1-amaliy mashg’ulot. Dasturiy ta`minotga qo`yiladigan talablar



Yüklə 14,03 Kb.
tarix05.12.2023
ölçüsü14,03 Kb.
#174244
1-amaliy mashg\'ulot (1)

1-amaliy mashg’ulot. Dasturiy ta`minotga qo`yiladigan talablar.




Ishning maqsadi: Dasturiy ta`minotga qo`yiladigan talablarni o’rganish va hayot tsikli modellarini o’rganish.

Dasturiy injinerlar dasturiy mahsulotni ishlab chiqish bilan shug’ullanadilar.


Ikki xil turdagi dasturiy mahsulotlar mavjud:

  1. Umumiy mahsulotlar Bular autonom tizimlardir ya’ni ishlab chiqarish tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi va ochiq bozorda sotib ola biladigan mijozlarga sotiladi. Bu turdagi dasturiy mahsulotlarga shaxsiy kompyuterlar uchun dasturiy ta’minotlar masalan ma’lumot bazalari, matn tahrirlovchi, rasmlar chizish, loyihalarni boshqarish uskunalari kabi dasturlarni misol qilib olishimiz mumkin.

  2. Buyurtma mahsulotlar Bular alohida mijozlar tomonidan buyurtma qilingan tizimlardir. Bu turdagi dasturiy mahsulotlarga elektronik qurilmalar uchun nazorat tizimlari, maxsus ish jarayonlariga yordam berish uchun yozilgan tizimlarni misol qilib olishimiz mumkin.

Bu ikki turdagi mahsulotlarning asosiy farqi shundaki, umumiy mahsulotlarda dasturiy ta’minot xususiyatlarini dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchi tashkilot nazorat qiladi. Buyurtma mahsulotlarda mahsulotni sotib oluvchi tashkilot dasturiy ta’minot xususiyatlarini ishlab chiqadi va nazorat qiladi.
Biroq hozirgi kunga kelib bu ikki turdagi mahsulotlar orasidagi farq tobora kamayib boryapti, chunki ko’pgina tizimlar umumiy mahsulot sifatida qurilyapti va
mijozlar qaladiga qarab moslashtirilyapti. Enterprise Resource Planning (ERP) tizimlar, masalan SAP tizimi bunga yaqqol misol bo’lishi mumkin.
Dasturiy injiniring ba’zida dasturiy ta’minot jarayoni ham deyiladi. Dasturiy ta’minot jarayoni dasturiy mahsulotni ishlab chiqish faoliyatlari ketma-ketligidir. Barcha dasturiy ta’minotlar uchun umumiy bo’lgan to’rtta asosiy faoliyat bor. Bular:

  1. Dasturiy ta’minot xususiyati

  2. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish

  3. Dasturiy ta’minotni tekshirish

  4. Dasturiy ta’minot evolutsiyasi

Dasturiy ta’minot jarayoni


Dasturiy ta’minot bu dasturiy mahsulotni tayyor holatga olib kelish faoliyatilari to’plamidir. Bu faoliyatlar Java yoki C kabi standart dasturlash tillarida dasturlarni ishlab chiqishni o’z ichiga olishi mumkin.
Dasturiy ta’minot jarayoni modeli bu dasturiy ta’minot jarayonining soddalashtirilgan ko’rinishidir.
Jarayon modellari:

    1. Sharshara modeli

    2. Ortib borish modeli

    3. Qaytib foydalanishga mo’ljallangan dasturiy injiniringi

Yüklə 14,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin