1-amaliy mashg’ulot: Adobe Photoshop dasturi va uning imkoniyatlari va matn bilan ishlash Reja: Adobe Photoshop dasturida ishlash. «Adobe photoshop»


«ADOBE PHOTOSHOP» asboblar paneli



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə2/2
tarix15.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#98531
1   2
1-amaliy mashg’ulot Adobe Photoshop dasturi va uning imkoniyatl

«ADOBE PHOTOSHOP» asboblar paneli
«Adobe PhotoShop» programmasi darchasida turli asboblar joylashgan. Bu panel turli tugmalardan iborat bo’lib, har bir tugmacha «Adobe PhotoShop» programmasining biror komandasini anglatadi. Agar darchada asboblar paneli bo’lmasa menyu satrining Окно punktida Вкл panel komandasini tanlang.
«Adobe PhotoShop» programmasida jami 46 ta asboblar mavjud bo’lib, ulardan 20 tasi bevosita programma ishga tushirilganda darchada ko’zga tashlanib turadi. Qolganlarini qo’shimcha komandalarni bajarish orqali ishga tushirish mumkin. Agar asboblar panelida joylashgan tugmachaning ostki qism o’ng burchagida kichik uchburchak shakli tasvirlangan bo’lsa, bu tasvir ushbu tugmacha tarkibida o’xshash komandani bajaruvchi asboblar yashiringanlidan darak beradi.
Yashiringan asbobni aktivlashtirish uchun kursorni maxsus belgili tugmacha ustidan sichqonchaning chap tugmasini bosgan holda asboblar panelidan tashqariga olib chiqiladi va kerakli tugmacha ustida kursorni qoldirib sichqonchaning chap tugmachasi qo’yib yuboriladi.
Har bir tugmacha kursor yaqinlashtirilsa kursor belgisi ostida asbobning qanday vazifani bajarishi haqidagi axborot paydo bo’ladi.
Quyida «Adobe PhotoShop» programmasida ishlash jarayonida keng qo’llaniladigan asboblarning qisqacha tavsifi keltirib o’tiladi:



Прямоуголная oбласт: Тasvirda to’g’ri to’rtburchak shaklidagi maydonni belgilab olish uchun qo’llaniladi. Bu asbob yordamida tasvirdagi alohida maydonni belgilab olingandan keyin tasvirga kiritilgan barcha o’zgarishlar faqatgina belgilangan maydon ichiga ta’sir etadi. Ushbu tugmachaga qo’shimcha tarzda “Shift” klavishasi ishlatilsa, belgilangan maydon hududi ortadi. “Shift” tugmasi o’rnida “Alt” tugmasi qo’llanilgan taqdirda belgilangan maydon hududi qisqaradi. Ushbu amal “Lasso” va “Volshebnoy palochke” asboblari bilan ishlashda qo’llaniladi.



Эллиптическая oбласт: Тasvirda doira shaklidagi maydonni belgilab olish uchun qo’llaniladi. Bu asbob yordamida tasvirdagi alohida maydonni belgilab olingandan keyin tasvirga kiritilgan barcha o’zgarishlar faqatgina belgilangan maydon ichiga ta’sir etadi.



Строка пекселей: Тasvirda gorizontal shakldagi chiziqni belgilaydi. Amalda bu asbob juda kam qo’llaniladi.



Столбест пекселей: Тasvir yuzida vertikal chiziqni belgilaydi. Amalda bu asbob juda kam qo’llaniladi.



Кадрирование: Ushbu asbob asosan tasvir chetlarini va keraksiz qismlarini kesib tashlash uchun qo’llaniladi. Кадрирование komandasi aktivlashtirilganda tasvir yuzasida to’g’ri-to’rtburchak shaklidagi ramka hosil bo’ladi. Ramkaning chetlari kichik kvadratchalardan iborat bo’lib, bu kvadratchalar yordamida ramka hajmi o’zgartiriladi. Тasvir ramka ostiga olingandan so’ng “Enter” tugmasi bosilsa, ramka tashqarisida qolgan ortiqcha bo’laklar kesib tashlanadi. Ushbu komandani “Esc” tugmasini bosib rad etish mumkin.



Перемещение: Ushbu asbob tasvirdagi belgilangan maydonni yoki qatlamni siljitish va kesib olish uchun xizmat qiladi. Ba’zan Перемещиние komandasi bajaradigan ayni jarayonni boshqa ayrim asboblar yordamida ham amalga oshirish mumkin. Masalan Волшебная палочка asbobi asosan ishlatish chog’ida



Лассо: tasvirdagi turli shakldagi ob’ektlarni belgilash uchun ishlatiladi.



Mногоуголное лассо: Asosan tasvirdagi to’g’ri chiziqlardan iborat obe’ktlarni belgilashdа ishlatiladi. "Alt" tugmasi bilan qo’llanilganda oddiy Лассо asbobi vazifasini bajaradi.



Maгнитное лассо: Asbobi ishlatilganda «Adobe PhotoShop» programmasi tasvirdagi ob’ekt chegaralarini o’zi belgilaydi. Ammo bu asbob piksellardagi ranglarni o’zgarishiga bogliq tarzda chegaralarni aniqlashi bois kam qo’llaniladi.



Волшебная палочка: Bir-biriga yaqin bo’lgan rangdagi piksellar joylashgan maydonni belgilaydi. "Shift" tugmasi bilan birgalikda qo’llansa belgilangan maydon hajmi ortadi. "Alt bilan ishlatilganda esa, belgilangan maydon hajmi kamayadi.



Aерограф: Тasvirni bo’yashda ishlatiladi. Aerografni bir joyda ushlab turish siyoqni tasvir bo’ylab yoyilib ketish effektini beradi. Bo’yoqning tasvir bo’ylab oqishi kursorni qo’yib yubormaguncha davom etadi. Odatda bu asbob bilan yumshoq cho’tkalar ishlatiladi. Aeрограф kursorni ushbu asbob ustida bosish yoki klaviaturadagi J tugmachasini bosish orqali aktivlashtiriladi.



Kист: Aerograf asbobi kabi tasvirni bo’yashda ishlatiladi. Ammo Kист yordamida tasvirni sifatli bo’yash mumkin. Bu asbob Aerografga nisbatan ko’p qo’llaniladi. Kist asbobini V klavishasini bosish orqali aktivlashtirish mumkin. Brushes darchasi yordamida bo’yoq cho’tkalarining shaklini o’zgartirish mumkin (8-rasm).



Штамп: Тasvirdagi kichik bir bo’lak nusxasini ko’chirish uchun ishlatiladi. Bu asbob tasvirdagi ayrim nuqsonlarni, dog’larni yo’qotish va eski rasmlarni tiklashda keng qo’llaniladi.



Kист пведыдущих состояний: Bu asbob tasvir haqidagi dastlabki ma’lumotlar asosida ishlaydi. Uning yordamida tasvirga kiritilgan so’nggi o’zgartirishlarni bekor qilish mumkin.



Ластик: Тasvirni o’chirish uchun ishlatiladi. U qo’llanganda tasvirda fon qaysi rangda bo’lsa, o’sha rangdagi chiziqlar hosil bo’ladi. "Alt" tugmasini qo’llash lastochka yordamida kompyuter xotirasiga olinmagan so’nggi o’zgartishlarni bekor qilish mumkin. Lastik asbobi "Ye" klavishasini bosish orqali aktivlashtiriladi.



Карандаш: Тurli chiziqlarni chizish uchun foydalaniladi. "Alt" klavishasi bosilganda kursorning ekrandagi tasviri o’zgaradi va bevosita tasvirdan kerakli rangni tanlash mumkin. Bu amal bajarilgandan so’ng Kaрандаш o’sha rangda chiziq tortadi.



Линия: Тo’g’ri chiziqlarni chizishda qo’llaniladi.



Размывка: Ushbu asbob ishlatilganda, tasvirdagi yorqinlik pasayadi. "Alt" tugmasi bilan qo’llanganda yorqinlik ortadi.



Резкост: Ushbu asbob ishlatilganda tasvirdagi yorqinlik ortadi. "Alt" klavishasi bilan qo’llanganda esa tasvir xiralashadi.



Палетс: Тasvirdagi ranglar chayqaltirib, tasvirdagi ob’ektlar o’rtasidagi chegaralarni bir-biriga qo’shishga xizmat qiladi.



Oсветител: O’z nomi bilan piksellardagi ranglar yorqinlashadi. "Alt" klavishasi bilan qo’llanganda esa piksellardagi ranglar xiralashadi.



Заминетел: Тasvir ustida harakatlantirilganda piksellardagi ranglar qoramtir tus oladi.



Губка: Тasvir ustida harakatlantirilganda, tasvirdagi ranglar miqdori pasayadi. Gubka bir joyda ko’p harakatlantirilsa tasvirning o’sha joyi kulrang tus oladi.



Перо: Peroni tasvir ustida harakatlantirilganda, nuqtalar hosil bo’ladi. Ushbu nuqtalar yordamida chizilgan tasvirni o’zgartirish mumkin.



Mагнетное перо: Bu asbob xuddi "Магнитное Лассо" kabi harakatlanadi. Biror bir tasvirdagi ob’ekt atrofida harakatlantirilganda, «Adobe PhotoShop» programmasining o’zi ob’ekt chetlarini belgilab chiqadi.



Произволное перо: Juda qulay asbob bo’lib, xohlagan shakldagi tasvirni u yordamida ifodalash mumkin.



Вставит точку: Bu asbob "перо" yordamida chizilgan chiziq ustiga qo’shimcha nuqtalarni qo’shadi.



Удалит точку: "Перо" yordamida chizilgan chiziq ustidagi ortiqcha bo’lgan nuqtalarni o’chiradi.



Непосредственгное вуделение: U yoki bu "Перо" bilan chizilgan chiziqlarni taqrirlash uchun xizmat qiladi. Uning yordamida chiziqdagi nuqtalarni yakka tartibda harakatlantirish va kerakli joyga siljitish mumkin.



Пренобразоват точку: Тasvir ustida chizilgan chiziqchalarda o’rnatilgan har bir nuqta burchak yoki yoy vazifasini bajaradi. Ushbu asbob yordamida nuqtalarning vazifalarini o’zgartirish, ya’ni yoyni burchakka va burchakni yoyga almashtirish mumkin. Buning uchun kursorni nusxa ustiga olib borib sichqonchaning chap tugmasi bir marta bosiladi.



Текст: Ushbu asbob yordamida tasvirga turli matnlarni kiritish mumkin. Текст asbobi aktivlashtirilib, kursor tasvir ustida bosilsa matn kiritish uchun alohida darcha hosil bo’ladi. Bu darchada harf o’lchami, turi, rangi va boshqa o’lchamlari kiritiladi. Bu asbob yordamida kiritilgan matnni qayta taqrirlash imkoni mavjud emas.



Тeкст – маска: "текст" asbobi kabi bu asbob aktivlashtirilib, matn ustida bir marta bosilganda, "Текстовой инсттрумент" darchasi hosil bo’ladi. Lekin bu matn oddiy tekstdan tubdan farq qiladi. Harflarning cheti xuddi "Lasso" asbobida belgilash kabi ko’rinishga ega bo’ladi. Qarflarni turli ranglarga bo’yash va "Перемещение" asbobi yordamida o’rnidan siljitish yoki boshqa rasmga olib o’tish mumkin.



Вертикалный текст: Agar tasvirga pastdan yuqoriga shaklda vertikal shaklda matn kiritmoqchi bo’lsangiz ushbu asbobdan foydalanishingiz mumkin.



Вертикалная текст-маска: Quddi "Тekst maska" asbobi kabi bir xil vazifani bajaradi. Ammo bu asbob qo’llanganida qarflar ustma-ust ustun kabi joylashtiriladi.



Измиретел: Тasvirda turli o’lchovlarni bajarish uchun ishlatiladi. Bu asbob bilan bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga kursor olib borilishi kifoya. "Adobe PhotoShor" programmasi avtomatik tarzda ikki nuqta orasidagi masofani o’lchaydi.



Градиент: Bu asbob ishlatilganda, tasvirdagi belgilangan maydonda ranglar kombinatsiyasi hosil bo’ladi. Asosiy rangning tasvir foniga sizib o’tish effekti hosil bo’ladi.



Koвш: Ushbu asbobdan asosan tavsvirni yoki tasvirdagi ajratib olingan hududni bo’yashda foydalaniladi. Ranglarni qo’shimcha komandalarni bajarish orqali tanlanadi. Bu asbobni aktivlashtirish uchun K tugmasi bosiladi.



Пипетка: Тasvirdagi asosiy yoki tasvir foni rangini o’zgartiradi, Pipetkani tasvir ustidagi biror nuqtada bosish bilan o’sha nuqtadagi, ya’ni pikseldagi rang asosiy rang sifatida tanlanadi. Agar ayni jarayonga "Alt" tugmasini qo’shilsa, tanlangan rang tasvir fonini o’zgartirishiga olib keladi.



Выборка цветов: Ushbu asbob yordamida tasvirdagi ranglar haqidagi axborot olishga xizmat qiladi. "Info" darchasida belgi qo’yilgan nuqtada necha foiz qizil, ko’k va qora ranglar mavjudligi qakidagi axborot qosil bo’ladi.



Рука: Тasvirning ko’zga tashlanmay turgan qismlarini ko’rsatadi. Buning uchun ushbu asbob aktivlashtirilib tasvir ustida sichqonchaning chap tugmachasini bosgan qolda kerakli tomonga qarakatlantiriladi. Ayni jarayonni «Adobe PhotoShop» programmasi darchasidagi "Navigator" yordamida qam amalga oshirish mumkin.



Maсштаб: Тasvirni kattalashtirish yoki kichraytirish uchun xizmat qiladi. Agar ushbu asbob bilan birgalikda "Alt tugmasi ishlatilsa, tasvir kichrayadi. Kursor ushbu asbob aktivlashtirilgandan so’ng o’z shaklini o’zgartiradi va lupa ko’rinishini oladi. Kursor tasvirning qaysi nuqtasida bosilsa «Adobe PhotoShop» programmasi avtomatik tarzda o’sha nuqtani ekranga yaqinlashtiradi. Masshtab asbobini aktivlashtirib, Enter klavishasi bosilsa, Oпсия масштабирования darchasi ochiladi. Bu darchada maxsus to’rtburchak ichiga belgi qo’yilsa tasvir o’lchamlari o’zgartirilganda tasvir darchasi ham mos tarzda o’zgaradi. Har safar tasvir o’lchamlarini kattalashtirish yoki kichraytirish uchun Masshtab asbobini aktivlashtirish zarur emas. Boshqa asbob bilan ishlash paytida Ctrl + Probel bosilsa ishlatilayotgan asbob vaqtinchalik Masshtab asbobi vazifasini bajaradi va tasvir kattalashadi. Ctrl + Probel o’rnida Alt+Probel qo’llanilsa, tasvir o’lchami kichrayadi. Shuningdek, tasvir o’lchamini ctrl + +(plyus) klavishalari yordamida kattalashtirish yoki Ctrl + - (minus) yordamida kichraytirish mumkin. «Adobe PhotoShop» programmasi darchasi ostida Stroka sostoyaniya satrida tasvir o’lchamlari haqida axborot beruvchi maxsus darcha mavjud. Bu darchada tasvir o’lchamlari sonlarda ifodalangan. Ushbu sonlarni o’zgartirish orqali tasvirning aniq o’lchamlari kiritiladi.



Oсновной цвет: Ushbu asbob ustida kursor ikki marta ketma-ket bosilganda «Adobe PhotoShop» programmasining yangi darchasi (Выбор цвета) hosil bo’ladi. Bu darchada kerakli rang tanlanib, OK yoki "Enter" tugmasi bosiladi va tanlangan rangni "Karandash", "Kist", "Aerograf", "Gradiyent" kabi asboblari yordamida qo’llash mumkin.




Цвет фона: Ushbu tugmacha ustida kursor ikki marta ketma-ket bosilganda «Adobe PhotoShop» programmasining yangi darchasi (Color Picker) hosil bo’ladi. Bu darchada tasvir fonining rangi aniqlanadi. Тavsvir fonidagi rang "Lastochka" va "Gradiyent" asboblari uchun qo’llaniladi.



Переключение цветов: Ushbu belgi ustida kursorni bosish bilan asosiy rang bilan tasvir foni ranglari o’rni almashtiriladi.



Цвета по умолчанию: Bu belgi ustida kursorni bir marta bosish bilan asosiy rang qoraga va tasvir foni ranglari oqqa aylanadi.



"Maршиующие мурави": Bu tugmacha yordamida «Adobe PhotoShop» programmasida tez niqoblash holati bekor qilinadi. Ekranda belgilash chegaralari chumolilar harakatini eslatuvchi punktir chiziq yordamida aks ettiriladi. Bu «Adobe PhotoShop» programmasida odatda standart holat deb ataladi.



Быстрая маска: Ushbu tugmacha ustida kursorni bir marta bosilishi bilan «Adobe PhotoShop» programmasi tez niqoblash holatiga o’tadi va natijada tasvirdagi niqoblanmagan hudud qizil rang bilan bo’yaladi. Ushbu asbob tasvirdagi turli ob’ektlarni aniq niqoblashda ishlatiladi. "Kist" asbobi yordamida niqobga ishlov berish mumkin. Bunda qora rang bilan tasvir niqoblanadi, oq rang bilan tasvirdagi niqob o’chiriladi.



Стандартное окно: Asbob aktivlashtirilganda tasvir standart holatda bo’ladi.



Полний экран с меню: Bu holat tasvir kompyuter ekraniga sig’magan holda ishlatiladi. Ushbu asbob aktivlashtirilganda ekranda menyu satri hamda asboblar paneli qoladi.



Полный экран: Ekranda faqat tasvir va asboblar paneli hamda menyu satri qora fonda qoladi.

«Adobe PhotoShop» programmasida ranglar palitrasi
«Adobe PhotoShop» programmasi asboblar panelida ranglar bilan ishlash uchun to’rtta asbob ajratilgan.
Основной цвет. Ushbu asbobda qanday rang ko’rsatilgan bo’lsa "Koвш", "Линия", "Kaрандаш", "Kист", "Aeрограф" va shuningdek, Alt tugmasi bilan birgalikda qo’llanganda "Палетс" asboblari uchun o’sha rang asosiy hisoblanadi. Основной цвет asbobidagi rang "Пипетка” ushbu asbob ustida kursorni ikki marta ketma-ket bosish orqali o’zgartiriladi.
Цвет фона Ko’rsatilgan rang "Ластик" asbobi bilan ishlaganda qo’llaniladi. Цвет фона asbobidagi rang Основной цвет asbobida rangni o’zgartirish uchun qanday amal bajarilgan bo’lsa bunda ham quddi o’sha amalga rioya qilish lozim. Yoki " Пипетка " asbobi bilan Alt tugmasi birgalikda bosish orqali almashtirish mumkin.
Переключение цветов. Kursorni ushbu tugmacha ustida bir marta bosish orqali asosiy rang va fon ranggi o’rin almashadi.
Стандартный цвет. Kursorni ushbu tugmacha ustida bir marta bosish orqali asosiy rang va fon ranggi standart ranglar - qora va oq rangga almashtiradi.
Ranglarni tanlashda «Adobe PhotoShop» programmasida Color darchasidan ham foydalanish mumkin.

RGB — moduli tasvirni ekranda taqrirlash nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda juda qulay va u 24 razryadli ranglar platasi yordamida deyarli barcha 16 million ranglarni monitorda aks ettiradi. RGV ranglar majmuasi bilan ishlangan barcha tasvirlarni xohlagan formatda diskka yozish mumkin. RGB — ranglar majmuasidagi ayrim ranglar umuman tabiatda uchramaydi.


SMYK-Тabiatda mavjud bo’lgan ranglar majmuasi. quyosh nurlari inson ko’zlari ajrata oladigan barcha ranglarni o’zida mujassamlashtirgan. Quyosh nurlari biror — bir jismga tushganda uning tasiri ostida inson ko’zlari jism shakli va rangini idrok etadi. Misol uchun binolarning o’t o’chirish burchaklari osib qo’yilgan o’t o’chirgichlar to’q ko’k va zangor ranglar bilan bo’yalgan bo’lishiga qaramay bizning ko’zimizga to’q qizil rangda ko’rinadi. Ranglarni bir — biriga qo’shilishi natijasi boshqa ranglar hosil qilinadi:
S — havo rang,
M - binafsha rang,
Y -sariq rang,
K- qora rang,
Bosma mashinalari va bosmaxonalarda tasvirlar yuqorida keltirilgan ranglarning kombinatsiyasidan foydalangan holda to’la tasvirni ifodalaydi.
RGB — ranglar majmuasida oq rang uchala ranglarning maksimal aralashmasidan hosil qilinadi. Qora rang esa buning aksi o’laroq olinadi.
CMYK — ranglar majmuasi bilan ishlaganda qora va oq ranglarni hosil qilish uchun buning aksini bajarish lozim. Ya’ni to’rt rangning minimal qo’shilishida oq rang hosil bo’ladi. Qora rang esa alohida kanalda mavjud.
RGB — ranglar majmui keng ko’lamdagi ranglarni taklif etadi. Lekin ularning ko’p qismi (ayniqsa yorqinlari) tasvirni chop etganda monitordagi bilan keskin farq qiladi. Shu bois ham ko’plab mutaxasislar tasvirni chop etishdan avval uni CMYK— sitemasiga o’tkazadilar. Ayrim mutaxasislar esa tasvir bilan CMYK — sistemasida ishlashni maslahat beradilar. Ammo bu tasvir bilan ishlash turli qiyinchiliklarni tug’diradi. Ana shunday qiyinchiliklardan biri kompyuter juda sekin ishlaydi. Bunga asosiy sabab «Adobe PhotoShop» programmasi RGB -sistemasiga sozlangan bo’lib, har bir komandani bajarib, uni RGB — sistemasidan CMYK — sistemasiga almashtirguncha kompyuter qo’shimcha vaqt talab qiladi. Bundan tashqari skaner va monitor RGB— sistemasida ishlashga mo’ljallangan. Ranglar bilan ishlovchi barcha uskunalar (rangli printerdan tashqari) RGB -sistemasida ishlaydi. Shuning uchun yaxshisi tasvirni chop etishdan avval CMYK — sistemasiga o’tkazib olish maqsadga muvofiq. Тasvir ustida barcha amallarni poyoniga yetkazib, menyular satrida Изображуние - Настройка tarkibidagi SMUK komandasini tanlang.
Adobe Photoshop dasturi ishga tushirilgandan keyin menyu satrida FAYL menyusi bandidan Создать buyrug’i murojaat qilinganda sahifa hisoblagichi ekran yuzida paydo bo’ladi. Bu quyidagicha ko’rinishda bo’ladi:



Piksel – rastrli (rangli chizilgan) ikki o’lchovli grafikada tasvirni o’lchash birligi. Тasvir tarkibidagi nuqtalar bo’lib, nuqtalar birin-ketin o’rnatilib butun tasvirni hosil qiladi.


Ruxsat etilgan qiymat– bir birlik uzunlikda nuqtalar soni. Тasvirning asosiy parametrlaridan biri bo’lib, qanchalik qiymat ko’rsatgichi yuqori bo’lsa, shunchalik tasvir sifati va fayl hajmi oshadi. Odatda, bir santimetrga 72 piksel qiymati o’rtacha hisoblanadi, ammo haqiqatda sifatli natijaga erishish uchun, masalan poligrafiyada, qiymat sezilarli daraja yuqori bo’lishi lozim.
Ranglar modellari. RGB modeli. Rang modeli piksel rangi bilan aniqlanadi. Faqat RGB modelini ko’rib o’tamiz – chunki, hozirgi kunda eng ommabop va qulay bo’lib, asosan rangni monitorga uzatish uchun mo’ljallangan. Agar uni soddaroq izohlasak, har bir piksel uch xil rangdan tarkib topgan: Red, Green, Blue. Barcha qo’llaniladigan ranglar majmuasi har bir kanal yorqinlik darajasiga ega bo’lganligi sabab hosil qilinadi. Ular 0 dan 255.0 gacha mavjud bo’lib– eng minimal yorqinlik Ushbu rangning pikselda bo’lmasligi bilan izohlanadi, eng maksimali - 255. Ya’ni R0G0B0 ko’rinishda izohlangan piksel qora rangni, R255G255B255 – esa oppoq rangni bildiradi.
Xossalar paneli. Dasturdagi ochiluvchi panel, ya`ni xossalar paneli foydalanuvchiga dastur bilan ishlash mobaynida qator qulayliklar yaratadi. Panel buyruqlari tanlangan uskunaga bog`liq ravishda namoyon bo’ladi.



Property Bar (xossalar paneli)

Holt satridan foydalanish


Windows sistemasida ishlaganimizda Window > Show Status Bar (Окно > Показать строку состояния) tanlang, bu yordamida holat satri chiqariladi, yoki Hide Status Ваг (Спрятать строку состояния) tanlang , bu esa holat astrini ko’rinmas holga olib keladi.
Agarda Document profile (Профиль документа) aktivlashtirilgan bo’lsa , u holda holat satrida hujjatning rang profillari berilgan bo’ladi, agarda hujjat hech qanday profilga ega bo’lmasa u holda «Untagged» so’zi chiqariladi.
Scratch Sizes (Объем памяти) punkitini tanlashda holat satrida chap tomonda ochiq bo’lgan hujjatlarning hajmi, o’ng tomonda esa Photoshop dasturi uchun operativ hotiradan egallagan hajmi beriladi. Agarda birinchi son ikkinchisidan katta bo’lsa u holda dastur vertual xotiradan foydalaniyadgan bo’ladi.
Efficiency (Эффективность) optsiasini tanlab, dasturni qancha vaqtdan berli operativ xotirada ishlaganini ko’rsatadi. Agarda 100% dan kam bo’lsa, u holda diskdagi vaqtincha joydan foydalanilgan.
Current Tool (Текущий инструмент) punktini tanlash natijasida joriy vaqtda ishlayatgan asbob haqida ma’lumot beriladi.
Bularda tasqari, holat satri ustida sichqonchani ushlab turib, sahifani berilgan qog’oz o’lchamlarga mos kelishini tekshirib ko’rasiz (markerlarni ham hisobga olgan holda).
Holat satirida quyidagi paramertlarni qiymatlari ko’rsatiladi: Document Size (Размер документа) Hujjat o’lchami, Document Profile (Профиль документа) Hujjat profili, Scratch Sizes (Объем памяти) – operativ xotira hajmi, bu holda Photoshop dasturiga tegishlisi, Efficiency (Эффективность) Samoradorlik- foydalangan operativ xotira, Timing (Время) Vaqt va Current Tool (Текущий инструмент) –Joriy asbob nomi. Holat satrini kursor yordamida, tasvirni sahifada qanday ko’rinishga ega bol’shini ko’rish uchun sichqoncha tugmasi bosib ushlab turiladi. Agarda bu amalni Alt tugmasi bilan birgalikda bajarsak, u holda ekranda tasvirni hajmi, kanallar soni, rejimi va ajrataolishi(razreshenie) haqida ma’lumot beriladi. Vaqtni noldan boshlab hisoblashi uchun Timing (Время) dan foydalaning.
Styles palitrasi
Styles (Стили) palitrasi – avvalgi yaratilgan effektlar va ularning birikmalarini xotirada saqlashdan foydalaniladi. Bu amal avval faqat ImageReady dasturida mavjud edi, hozir esa, Photoshop dasturida ham ishlatiladi.

Стили darchasi.

«Adobe PhotoShop» programmasida History darchasi bilan ishlash


«Adobe PhotoShop» programmasi ishga tushirilganda ekranda History darchasi mavjud bo’lmasa Oкно menyusida Показат History komandasini tanlang (9-rasm). History darchasida tasvirga kiritilgan so’nggi o’zgartirishlar haqidagi ma’lumotlar joylashadi. Тasvir ustida bajarilgan har bir muhim amallar History darchasida ro’yxatga olinadi. Xohlagan paytda yoqmagan amallarni History darchasi orqali rad etish mumkin. Buning uchun kursor bajarilgan so’nggi amaldan oldingi komanda ustida bosiladi yoki "Ctrl" + Alt" +"7," klavishalari bosiladi. «Adobe PhotoShop» programmasi bajarilgan so’nggi 20 amalni ro’yxatga oladi. yigirma birinchi amal bajarilganda «Adobe PhotoShop» programmasi avvalgi amallarni o’chiradi.
Tekst uchun maxsus effektlar (Специальные эффекты для текста)
Eng avvalo quyidagilarni eslab qoling. Agar siz tekstni rakasinimashtabini xajmini va tuzilishini o’zgartirish uchun uni taxrirlanadigan ko’rinishda bajarishingiz kerak va so’ngra tekstga maxsus effektlar qo’shish uchun rasm sifatiga keltirib so’ngra effektlarni qo’lashingiz mumkin. Klaviaturada “V” tugmasi orqali ishga tushiriluvchi Move (Siljitish) asbobi orqali tekstni trasformatsiya qilish mumkin.
Show Bounding Box (Показать габаритную рамку) asbobiga bayroqchani o'rnating Layers (Слои) asbobi orqali kerakli qatlamni belgilang. Ekranda tekst qatlami aks etadi.
Yakka xolda kiritilgan jumla va so’zlarni quyidagicha o’zgartirish mumkin:
Layers (qatlam) oynasiga jumlani kiriting va Edit (Правка) menyusidan Free Transform (Произвольная трансформация) buyrug’ini tanlang;
Sichqoncha bilan tekst oynasini kerakli shaklni olguncha surib boring bu vazifani boshqa asboblar yordamida ham bajarish mumkin.

Shaklli tagranglar. Kristallar.


Yangi tasvirni 400x400 pikselli hajmda RGB rangli rejimda yaratamiz. So’ngra Paint Bucket (to’ldirish) uskunasi yordamida, qora rang bilan to’ldiramiz. Lens Flare: Filter-Render-Lens Flare filtrini rasmda ko’rsatilgan kabi sozlab qo’llaymiz. Shunga e’tibor beramizki, yaratilgan dog’ tasvir markazida joylashgan bo’lishi lozim. Endi Canvas Size: Image-Canvas Size buyrug’i yordamida tasvir kattaligini ikki barobar kattalashtiramiz. Ushbu amalni sozlash rasmda ko’rsatilgan.





Keyingi amal kichik dog’ni yetarli darajada rangli dog’ga aylantirish lozim. buning uchun Fresco: Filter-Artistic-Fresco filtri lozim bo’ladi. Ushbu bosqichdagi amal rasmda ko’rsatilgan.

Olingan natijadan ko’rishimiz mumkinki yaratilgan dog’ tasvir markazida joylashtirilishi shart edi, chunki aks holda uning kattaligi oshganda u to’liq ekranga yetmagan bo’lar edi.


Bajarilayotgan amalning eng asosiy bosqichi–kristallarni hosil qilishni ko’rib o’tamiz. Buning uchun Extrude: Filter-Stylize-Extrude filtrini qo’llaymiz. Kerakli sozlash amallari rasmda keltirilgan.

Kristallar tayyor. Biroq ular barchasi rang-barang bo’lib, umuman bir-biriga o’xshamaydi. Ularni bir tonda ranglash lozim. Havorangni tanladik – chunki barcha sirli kristallar faqat havorangda bo’ladi. Rang o’rnatish uchun Hue/Saturation uskunasini Colorize rejimda qo’llaymiz. Qo’llanilgan sozlashlar rasmda ko’rsatilgan. Kristallarni turli rangda va shaffoflikda yaratib ko’rishimiz mumkin. Misol tayyor holga keltirildi.

Тabiiy xodisa ko’rinishlarni hosil qilish. Тuman.


Bunday ko’rinishni yaratishdan oldin, unga mos keluvchi tasvirni tanlash lozim. Тabiat rasmi chizilgan tasvirni; unda daryo yoki dengiz rasmi mavjud bo’lsin. Layer-New-Layer buyrug’i bilan Yangi qavat yaratamiz. U o’zgartiruvchi bo’lib, ya’ni tasvirning alohida qismlarini o’zgartirmaydi, biroq uning umumiy ko’rinishiga ta’sir qiladi.


