Mavzu: Soliqlarni undirish tartibi. Mek-86 guruh talabasi Ismoilov Muhammadali



Yüklə 1,03 Mb.
tarix24.10.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#160373
Ismoilov M


Mavzu: Soliqlarni undirish tartibi.
MEK-86 guruh talabasi
Ismoilov Muhammadali
Reja:
1.Soliq undurish usullari.
2.Oʻzbekiston Respublikasi soliq tizimi.
Soliq amaliyotida soliqlarni undirishning uchta usuli mavjud:
1. Kadastrli.
2. Daromad manbayidan.
3. Daromad egasi daromadni olganidan so‘ng (deklaratsiya bo‘yicha).
Birinchi usul bevosita real soliqlarni hisoblash uchun
foydalaniladigan obyektlar (yer, imoratlar va shu kabilar)ning bahosi va o‘rtacha daromadliligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan kadastr yoki reyestrdan foydalanilishini taqozo etadi.
Yer kadastrini tuzishda turli tumanlardagi ayni bir xildagi yer uchastkalari sifati, joylashgan joyi, foydalanilishi va boshqa belgilariga ko‘ra guruhlanadi. Har bir guruh uchun maydon birligining qator yillar uchun o‘rtacha daromadliligi belgilanadi. Boshqa hamma yer uchastkalari maydon birligidan soliq stavkasi belgilangan u yoki boshqa toifaga
tenglashtiriladi.
Soliqni to‘lashning kadastrli usulining o‘ziga xos xususiyati sifatida shuni ajratib ko‘rsatish kerakki, soliqning to‘lanish payti daromadning olinishi payti bilan aslo bog‘liq bo‘lmaydi, chunki bunday usulda mol-mulk uning taxmin qilinadigan daromadliligining tashqi belgilari asosida baholanadi. Kadastrli usulda shaharlar va shahar qo‘rg‘onlarida yer solig‘i stavkalarini ishlab chiqishga ular hududini shahar ayrim tumanlari yerlari hamda infratuzilmasini iqtisodiy baholash qiymati bo‘yicha kompleks tarzda baholash asos qilib olingan.

Obyektning ana shunday belgilarga asoslanadigan
o‘rtacha daromadliligi uning haqiqiy daromadliligidan jiddiy farqlanishi mumkin, shuning uchun bunday usul ko‘p jihatdan tarixiylik tusiga ega bo‘lishi mumkinki, undan soliq tizimi uncha rivojlanmagan holatda qo‘llaniladi.O‘zbekiston Respublikasida yer solig‘i kadastrli usulda undiriladi. Bunda yerlarning unumdorligi (boniteti) hisobga olingan holdagi yer solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida har yili yangidan tasdiqlanadi
Ikkinchi usulda soliqni soliq subyektiga daromadni
to‘laydigan yuridik shaxs hisoblaydi va ushlab qoladi.
Ishchining ish haqidan, xizmatchining maoshidan daromad solig‘i shu tariqa undiriladi. Soliq korxonada xodimning daromadni olguniga qadar ushlab qolinadi, bu soliqni to‘lashdan bo‘yin tovlashni istisno qiladi, chunki buxgalteriya soliq solinadigan daromadni va soliq summasini aniq hisob-kitob qilib chiqadi. Bunday munosabatlarda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar ko‘pincha fiskal agent yoki soliq agenti sifatida qaraladi.
Uchinchi usul soliq to‘lovchilarning soliq idoralariga
deklaratsiyalarni, ya’ni ularning olgan daromadlari va o‘zlariga tegishli bo‘lgan soliq imtiyozlari haqidagi rasmiy bayonotni berishni nazarda tutadi. Soliq idoralari soliq deklaratsiyasi va amaldagi soliqqa tortish stavkalari asosida to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq miqdorini nazorat qiladilar.
Soliq deklaratsiyasi asosida, odatda, tadbirkorlik faoliyatidan, dehqon (fermer) xo‘jaligini yuritishdan olinadigan daromadlar, shuningdek, intellektual faoliyat bilan shug‘ullanadigan shaxslar (fan, adabiyot, san’at asarlarining mualliflari, kashfiyotlar, ixtirolar mualliflari, sanoat namunalarini yaratuvchilari va hokazo) daromadlari soliqqa tortiladi.
Soliqning daromad manbayida to‘lanishi shuni anglatadiki, soliq uni deklaratsiyalar bo‘yicha to‘lashdagi singari soliq idorasi tomonidan hisoblanib ushlab qolinmaydi, balki uni yuridik va jismoniy shaxs foydasiga to‘lovni amalga oshiradigan fiskal agentlar to‘lov manbalari (korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, boshqa ish beruvchilar)da hisoblaydilar va ushlab qoladilar
Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin