Parametrik zanjirlar Agarda EZ dagi R, L, C elementlardan birortasining parametri qarshiligi, sig‘imi yoki induktivligi vaqt bo‘yicha o‘zgarsa bunday zanjirlar parametrik zanjirlar (PEZ) deb ataladi.
PEZ ikki ta’sir: kirish tebranish signali U(t) va boshqaruvchi tebranish K(t) ta’sirida bo‘ladi (2.2-rasm).
2.2-rasm.
Bunda boshqaruvchi tebranish tok yoki kuchlanish bo‘lishi shart emas.
Boshqaruvchi tebranish elektrik, mexanik yoki issiqlik shaklida bo‘lishi ham mumkin.
PEZ uchun quyidagi matematik ifodani keltirish mumkin:
i(t)=K(t)∙U(t). (2.2)
Bu ifodadan tok kuchlanishga oniy bog‘liqligi chiziqli bo‘lib, bu bog‘liqlik uzatish koeffitsienti K ning vaqt bo‘yicha o‘zgarib turishi natijasida chiziqsiz bog‘liq bo‘lib qoladi. Uzatish koeffitsienti K ning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi qiyalik burchagi α=F[K(t)] ning vaqt bo‘yicha o‘zgarishiga sabab bo‘ladi (2.2 b-rasm).
Parametrik element sifatida qarshiligi vaqt bo‘yicha o‘zgarib turuvchi rezistorni olamiz. Bunda
U=R(t) yoki i=U/R(t)=G(t) ∙U (2.3)
bo‘lib, G(t) – parametrik rezistor o‘tkazuvchanligi. Agar kirish tebranishi
U=U1+U2 (2.4)
bo‘lsa, parametrik elementdan o‘tayotgan tok
i=G(t)∙(U1+U2)= G(t) ∙U1+ G(t) ∙U2=i1+i2 (2.5)
bo‘ladi. (2.5) ifodadan ko‘rinib turibdiki, PEZ larga nisbatan superpozitsiya prinsipini qo‘llash mumkin.
PEZ dan o‘tayotgan tok spektri kirish signali spektridan farqlanadi, ya’ni bunday EZ da yangi spektral tashkil etuvchilar paydo bo‘ladi. Masalan: parametrik rezistor o‘tkazuvchanligi (2.3-rasm) vaqt bo‘yicha garmonik tebranish qonuni bilan o‘zgarishi, ya’ni
G(t)= Gmcosω0t (2.7)
bo‘yicha o‘zgarsa va uning kirishiga
Uk=Umcosω0t (2.8)
garmonik o‘zgaruvchi kuchlanish berilsin.
2.3-rasm.
Bunda PE (rezistor) dan o‘tuvchi tok (2.3) ga asosan
i=Gmcosω1t ∙Umcosω2t (2.9)
ga teng bo‘ladi. (2.8) formulani trigonometrik funksiyalar ko‘paytmasi shaklida o‘zgartirsak
i=0,5GmUmcos(ω2t-ω1t) + 0,5GmUmcos(ω2t+ω1t) (2.10)
ko‘rinishini oladi.
Bu mavzuni amaliy virtual stendi bor ishni stenda amaliy bajarib ko‘rish mumkin! Nazariy materiallar xam yetarli. yana material qo‘yiladi! aks xolda o‘kituvchiga murojaat qiling!