Reja: Fazoda issiqlik tarqalish usullari. Issiqlik beruvchanlik. Issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti
Reja: 1.Fazoda issiqlik tarqalish usullari. 2.Issiqlik beruvchanlik. 3. Issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti.
1.Fazoda issiqlik tarqalish usullari Tabiatdagi barcha fizik jismlar va issiqlik dinamik tizimlar har xil haroratlarga ega bo`lsa, issiqlik energiyasi issiqroq jismdan sovuqroq jismga o‘tadi, ya’ni issiqlik almashinishi sodir bo`ladi.
Jism ichidagi issiqroq zarralardan sovuqroq zarralarga yoki har xil haroratli jismlar orasida issiqlik energiyasining tarqalish hodisasini issiqlik almashinish deyiladi.
Issiqlik almashinish hodisasi sanoatdagi har turli texnologik jarayonlarda, qishloq xo‘jaligida mahsulot quritish, yem tayyorlash, sut isitish va hokazo, odamlaming turmushida (xonalarni isitish, ovqat tayyorlash, sovitkichlar va hokazo) keng qo`llaniladi.
Jismlar issiqlik energiyasi uzatilishida bir-biriga tegishi yoki tegmasliklari mumkin. Jismlar bir-biriga tegishi natijasida issiqlik almashinishi ikki xil usulda: issiqlik o'tkazuvchanlik yoki konveksiya orqali sodir bo`ladi.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik deb, jism ichidagi zarralarning o‘zaro bir-biriga tegishli yoki jismlarning bir-biriga tegishi natijasida
issiqlikning uzatilish hodisasiga aytiladi. Bu hodisa jism zarralarining orasida haroratlar farqi bo‘lganligi uchun sodir bo‘ ladi. Qattiq jismlarda bu hodisa erkin elektronlaming o'zaro ta’siri natijasida, gazlarda atom va molekulalaming diffuziyasi hisobiga, suyuqliklarda esa elastik to'lqinlar hisobiga sodir bo'ladi.
Konveksiya deb, suyuqlik va gazlarda zarralarning shu muhit ichida aralashuvi natijasida issiqlik almashinish hodisasiga aytiladi. Bu zarralarning haroratlari bir xil bo`lmaganligi uchun ular o‘zaro to‘qnashishi natijasida issiqlik almashinishi sodir bo‘ladi. Zarralarning bir-biriga tegishi natijasida issiqlik almashganligi uchun konvektiv issiqlik almashinish issiqlik o‘tkazuvchanlik bilan birga bo'ladi.
Harakatdagi muhit (gaz, suyuqlik) bilan idish devori orasidagi issiqlik uzatilishiga issiqlik berish deyiladi.
Bir jismdan ikkinchi jismga issiqlikning elektromagnit to'lqinlari orqali uzatilishini nurlanish bilan issiqlik almashinish deyiladi.
Bunda 2 marta almashinish bo`ladi: avval issiqlik energiyasi elektro-magnit tebranishlari energiyasiga o`tadi, boshqa jismga tushgandan keyin to‘lqin energiyasi yana issiqlik energiyasiga aylanadi.
Uchala issiqlik almashinish usullarining yig‘indisi murakkab issiqlik almashinish deyiladi.