1-amaliy mashg’ulot: Adobe Photoshop dasturi va uning imkoniyatlari va matn bilan ishlash Reja: Adobe Photoshop dasturida ishlash. «Adobe photoshop»



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə1/2
tarix15.04.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#98531
  1   2
1-amaliy mashg’ulot Adobe Photoshop dasturi va uning imkoniyatl


1-amaliy mashg’ulot: Adobe Photoshop dasturi va uning imkoniyatlari va matn bilan ishlash
Reja:

  1. Adobe Photoshop dasturida ishlash.

  2. «ADOBE PHOTOSHOP» asboblar paneli

  3. «Adobe PhotoShop» programmasida ranglar palitrasi.

  4. Holt satridan foydalanish

  5. «Adobe PhotoShop» programmasida matnlar bilan ishlash

«Adobe PhotoShop» Windows muhitida ishlovchi Macintosh va IBM PC kompyuterlari uchun mo’ljallangan elektron ko’rinishdagi foto tasvirlarni tahrirlovchi programmadir. «Adobe PhotoShop» programmasi Adobe System, Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo’lib, ishlatishdagi alohida qulayliklari bilan mashhur.


Photoshop dasturi – grafik muharrir bo’lib, rastr (nuhtali) tasvirlar bilan ishlashga muljallangan ( rast formatli grafik fayllar, fotografya, tasvirlar va h.).
«Adobe PhotoShop» tasvir taqrirlagichi yordamida fotosuratlarga qo’shimchalar kiritish, fotosuratdagi dog’larni o’chirish va eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo’shimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlarni ikkinchi fotosuratga olib o’tish, suratdagi ranglarni o’zgartirish, almashtirish mumkin. «Adobe PhotoShop» imkoniyatlari keng qamrovli bo’lib, u gazeta va jurnallarni turli-tuman rasmlar bilan boyitishda juda katta qulayliklar yaratadi.
«Adobe PhotoShop» ayniqsa jurlanistlarning, rassomlarning ijodiy imkoniyatlarini to’la amalga oshirishlarida yordam beradi. Jurnalistika va bevosita matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador bo’lgan shaxslarning mazkur programma bilan ishlashni bilishi ular uchun qo’shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi.
Dasturning asosiy oyna tarkibini ko’rib o’tamiz.
Menyu satri. Barcha ilovalar uchun standart element hisoblanadi. Unda butun dunyo bo’ylab qabul qilingan standartlar mavjud bo’lib, Photoshop ham bundan mustasno emas, balki u ham File bilan boshlanib Help da tugaydi.
File – (Faly) Ushbu menyu asosan ishning boshida va so’ngida qo’llaniladi, chunki uning ko’pchilik funksiyalari fayllarni yaratish, yuklash, va xotiraga saqlash bilan bog’lik.
Edit – (tahrir) bu menyuda muharrirlashtirishning asosiy buyruqlari joylashgan.
Image – (Избражение) menyusi esa, tasvirlar bilan ishlash uchun yaratilgan. Uning buyruqlari ko’pgina amallarda qo’llaniladi.
Layer – (Слой) qavatlar bilan ishlash.
Select – (Выделит) rasm qismini ajratish va o’zgartirish.
Filter – (Филтры) bu menyuda filtrlar ko’rsatilgan bo’lib, bir qancha funksiyalarni bajaruvchi Photoshop dasturining qo’shimcha modullaridir.
View –(Вид) interfeysni sozlashning turli ko’rinishi bo’lib, foydalanuvchi o’ziga mos ravishda qo’llaydi.
Window – (Окно) Ushbu menyu yordamida ekrandagi uskunalar panelini va xujjatlarning joylashuvini o’zgartirish mumkin.
Help – (Справка) tizim haqida ma’lumot beruvchi buyruqlar to’plami.

«Adobe PhotoShop» programmasi ishga tushirilgandan so’ng ekranda «Adobe PhotoShop» tasvir taqrirlagichi oynasi hosil bo’ladi.


«Adobe PhotoShop» oynasining yuqori qismida sarlavha satri va Windowsga xos elementlar joylashadi. Sarlavha satridan so’ng menyu satri joylashadi. Menyudagi kerakli komandalarni tanlashingiz mumkin.
«Adobe PhotoShop» programmasi menyusi 9 banddan iborat. Har bir menyu tarkibida ochiladigan menyu bandlari mavjud. Ularni ko’rish kursor yordamida amalga oshiriladi. Quyida eng ko’p qo’llaniladigan komandalarning qisqacha tavsifi keltirilib o’tiladi.

Uskunalar paneli. Dasturning ushbu elementi boshqa barcha buyruqlarga nisbatan ko’pincha qo’llaniladi. Unda uskunalar joylashgan bo’lib, barcha asosiy amallar ular yordamida bajariladi. Ko’pchilik uskunalarda strelka belgisi ko’rsatilganligiga e’tibor bering. Bu esa o’z navbatida, uning tagida qo’shimcha uskunalar paneli joylashganligini bildiradi. Uni ochish uchun uskuna tugmasini sichqoncha bilan belgilab ma’lum vaqt bosib turish lozim. Ushbu paneldan biron uskuna tugmasi belgilanganda, asosiy panelda hosil bo’ladi. Bu usul panel hajmini qisqartirish maqsadida bajariladi.





Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin