasida qanday asosiy bo'limlar
mavjud?
4.
Simulink ning asboblar panelidagi tugmalarning
vazifalarini tushuntirib bering.
5.
Simulink da model yaratish uchun yangi oynani
qanday ochiladi?
6.
SIMULINK muhitida model yaratish tartibini
tushuntirib bering.
7.
SIMULINK ning model oynasi qanday elementlarni
o'z ichiga oladi?
8.
Bir oynadagi bloklardan ikkinchi oynaga qo'yish
uchun nusxa olish qanday tartibda amalga
oshiriladi?
9.
Model bloklarining o'rinlarini almashtirish uchun
qanday amallar bajariladi?
10.
Qanday yo'l bilan blokni bog'lovchi liniyalardan uzib
qo'yish mumkin?
11.
Blokni burish tartibini tushuntirib bering.
12.
Blokning o'lchamlari qanday o'zgartiriladi?
13.
Modelda
signallarning
belgilari
va
kommentariyalarni(izohlarni) joylashtirish tartibini
aytib bering.
14.
Model ob'ektlarini formatlash qanday amalga
oshiriladi?
15.
Hisoblashlar
bajarilishidan
oldin
hisoblash
parametrlari qaysi menyu yordamida o'rnatiladi?
Test savollari
Test savollari
1.
Simulink dasturi qanday imkoniyatlarni beradi?
A) dinamik tizimlarni imitatsiya qilish, tizimlarning ishlashini tekshirish va
loyihalarni mukammallashtirish imkoniyatlarini beradi
V) grafik blok-diagrammalarni qurish, dinamik tizimlarni imitatsiya qilish va
loyihalarni mukammallashtirish imkoniyatlarini beradi
S) grafik blok-diagrammalarni qurish, dinamik tizimlarni imitatsiya qilish,
tizimlarning ishlashini tekshirish va loyihalarni mukammallashtirish imkoniyatlarini
beradi
D) to'g'ri javob yo'q
2.
Simulink ni ishga tushirishning qanday yo'llari bor?
A) Simulink tugmasini bosish
V) MATLABning bosh oynasidagi buyruq satrida Simulink so'zini terib
klaviaturadagi
klavishasini bosish
S) File menyusida Open... buyrug'ini bajarish va modelning faylini (mdl-fayl)
ochish
D) yuqoridagi javoblarning hammasi to'g'ri
3.
Registratsiya qiluvchi qurilmalar Simulink asosiy bibliotekasining
qaysi bo'limida joylashgan?
A) Continuous
V) Discrete
S) Sinks
D) Sources
4.
Diskret bloklar Simulink asosiy bibliotekasining qaysi bo'limida
joylashgan?
A) Continuous
V) Discrete
S) Sinks
D) Sources
5.
Signallar va ta'sirlar manbalari Simulink asosiy bibliotekasining qaysi
bo'limida joylashgan?
A) Continuous
V) Discrete
S) Sinks
D) Sources
6.
Signallar va ta'sirlar manbalari Simulink asosiy bibliotekasining qaysi
bo'limida joylashgan?
A) Continuous
V) Discrete
S) Sinks
D) Sources
Dostları ilə paylaş: