CHASTOTA MODULYATORI VA CHASTOTA DETEKTORINI TADQIQ ETISH Nazariy qism: Chiqishidagi kuchlanish kirishidagi signal chastotasiga mos ravishda o‘zgaruvchi qurilma chastota detektori (ChD) deb ataladi. ChM signallarni chiziqli elektr zanjirlarda detektorlash mumkin emas, chunki uning chiqishida tokning yangi spektr tashkil etuvchilari paydo bo‘lmaydi. ChD inersiyasiz NEZ da ham yaratib bo‘lmaydi, chunki uning chiqishidagi kesish burchagi θ bo‘lgan kosinusoidal impulslar amplitudasi o‘zgarmaydi. Odatda ChM va FM signallar detektorlar kirishiga berilishidan avval amplituda cheklagich qurilmasidan o‘tadilar.
ChM signallarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri detektorlanmaydi. Ularni detektorlashdan oldin modulyatsiya shaklini chiziqli tizim yordamida o‘zgartiriladi va so‘ngra mos detektor yordamida detektorlanadi. Odatda:
ChM signal AM signalga aylantiriladi va AD yordamida detektorlanadi;
v) ChM signal impulslar ketma-ketligi oralig‘i o‘zgaruvchan signalga aylantiriladi va impuls detektori yordamida detektorlanadi.
Odatda detektorlash xarakteristikasi simmetrik shaklga ega bo‘lgan ChD lardan keng foydalaniladi, chunki ular chiziqliga yaqin detektorlash xarakteristikasiga egalar. Natijada ularning chiqish kuchlanishlari Uch(t) kirish signali chastotasi o‘zgarishiga mos keladi.
ACh chiqishidagi tok birinchi garmonikasi I1 amplitudasi o‘zgarmaydi, ammo uning chastotasi ±∆ωdga o‘zgarishiga LC kontur ekvivalent qarshiligi Ze(ω) ning turli qiymatlari mos keladi, natijada LC konturdagi kuchlanish amplitudasi
∆ωdga mos ravishda o‘zgaradi. Umuman LC konturdagi kuchlanish chastota va amplitudasi barobariga o‘zgaruvchi ChAM tebranish ko‘rinishida bo‘ladi. Konturdagi kuchlanish UkAD yordamida detektorlanadi. Detektor xarakteristikasi shakli LC kontur AChX ning ±∆ωdoraliqdagi qismi shaklida bo‘ladi. Bu ChD chiqish kuchlanishi