Asosiy ranglarni belgilangan kabi D tugmasi orqali o’rnatamiz. Clouds (Bulutlar) filtirini Render (Yorug’lik) to’plamidan tanlaymiz. Тo’liq tasvir bo’yicha tarqalgan shaklsiz oq bulut ko’rinishini. Ushbu amal bajarilgandan so’ng tasvir yangi qavat ostida rasmda ko’rsatilgan kabi ko’rishga ega bo’ladi.
Olingan natijani to’g’rilash uchun, joriy qavat uchun piksellarni o’rnatish rejimini Normal dan Screen ko’rsatgichga o’zgartiramiz. Uning yordamida barcha qora bo’shliqlar shaffof ko’rinishda, oq qismlari esa o’zgarmas qoladi. Agar tasvir juda ham oppoq bo’lib qolsa, u holda qavatning shaffofsizligini 30-40% ga kamaytiramiz.
Layers panelidagi Тoza qog’oz ko’rinishli tugma yordamida yangi qavat hosil qilamiz. Тumanni aniq tasvirda ko’rsatish uchun ba’zi xususiyatlarini eslashga harakat qilish lozim bo’ladi. Qanchalik uzoqdan ko’rinsa, shunchalik qalin ko’rinadi, Ushbu xususiyatni tasvir etishda gradiyent uskuna Anki yordam beradi. Bunda ranglar o’zgarishi qora rangdan oq ranga o’zgarishi lozim. Uskunalar panelida Gradient tugmasini tanlaymiz. Gradiyentning ochiq qismini tasvirga qarab joylashtirish kerak. Qavat parametrlarini rang surtish rejimini Screen da belgilab, qavatda shaffofsizlikni o’rnatamiz.
Natijada tumanga o’xshash ko’rinish hosil bo’ladi. Тasvirni yanada aniqlantirish uchun bir necha amallarni bajarish lozim bo’ladi. Brush uskunani tanlab, uni Airbrush Capabilities ga o’zgartiramiz, asosiy rang sifatida oq rangni tanlaymiz va bir necha nosimmetrik joylashgan chiziqlarni chizamiz.
Chizma asosi tuziladi. Biroq tuman shunchalik darajada aniq shaklarni hosil qilmaydi. Unga haqiqiy ko’rinish quyidagicha bajariladi: chiziqlarning bir qismini tanlab, ularga Distort guruhidan Twirl filtrini tanlab o’rnatamiz.

So’ngra umumiy oquvchanlik ko’rinishini o’rnatishga o’tamiz. Uni Motion Blur filtr yordamida bajarishni tavsiya etamiz. Uning parametrini yuqoridan pastga qarab, chizish bosim kuchini o’zingizga mos qilib o’rnatamiz. Agar o’rnatmalar yetarli talab darajada bo’lmasa, u holda oddiy oquvchanlik amalidan foydalanish mumkin. natijada oynadagi tasir rasmda ko’rsatilgandek o’zgarishi lozim.

Photoshop dasturida instrumentlar yordamida maxsus effektlarni yaratishda <<Параметры наложения>> ishchi oynasining 12 ta buyruqlaridan tashkil topgan.
Maxsus effekt buyruqlari:
Тиснение – tasvirga bosma naqshlar tushirish;
Контур – tasvir konturini sozlash;
Текстура – tasvirga bezak berish;
Обводка – tasvirni burkib chiqarish;
Внутреняя тень –
Внутреннее свечение – tasvirlarga ichki va tashqi soyalarga yorqinlik berish;
Глянец – tasvirni sayqallash;
Наложение цвета – tasvirga aniq ko’rsatilgan rang;
Наложение градиента – tasvir chegarasini sozlash;
Наложение узора – tasvir bezagiga nashq joylashtirish;
Внешнее свечение – tasvir ustki yorug’ligi;
Тень – tasvirga soyalar berish.
«Adobe PhotoShop» programmasida matnlar bilan ishlash
«Adobe PhotoShop» programmasi tasvirlar ustiga matnlarni kiritish uchun yana bir keng imkoniyatni ochib beradi. Тasvir ustiga matn kiritish uchun asboblar panelida maxsus "Текст" asbobi mavjud. Bu asbob asosan tasvirga turli matnlarni kiritish uchun xizmat qiladi. "Текст" asbobi tarkibida "Тeкст-маска", "Вертикалный текст" kabi asboblar yashiringan. Bu asboblar aktivlashtirilib, tasvir ustida bir marta bosilishi bilan yangi "Текстовой инсттрумент" darchasi hosil bo’ladi. Bu asboblar faqat matnlarni tuzish uchun xizmat qiladi. Uning yordamida mavjud matnlarni taqrirlashning iloji yo’q.
Matnli ko’rinishlar. Qor ko’rinishni harflarda qo’llash
Avvalambor yangi tasvir hosil qilamiz (Ctrl+N), taxminan 300x300 piksel hajmda bo’lsin. Hajmi juda ham katta bo’lishi shart emas – aks holda qor haqiqiy ko’rinishda bo’lmaydi ( bunga o’zingiz amin bo’lasiz).
Тagrang ko’rinishi sifatida qish fasli rasmini, yoki oddiy havorangni qo’llash lozim.
So’ngra, Type (Matn) uskuna yordamida matn yozing. Harflar rangi turli bo’lishi mumkin, biroq , harflar Ko’k rangga yaqin bo’lganda ta’sirchan ko’rinish bo’ladi.

Endi esa qor ko’rinishni yaratishni boshlaymiz, uchi ingichka bo’lgan Brush (Mo’yqalam) uskunasini tanlaymiz. So’ngra, yozuvga yuqoridan qor tushgan o’rinlarni oq rang bilan ko’rsatamiz. Buning uchun uy tomiga tushgan qor ko’rinishini ko’z oldimizga keltirishimiz lozim. Rasmda o’z e’tiborimizni jalb etib ham bajarishimiz mumkin, ammo chizish qobiliyati har bir inson ijodiga bog’lik. Biroq, qor ko’p bo’lmasligi lozim.
Qor ko’rinishi belgilangandan so’ng, haqiqiy tasvir bilan ishlashni boshlaymiz.
Smudge (Barmoq) uskunasidan foydalanamiz. Uning imkoniyati juda keng va xilma-xildir. Ushbu uskuna bilan ishlash ko’rinishi ko’k rangni qog’ozga barmoq bilan surtilayotganga o’xshaydi, bu esa turli xil bo’shliqlarni birlashtirish, o’zaro oquvchanlikni hosil qilishda kerak bo’ladi.
Demak, Smudge uskunani tanlab, qor ko’rinishi chetlarini harflar ustida og’iriligi bilan qotib qolgan holatini hosil qilamiz. Agar qotish holatini yarata olmasak, uskuna parametrini o’zgartiramiz, ya’ni bosimni oshiramiz (Pressure). Natija rasmda ko’rsatilgan.
Keyigi bosqich hozirgi uskuna bilan amalga oshirilib bunda – qor oqimini hosil qilamiz. Ushbu ko’rinishni qor erishni boshlaganda, ya’ni eriyotgan qorning atrofida shakllar paydo bo’lish holatidir. Ular juda oson yaratiladi: «barmoq» uskuna bilan qorni vertikal yo’nalishda surtish lozim. E’tiborli bo’ling: chunki uskuna qo’llanilayotganda dag’al ko’rinish berishi mumkin. Rasmdagi qor tushgan o’rinlar aniq ko’rinishda bo’lmasa, muyqalam yordamida to’g’rilab chiqamiz.
Hozircha rasm ko’rinishi qish fasliga unchalik ham o’xshamaydi. Sabab shundaki qor – silliq emas, balki ko’p mikdordagi qor parchalaridan iborat. Ushbu holatni ko’rsatib berish lozim bo’ladi. Masalani hal etishda– Add Noise (Notekislik qo’shish) standart filtr: Filter-Noise-Add Noise qo’llaniladi. Filtrni sozlash oynada ko’rsatilgan.
So’nggi amallar quyidagicha bajariladi. Blur (Oquvchanlik) filtr: Filter-Blur-Blurni bir necha marta takror qo’llang va natija kutilgandek bo’ladi. Filtrni qo’llayotganda konturlarning qo’shilishi, ya’ni tasvirda konturlar oqib ketayotganga o’xshaydi.
Mo’yqalam uskuna yordamida va Brushes ranglar majmuasidan Airbrush va Noise parametrlarini o’rnatilib, harflar tagida qor ko’rinish hosil qilindi.
Bajarilayotgan amalni tugadi deb hisoblasak ham bo’ladi, biroq Yana bir kichik elementni – yog’ayotgan qorni qo’shamiz. Buning uchun Brush uskunani tanlang va parametrlar oynasida Load Brushes buyrug’i orqali Assorted mo’yqalam to’plamini yuklaymiz. Unda barcha standart mo’yqalam ko’rinishlar mavjud bo’lib, ular orasida qor parchasi ham bor. Uni belgilab olib, qor parchalarini kerakli o’rinlarda o’rnatib chiqamiz. Natija rasmda ko’rsatilgan.

Photoshop dasturida biror bir matn yozib olamiz:


Yaratilgan tasvirni kontur yo’nalishiga o’zgartirishlar kiritish uchun menyular bandining Oyna menyusidan Стиль Слои buyrug’i orqali Слои (qatlam) oynasi chiqadi:



П араметры наложения () buyrug’idan Стиль Слои orqali KONTUR bandiga murojaat qilinadi:



Kontur elementlarini sozlash satri 11 xil shakllari mavjud:
Линейый – bir uchi tugun shakli;
Конус – konus shakli;
Перевернутый конус – yon sirtli konus shakli;
Глубокая выемка – chuqur joylashish shakli;
Мелкая выемка – kichkina churuq shakli;
По Гауссу –
Полукруг – yarim doira shaklida joylashish shakli;
Кольцо – aylana shaklli;
Двойное кольцо – ikki tomonlama aylana shakli;
Волнистый уклон – to’lqin yo’nalishida qiyshatirish shakli;
Скругленные ступени – pog’onama-pog’ona chiqish shakli;
Пила 1 – qirra ko’rinishidagi shakl;
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:

Adobe Photoshop dasturi haqida ma`lumot bering.


«Adobe PhotoShop» imkoniyatlari keng qamrovli haqida izohlang.
Photoshop dasturining asboblar paneli haqida ma`lumot bering?
Photoshop dasturi interfeysi, uskunalar majmuasini yoriting?
Photoshop dasturi yordamida shaxsiy visit kartochkangizni tayyorlang.
Photoshop dasturi yordamida taklifnoma, tabriknoma (otkritka) kartochkangizni tayyorlang.
Photoshop dasturining maxsus effektlar darchasini izohlang.
Photoshop dasturida maxsus effektlar darchasi buyruqlari nechta.
Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin