Fayl nomi Tavsif Form.h h-fayl, formalarning tavsifi va barcha komponentlar ro’yxati
saqlanadi
App.rc Loyihaning fayl resurslari, yozilgan senariy ko’rinishlari,
loyihaga bog’liq bo’lgan har qaysi muloqot oynasi haqida
ma’lumot, instrumentlar paneli, piktogrammalar, loyiha
versiyasi va boshqalar saqlanadi.
App.ico. Dasturning piktogrammasi saqlanadi.
Resource.h Bu sarlavha fayl o’zida resurslarni aniqlaydi va loyihadan
foydalanish uchun app.rc faylidan generatsiya qiladi
Stdafx.h Bu faylda kompilyatsiyadan oldingi sarlavha va obyekt
fayllar joylashadi
Assemblyinfo.cpp Bu faylda loyiha ma’lumotlari bo’yicha axborotlar yig’indisi
saqlanadi(fayllar, resurslar, tiplar va boshqalar)
Stdafx.cpp Bu yerda kompilyatsiyadan oldin yaratilgan fayllar saqlanadi
Projname.cpp Bu faylda int main() funksiya bilan boshlanuvchi dastur,
#include direktivasi orqali e’lon qilinadigan .h sarlavha
fayllari joylashadi (Qisqasi bunda C++ tilida yozilgan loyiha
dasturi joylashadi)
Solname.sln Bitta yechimda e’lon qilingan, loyiha guruhlari kategoriyasi
joylashadi. Loyiha (lar)ning barcha elementlarini bitta
umumiy yechimda bo’lishini tashkillashtiradi.
Projname.suo Bu faylda Masala opsiyalari joylashadi. Yaratilgan yechim
atrofidagi barcha foydalanuvchilar rejimi saqlanadi.
Projname.vcproj Bu VC++ proyekti uchun loyihaning bosh fayli hisoblanib,
dasturlarning – Мастер Приложения (Ilovalar ustasi) dan
foydalanishni generatsiya qiladi. Unda ishlab chiqaruvchi
muhit versiyasi, platforma, har bir yaratilgan ilova va
yaratilgan loyiha xossalari haqida ma’lumotlar saqlanadi.
Projname.idl Kutubxonali tiplarni boshqarish uchun interfeys kodlarini
tashkil etadi (bu fayl kutubxonalarni generatsiya qilish uchun
ishlatiladi). Bu kutubxona interfeysli komponentani boshqa
komponentaga joylashtiradi