Visual Studio 2005. Visual Studio 2005 (kodli nomi Whidbey, ichki versiyasi
8.0) – 2005-yil oktabrning oxirida ishlab chiqarilgan (.NET Framework 2.0 ni
qo’llaydi). Windows 2000 da ishlatiladigan eng so’nggi rasmiy versiya. 2005-yil
noyabr boshlarida ham bir qancha seriyadagi mahsulotlarni Express tahririda ishlab
chiqildi: Visual C++ 2005 Express, Visual Studio Basic 2005 Express, Visual C#
2005 Express va boshqalar. 2006-yil 19-aprelda Express tahriri bepul qilib
belgilandi. VS2005 Service Pack 1 uchun va barcha Express tahriri 2006-yilning
14-dekabrida chiqarilgan. Windows Vista bilan birgalikda muammolarni hal
qiladigan, SP1 uchun qo’shimcha patch 2007-yilning 6-martida ishlab chiqarilgan.
Visual Studio 2008. Visual Studio 2008 (kodli nomi Orcas, ichki versiyasi 9.0)
– 2007-yil 19-noyabrda, bir vaqtning o’zida .NET Framework 3.5 bilan birgalikda
ishlab chiqarilgan. Windows Vista OSi, Microsoft Office 2007 va web-ilovalarga
yaratish uchun mo’ljallangan (XP bilan birgalikda). LINQni qo’llagan holda C# va
Visual Basic tillarining yangi versiyalari ishlatilgan. J# Visual Studioga kiritilmadi.
2008-yilning 28-oktabrida birinchi marta versiyaga rus tili kiritildi.
Visual Studio 2010. Visual Studio 2010 (kodli nomi Hawaii, Ultimate uchun
– Rosario, ichki versiya 10.0) - .NET Framework 4.0 bilan birgalikda 2010-yil 12-
aprelda yaratilgan. Visual Studio C# 4.0 va Visual Basic .NET 10.0 ni, oldingi
versiyalarida yo’q bo’lgan F# tilini qo’llaydi.
Visual Studio 2012. Visual Studio 2012 - bu versiya ham 2010 yildagi
tahrirdan tarqalgan, Visual Studio 2012 Expressga qilingan o’zgarishlar – barcha
dasturlash tillari o’rnatildi, oldindan mavjud bo’lganlariga (Visual Basic 2010
Express va Visual C# 2010 Expresslarga) alohida paket sifatida beshta muhim
versiya: Visual Studio Express 2012 Web, Visual Studio Express 2012 Windows