Buxoro arki — Buxorodagi qadimiy shaharsozlik yodgorligi. Buxoro arki Arkning orqa yon tomonidan koʻrinishi Buxoro arkining yon tomonidan koʻrinishi Arkning 1902-yildagi koʻrinishi Buxoro arkining 1907-yildagi koʻrinishi Tarixi
Buxoro arki — Buxorodagi qadimiy shaharsozlik yodgorligi.
Buxoro arki
Arkning orqa yon tomonidan koʻrinishi
Buxoro arkining yon tomonidan koʻrinishi
Arkning 1902-yildagi koʻrinishi
Buxoro arkining 1907-yildagi koʻrinishi
Tarixi Ark dastlab milloddan avvalgi 1-asrda qurilgan. Arablar istilosiga qadar arkda shahar hokimlari— buxorxudotlar yashagan. Somoniylar davrida (9—10-asrlar) qayta qurilib devor va burjlar bilan mustahkamlangan. Qoraxoniylar davrida (11—12-asrlar) va moʻgʻullar bosqinchiligi vaqtida (13-asr) ark bir necha bor vayron qilingan.
Hozirgi qiyofasi asosan Shayboniylar sulolasi davri (16-asr)da shakllangan. 1990-yilda arxeologlar tomonidan olib borilgan qazish ishlari natijasida Amir mehmonxonasi hisoblangan xonaqoh va uning atrofidagi hujralarning poydevorlari, hovli ichkarisidagi supa, toshnov, tazar, sandal va yaxxonalar ochildi.
Hammom tuzilish jihatdan murakkabligi yer osti tazarlari umumiy bir tarmoqqa boʻysundirilganligi, shahar tashqarisidagi zahkashga qadar choʻzilganligi, toʻrt tomonidagi gulax (oʻtxona)lari doimiy ravishda bir xil issiqlik berib turishi, yaxxonada muzni to kech kuzgacha saqlay bilishganligi aniqlandi.
Buxoroning 2500-yilligi munosabati bilan ark ichkarisidagi taxt joylashgan hovli ta’mirlanib, oʻz holiga keltirildi. Ark devorlari yangilandi. "Goʻriyon" darvozasi qayta tiklandi va boshqa obodonlashtirish ishlari olib borildi. Yer sathidan 2,5–3 m chuqurlikda gumbazsimon yer osti yoʻli borligi aniqlandi. Arkda Buxoro davlat me’moriy-badiiy muzey qoʻriqxonasi joylashgan.
Meʻmorchiligi Balandligi 20 m cha boʻlgan tepalik ustiga qurilgan arkning maydoni 4 ga, tarhi koʻpburchakli. Turli davrlarda devorlari tosh, pishiq va xom gʻisht, paxsalar bilan mustahkamlangan. Oʻpirilib tushgan joylari dastlab xom gishtdan, keyin pishiq gʻishtdan ta’mir etilgan.
Koʻtarila boruvchi yoʻl orqali gʻarbdagi ulkan darvozadan (16-asr) ichkariga kiriladi (sharq tomonida ham ilgari darvoza boʻlgan). Darvozaxona peshtoqining ikki yon tomonidagi "guldasta" va ular oraligʻidagi 3 qavatli bino yaxshi saqlangan. Ark ichkarisiga olib kiradigan uzun dalonyoʻlakning chap devorida 12 va oʻng devorida 13 taxmontokcha qilingan. Chap tomonidagi tokchalarning ba’zilarida obxonaga kiriladigan eshiklar bor. Guldasta (burj)lar tagida zax va dim yertoʻlalar boʻlgan.
Dalonning oʻng tomonidagi oʻrta tokchasida afsonaviy qahramon Siyovush ruhiga Navroʻz bayramida chiroqlar yoqilgan. Amir sayisxona (otxona)siga ham shu yerdagi zinadan kirilgan. Dalondan chiqaverishda toʻpchi boshi (saroy qoʻriqchilari boshligʻi)ning mahkamasi, shu yerdagi ayvon tagida yertoʻla boʻlgan (bu binolar buzilib ketgan). Undan sal narida (gʻarbiy devor burchagida) peshayvonli jome masjid (saroy masjidi) qurilgan (18-asr oxiri). Masjid derazalari panjarali, devorlarining ichki tomonidagi naqshlar orasiga Qur’on oyatlari bitilgan. Peshayvon shipi murakkab girihdar bilan bezatilgan.
Arkning shimoliy-gʻarbiy burchagida toʻpchi boshining uyi va ta’mir ishlari ustidan nazorat qiluvchi kishi turadigan xona boʻlgan. Masjidning sharq tomonida lar oqova suv quvurlarining qoldiqlari. Arkning gʻarbiy devoridan boshqa hamma devorlari, burchaklardagi minoralar buzilib ketgan. Darvozasi oldidagi Registon maydonida koʻpgina imoratlar boʻlgan. Uning gʻarbiy devoriga qaragan peshayvonga zambaraklar qoʻyilgan.
Ark darvozasining chap tomonida lashkarboshi mehmonxonasi, shimolida esa qurolyarogʻlar tuzatiladigan ustaxona va aslahaxona (qoʻrxona) boʻlgan. Arkning shimoliy-sharqidagi "Childuxtaron" maqbarasi, janubiy-gʻarbda "Battol Gʻoziy xonaqohi", xos hammom qoldiqlari saqlangan.