1-Amaliy mashg‘ulot.
1.1-Mavzu: Matlab amaliy paketida ishlash.
Ishning maqsadi: MATLAB grafik muhitini o’rganish, uning grafik elementlari haqidagi umumiy tushunchalarga ega bo’lish.
Mavzuning nazariy asoslari:
MATLAB tizimi fan va texnikaning ixtiyoriy sohasi modellashtirish masalalarini yechishga imkon beruvchi interfaol tizimdir.Odatda MATLAB matematik hisoblashlarni avtomatlashtirish tizimi sifatida qaraladi.
Matlab bu:
Matematik algoritmlarni yaratish.
modellashtirish
tahlil qilish
ma’lumotlarga ishlov berish
dastur grafikasi bilan ishlash
GUI ilovalarini ishlab chiqish kabilar dastur paketlarning umumiy sonini belgilab beradi.
Matlabni besh qismlarga ajratash mumkin:
Matlab tili.
Matlab muhiti.
Mahsus boshqarish.
Matematik vazifalar kutubxonasi.
Dastur interfeysi.
Matlab muhiti C va Paskal kabi ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlarni ajralmas vazifalari sifatida katta to‘plamni o‘z ichiga oladi. Kengaytiriladigan foydalanuvchilardan foydalanish imkonini beradi.
MATLAB tizimi o‘zining yuqori darajadagi dasturlash tiliga egadir. Ma’lumotlarning matritsa ko‘rinishida berilishi va yuqori imkoniyatli mahsus funksiyalarining mavjudligi sababli MATLAB tizimining dasturlash tilini juda yuqori darajadagi algoritmik til sifatida e’tirof etiladi.
MATLAB tizimi to‘rtta dasturiy komponentlardan tashkil topgan. Ular MATLAB, Simulink, Toolbox, Blockset tizimlaridir.
MATLAB interfeysini quyidagi oynalar tashkil etadi.
Command Window (Buyruqlar oynasi) – asosiy oyna
Command History (Buyruqlar tarixi)
Current Directory (Joriy papka)
Workspace (Xotiraning ishchi sohasi)
MATLAB dasturining matеmatik hisoblash imkoniyatlari
Matlab tizimi ham boshqa dasturlash tillari kabi matematik ifodalarda foydalanish imkoniga ega.
Matlabda ifodalarning o‘zgaruvchilari matrisa deb qabul qilinadi. Ifodalarning quyidagi turlari mavjud:
arifmetik;
mantiqiy;
belgili.
O‘zgaruvchilar ham
oddiy o‘zgaruvchi;
massiv;
sonli;
sonli bo‘lmagan turlarga bo‘linadi.
Ifodaning asosiy tashkil etuvchilari quyidagilar:
o‘zgaruvchilar;
sonlar;
operatorlar;
funksiyalar.
O‘zgaruvchilar. Matlabda o‘zgaruvchi turi tushunchasi mavjud emas. O‘zgaruvchi nomi ya’ni identifikator harflar, sonlar va belgilardan iborat bo‘ladi. Bosh harf bilan kichik harflar bir-biridan farqlanadi.
Sonlar. Matlab hisoblashlarida o‘nlik sanoq tizimini ishlatadi va ifodalarda oddiy arifmetik ifodalardan foydalaniladi.
+ qo‘shish
- ayirish
* ko‘paytirish
/ bo‘lish
\ teskari bo‘lish
^ darajaga ko‘tarish
Quyida asosiy funksiyalar keltirilgan:
1.1-jadval. Asosiy funksiyalar.
|
Sonli funksiyalar
|
Funksiya
|
Funksiyaning sintaksisi
|
format short
|
Sonlar ketma-ketligini qisqartirilgan formatda formallashtiradi
|
|
Dostları ilə paylaş: |