Visual Studio 97. Visual Studio 97 – Visual Studioning birinchi ishlab
chiqilgan versiyasi hisoblanib, turli muhitlarda dasturiy ta’minot ishlab chiqish
uchun ilk bora bir joyda to’plangan. U ikki xil versiyada chiqarilgan – Professional
hamda Enterprise va ular Visual Basic 5.0, Visual C++ 5.0, Visual J++ 1.1, Visual
FoxPro 5.0 va ilk bora ASP ishlab chiqarish muhiti – Visual InterDev ni joylashtirdi.
Microsoft bu versiyasida ilk bora ko’plab tillarni: Visual C++, Visual J++, Visual
InterDev va MSDN ni bir muhitda qo’llashga urinib ko’rdi va u Developer Studio
deb nomlandi. Visual FoxPro va Visual Basiclar alohida ishlab chiqarish muhiti
sifatida ishlatildi.
1.4-jadval. Visual Studio versiyalari ro’yxati
Rasmiy nomi
Kodli nomi
Ichki
versiyasi
.NET
Framework
versiyasi
Ishlab
chiqilgan
sanasi
Visual Studio
N/A
4.0
N/A
1995 Aprel
Visual Studio 97
Boston
5.0
N/A
1997 Fevral
Visual Studio 6.0
Aspen
6.0
N/A
1998 Iyun
Visual Studio .NET
(2002)
Rainier
7.0
1.0
13.02.2002
Visual Studio .NET
2003
Everett
7.1
1.1
24.04.2003
Visual Studio 2005 Whidbey
8.0
2.0,3.0
07.11.2005
Visual Studio 2008 Orcas
9.0
2.0,3.0.3.5
19.11.2007
Visual Studio 2010 Dev10/Rosario 10.0
2.0,3.0,3.5,4.0 12.04.2010
Visual Studio 2012 Dev11
11.0
2.0, 3.0, 3.5,
4.0, 4.5, 4.5.1,
4.5.2
15.08.2012
Visual Studio 2013 Dev12
12.0
2.0, 3.0, 3.5,
4.0, 4.5, 4.5.1,
4.5.2
17.10.2013
Visual Studio 2015 Dev14
14.0
2.0, 3.0, 3.5,
4.0, 4.5, 4.5.1,
4.5.2, 4.6
20.07.2015
Visual Studio 6.0 (1998). Visual Studio 6.0 – Windows 9x platformasida
ishlaydigan Visual Studioning eng oxirgi versiyasi. Avvalgidek, ommaviy bo’lgan
Visual Basic muhitidan foydalanildi. Ushbu versiyadan Microsoftning Windows
platformasi ilovalari uchun .NET paydo bo’ldi.
Visual Studio .NET (2002). Visual Studio .NET (Kodli nomi Rainier, ichki
versiyasi 7.0) – 2002-yil fevralda ishlab chiqarilgan (.NET Framework 1.0ni
qo’llaydi). Visual Studio .NET Service Pack 1 uchun 2002-yil martida ishlab
chiqildi.
Visual Studio .NET 2003. Visual Studio .NET (2003) (Kodli nomi Everett,
ichki versiya 7.1) – 2003 yilda ishlab chiqarilgan (Framework 1.1 qo’llaydi).
Microsoft 2005-yilning aprelida maxsus muhit ishlab chiqarilganini e’lon qildi,
uning nomi Microsoft Visual Studio .NET Professional Special Edition deb
ataldi. Bu maxsus ishlab chiqarilgan muhit Microsoft Visual Studio .NET 2003
Professional Editionga DTning serverli komplektini va boshqa instrumentlarni
qo’shadi (bu qismlarga operatsion tizimlar: Windows Server 2003 Standard
Edition va SQL Server 2000 Developer Editionlar kiradi). Muhitni bunday
ko’rinishda rag’batlantirish ishlab chiqarishning yangi bosqichiga ko’tarilishiga olib
keldi va Microsoft boshqalar bilan raqobatga kirisha oladigan DT yaratuvchini
ishlab chiqdi.
Visual Studio .NET 2003 Service Pack 1 uchun 2006-yil 13-sentabrda ishlab
chiqarilgan.
Dostları ilə paylaş: |