Amaliy mashg‘ulot 10. Nеmatodalarning turlarini aniqlash. Aniqlagich atlaslaridan foydalanib nеmatodalarning turlarini aniqlash



Yüklə 10,59 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü10,59 Kb.
#199961
10-amaliy mashg\'ulot


Amaliy mashg‘ulot 10.
Nеmatodalarning turlarini aniqlash. Aniqlagich atlaslaridan foydalanib nеmatodalarning turlarini aniqlash.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: mikroskop ostida mikropreparatlardan foydalanib fitonematodalarning turlar tarkibini aniqlash haqida maʼlumot berish.
Kerakli jixozlar: mikroskop, mikrometrik o‘lchamli obyektiv, tarqatma materiallar, fitonematodalarning mikropreparatlari va aniqlagichlari, atlaslar va boshqalar.

Limon shaklida (Heterodera, Bidera, Cactodera), tuxumsimon (Coctodera, Globodera, Bidera), sharsimon (Punctodera) noksimon (Runctodera, Globodera). Bu nematodalarning urg‘ochisining turlarini anal-vulva kesmasi pereparatini tayyorlamasdan turib aniqlab bo‘lmaydi. Ko‘pchilik turlarida anusning o‘lchami vulvaning o‘lchamidan bir qancha kichikdir, biroq Punctodera avlodining turlarida anusning o‘lchami bilan o‘xshashdir. Ularda bir-biriga o‘xshash ikkita aylana teshik “okno” hosil qiladi,


ularning o‘rtasida bitta “teshikcha” ning enicha masofa bo‘ladi (24-rasm).


6.2.-rasm. Sista hosil qiluvchi nematodalarning anal-vulva kesmasining tuzilishi.

Vulva teshikchasi xuddi yoriqchaga o‘xshash bo‘lib kattagina qismi ikkita lab yoki tana tayanchi o‘rtasida yotadi. Bu qism vulva ko‘prigi deyiladi. Vulva ko‘prigining ikkala tomonida yaltiroq maydoncha bo‘lib, u polufenestr deb ataladi. Kichik yoshdagi sistalarda polufinestr unchalik bilinmaydi. Keksa sistalarda tezda paydo bo‘ladi silliq polufinestr maydoncha buzila boshlaydi. Ana shu ikkala polufinestr teshikcha “okno” ni hosil qiladi.


Baʼzi bir turlarida vulva ko‘prigi bo‘lmasdan, teshikcha bitta arealda joylashgancha o‘xshash bo‘ladi. Teshikchalarning joylashishida finesterlarning ikki tipi farqlanadi.
I. Semifinestral tip (semi-yarim, fenestra-teshikcha “okno”). Bunga limon shakldagi sistalar kiradi. Baʼzi teshikchalar vulva ko‘prigi o‘rtasidan bo‘linadi. Semifinestral tipning ikki kenja tipini farqlash mumkin.
a) Bifinestral (bi-ikki) vulva ko‘prigi shunday keng bo‘lib ikkiga bo‘linadiki, polefenestrlar xuddi ikkita alohida qismlarda bo‘lib turgandek ko‘rinadi.
Fenestrning chizmasi cho‘ziq “8” soniga o‘xshashligini eslatadi, ammo vulva ko‘prigi teshikcha enida bo‘ladi. Umuman, teshikchaning uzunligi enidan ikki xissa ko‘p bo‘ladi. Bifinestrli tipga Bideraba avlodining turlari kiradi.
b) Ambifenestrar (ambi-ikkilangan) vulva ko‘prigi ingichka, lekin ikki qismga bo‘linib ketganligini bildirmaydi. Fenestrning chizmasi yo‘g‘on yozilgan “X” raqamini eslatadi. Teshikcha uzun emas yoki eniga biroz kengaygan bo‘ladi. Ambifenestral tipga Hererodera avlodining ko‘pgina turlari kiradi.
II. Sirkumfenestral tip (circum-aylana) bu tipda vulva ko‘prigi bo‘lmaydi keksaygan sistalarda vulva ipsimon kengaya boshlaydi. Keyinchalik aylana teshik hosil bo‘ladi. Bu tipga Globodera, Coctodera, Punctadera avlodining turlari kiradi. Sista hosil qiluvchi nematoda turlarini aniqlashda vulva fenectr uzunligi vulva konusida va pastki ko‘prikning bor yo‘qligi urg‘ochi va sistaning rangi, tuxum xaltachasida subkristall qavatining bo‘lish bo‘lmasligini aniqlovchi belgilar bo‘lib hisoblanadi. Bu zikr etilgan aniqlovchi belgilardan tashqari erkak, lichinkalari va tuxumlarining morfologik xususiyatlarini hisobga olish ham foydalidir.
Topshiriqlar
Mikroskop ostida fitogelmintlarning mikropreparatlardan foydalanib, mustaqil ravishda ularning turini aniqlash .
Yüklə 10,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin