Amaliy mashg‘ulot 11. Fitonematodalarning ko‘payishi. Tuxum hujayrasining shakllanishi, urug‘lanishi va yetilishi. Tuxum qo‘yish, tuxum xaltasi va sista hosil qilish. Serpushtlilik, partenogenez, germofroditizm



Yüklə 21,65 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü21,65 Kb.
#199954
  1   2
11-amaliy mashg\'ulot (1)


Amaliy mashg‘ulot 11.
Fitonematodalarning ko‘payishi. Tuxum hujayrasining shakllanishi, urug‘lanishi va yetilishi. Tuxum qo‘yish, tuxum xaltasi va sista hosil qilish. Serpushtlilik, partenogenez, germofroditizm.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: mikroskop ostida mikropreparatlardan foydalanib fitonematodalarning o‘lchamlarini olish haqida maʼlumot berish. mikroskop ostida mikropreparatlardan foydalanib fitonematodalarning turlar tarkibini aniqlash haqida maʼlumot berish.
Kerakli jixozlar: mikroskop, mikrometrik o‘lchamli obyektiv, tarqatma materiallar, fitonematodalarning mikropreparatlari va aniqlagichlari, atlaslar va boshqalar.
Nazariy tushuncha: Urg‘ochilik jinsiy organlarning tuzilishi: tuxumdon, tuxum yo‘li, urug‘ qabul qilgich periuteral bezgachlar bachadon jinsiy qin va vulvalardan tashkil topgan. Tuxumdonda tuxum rivojlanadi. Ular tuxumdonda 1-2 yoshga yetgan yosh individlar paydo bo‘ladi va 2 yoshdan tashqi xayotga chiqadi. Tuxumdon va tuxum yo‘li tutash bo‘lib maxsus suyuqlik ishlab chiqarishda muxim rol o‘ynaydi. Bachadonda tuxumdan lichinka bo‘lgan taraqqiyot davom etib keyin jinsiy qin orqali vulvadan tashqi muxitga chiqadi. Urg‘ochilik jinsiy sistemasi quydagicha bo‘ladi:
1.Monodelf 2. Didelf 3. Prodelf 4. Amifedelf
Bu jinsiy setema tiplar tuzulishi va baʼzi bir jixatdan bir birida farq qiladi. Bu tiplarning xar bittasining o‘ziga xos tuzilishi fitonematodalar jinsiy sestemasi evalyutsiyasi murakkab yo‘l bilan amalga oshganligini ko‘rsatadi (7.1.-rasm).
Erkaklik jinsiy sistemasi quydagi qismlardan: urug‘don urg‘ pufagi urug‘ yo‘li kopulyativ organ va gubernakulimdan yoki rulyokdan iborat bo‘ladi.
Kopulyativ organ tuzulish jixatidan bir birlaridan farq qilib baʼzi jixatdan to‘g‘ri tayoqchasimon baʼzilari uchlari qaytgan ilmoqsimon uchi o‘tkir konussimon bo‘ladi.


7.1.-rasm. Urg‘ochi ildiz bo‘rtma nematodasining tuzilishi


a–oldingi tana qismi; b–tananing umumiy ko‘rinishi; 1-bosh; 2–stilet;
3–bulbus; 4–qizilo‘ngach bezlari; 5–o‘rta ichak; 6–tuxumdon; 7–tuxum yo‘li; 8–bachadon; 9–anal teshigi; 10–vulva; 11–kutikuladagi chiziqlar; 12–ayiruv teshigi.
Bulardan tashqari organlari toq yoki juft bo‘lishi mumkin. Spekulanng asosiy vazifasi tuxum xujayralarni urug‘lantirishdan iborat yaʼni samka bilan qo‘shilishni taʼminlaydi (26-rasm).
Rulyok kopulyativ organni xarakatga keltiradi. Erkak fitonematodalarida kopulyativ organing ventral qismida o‘ziga xos bo‘lgan xilma- xil tuzilishga ega bo‘lgan bursa organi xam bor. Bursalar 2ta asosiy guruhlarga ajraladi.1. Liptoder 2. Peloder deb ataladi.
Liptoderlarda dumning to‘liq xamma qismini yopib turadi.Pelo-derlarda- kopulyativ organi o‘zini yopib turadi.Sistematik jixatdan bursalarning ahamyati katta .
Gastrotrixlardan fitonematodalar kelib chiqadi. Peloderlar dastlabki formalarda shaklangan bursalarning joylashish razmeriga qarab sestemani aniqlash mumkin. Bursasi boshida stileti bo‘lsa tilinxidlarga mansubligini aytish mumkin. Bursasiz nematodalar xam bo’lib dengiz nematodalariga xosdir.

Yüklə 21,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin