1-Amaliy mashg’ulot
Web ilovalar ishlab chiqishga xizmat qiliuvchi web dasturlar
Web-texnologiyani (Internet-texnologiya) o’rganishni Web-dizaynning
quyidagi uchta tushunchasini o’rganishdan boshlaymiz: Web-sahifa, Web-sayt va Web-server. Web-sahifa – o’zining unikal manziliga ega bo’lgan va maxsus ko’rish dasturi yordamida (brauzer) ko’riluvchi hujjatdir. Unga matn, grafika,ovoz, video yoki animatsiya ma’lumotlar birlashmasi - multimediyali hujjatlar, boshqa hujjatlarga gipermurojaatlar kirishi mumkin. Web-sayt – bir qancha web-sahifalarning mantiqiy birlashmasi. Web-server – tarmoqqa ulangan kompyuter yoki undagi dastur hisoblanib, umumiy resurslarni mijozga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Web-serverlar ma’lumotlar bazalari va multimediyali ma’lumotlarni bir biriga moslashtiradi; Web-serverda Web-sahifa va Web-saytlar saqlanadi. Biz Internet tarmog’idagi Web-sahifalarni ko’rishimiz uchun WWW (World Wide Web) deb ataluvchi Internet xizmatdan foydalanamiz. World Wide Web (WWW, Butun dunyo o’rgimchak to’ri) – bu mijoz-server texnologiyasi asosida tashkil etilgan, keng tarqalgan Internet xizmatidir. Web-texnologiyaning (Internet-texnologiya) Web-dizayn qismini o’rganishni belgilili til tasnifi bilan boshlaymiz. Bu til yordamida matnlar, grafik ma’lumotlar Web-sahifa hujjatga joylashtiriladi va bu hujjatni barcha kompyuterda ko’rish imkoniyati mavjuddir. Bunday maxsus tillar belgili tillar deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi – Web-sahifaga “ma’lumotlarni joylashtirish” va ular orasidagi aloqani (gipermurojaatlar) ta’minlashdan iborat.
1-rasm Web texnologiyalarining sinifikarsiyasi
HTML (HyperText Markup Language). Dastlab World Wide Web tizimi matnli ma’lumotlarni va HTML hujjatlarni ko’rishga mo’ljallangan, matnni tahrirlovchi tilga o’xshash tizim bo’lgan. Ayni damda HTML tili WWW dagi eng ommabop tillardan biri hisoblanadi. HTML tilida yozilgan ma’lumotlar o’z ichiga matnli fayllar, grafik ma’lumotlar va boshqalarni oladi. Hujjatlar orasidagi aloqani ta’minlash va ma’lumotlarni formatlash vositalari teg (tag) deb ataluvchi vosita orqali amalga oshiriladi. Web-sahifaning matn va teglari aralash ravishda HTML-hujjat deb ataluvchi faylining ichiga joylashtiriladi.
PHP (Personal home page). PHP – bu serverda qayta ishlanuvchi ssenariylar tilidir. ASP kabi PHP kodlar ham bevosita HTML-hujjatni tarkibiga qo’shiladi. Ushbu tilning nomi Personal Home Page Tools so’zlarining qisqartmasidan olingan. PHP da C va Perl tillarida uchragan bir qator muammolar
hal etilgan, bundan tashqari, PHP ma’lumotlar bazasi bilan ishlash uchun juda qulay vositadir. Umuman olganda Perl, PHP – ochiq tizimli tillar hisoblanadi va ularni dasturchilar modernizatsiyalashtira oladi.
XML (eXtensible Markup Language). XML tili ham HTML tiliga o’xshash til hisoblanadi. HTML dan farqli tomoni shundaki, XML da dasturchi o’zining shaxsiy teglarini yaratadi va ular orasiga ma’lumotlar joylashtiradi. XML- teglar harflar katta kichikligini farqlaydi.
XHTML (eXtensible HyperText Markup Language). XHTML tili HTML va XML tillarining birlashmasini tashkil etadi. XHTML tilida yozilgan hujjatning tashqi ko’rinishi platformaga bog’liq (Windows, Mac yoki Unix) ravishda o’zgarib ketmaydi. Shunga qaramay XHTML tarkibida HTML diskriptorlardan foydalaniladi. Bugungi kunda mobil aloqa vositalaridan foydalanuvchilar uchun yangi til ishlab chiqilgan bo’lib, u WML (Wireless Markup Language) deb ataladi; CDF (Channel Definition Format) - Microsoft ishlab chiqqan brauzerlarda push-kanal hosil qilishda qo’llaniladi.
HTML nima?
HTML kengaytmasi Hyper Text Markup Language degan ma'noni anglatadi
HTML veb-sahifalarni yaratish uchun standart belgilash tillaridan biri hisoblanadi
HTML Web-sahifaning tuzilishini tavsiflaydi
HTML elementlari brauzerga kontentni qanday ko'rsatishni tavsiflaydi
HTML elementlari "sarlavha", "paragraf", "havola (link)" va boshqalar kabi kontentlarini qismlarini belgilaydi.
HTML dasturida yozilish tartibi
1-Amaliy mashg’ulot bo’yicha
Assalomu alaykum Hurmatli talabalar
Mening birinchi amaliy mashg’ulot bo’yicha vazifam
hujjatning tanasini belgilaydi va sarlavhalar, paragraflar, rasmlar, giperhavolalar, jadvallar, ro'yxatlar va boshqalar kabi barcha ko'rinadigan tarkiblar uchun xizmat ko’tsatadi.
Element katta sarlavhani belgilaydi
Element
matn (ma’lumotlarni) yozishga xizmat qiluvchi element
Eslatma: Ba'zi HTML elementlarida tarkib yo'q (masalan,
elementi). Bu elementlar bo'sh elementlar deb ataladi. Bo'sh elementlarning yakuniy yorlig'i yo'q hisobi!
Notepad yoki TextEdit, Sublime yordamida HTML tilida yozish kerakmi ???
Professional HTML muharrirlari yordamida veb-sahifalarni yaratish va o'zgartirish mumkin. Biroq, HTMLni o'rganish uchun Notepad (PC) yoki TextEdit (Mac) Sublime kabi oddiy matn muharririni tavsiya qilamiz. Oddiy matn muharriridan foydalanish HTMLni o'rganishning yaxshi usuli deb hisoblaymiz.
Bloknot yoki TextEdit yordamida birinchi veb-sahifangizni yaratish uchun quyidagi amallarni bajaring.
1-qadam: Bloknotni (Wordpad, Notepad++) ochamiz Windows 8 yoki undan keyingi versiyalarida ishlatilganda: Pusk menyusini oching (ekraningizning pastki chap tomonidagi oyna belgisiga). Bloknot deb yozing.
2-qadam: Bloknot oynasiga quyidagi HTML kodni bloknotga yozing yoki nusxa ko'chiring:
My First Heading
My first paragraph.
Dostları ilə paylaş: |