1-amaliy mashg’ulot Ekologik jihatlarni (aspektlarni) aniqlash Topshiriq


) Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishning texnik jarayoni



Yüklə 76,04 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü76,04 Kb.
#203184
1   2   3
2) Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishning texnik jarayoni
Korxonaning tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • idora;

  • trikotaj sexi;

  • bo’yoq sexi;

  • tikuvchilik sexi;

  • kimyoviy laboratoriya;

  • modellar uchastkasi;

  • suv bilan ta’minlash uchastkasi;

  • qozonxona;

  • ombor;

  • ovqatlanish xonasi.

Asosiy sexlar: trikotaj, bo’yash, tikish, laboratoriya va modellashtirish bo’limlari bir binoda joylashgan. Kommunal xonalar - ovqatlanish xonasi, maishiy xonalar va ofis alohida binoda joylashgan.
Trikotaj ishlab chiqarish. Xom ashyo - bobinalardagi paxta ipi tayyor mahsulot omboridan trikotaj sexiga kelib tushadi va trikotaj mashinalariga beriladi. Trikotaj matolari ikki turdagi mashinalarda – doiraviy to’quv mashinalarida "eng" shaklida va yassi to’quv mashinalarida manjet va yoqalar uchun mato shaklida tayyorlanadi.
Natijada diametri 500 mm va og’irligi 25-27 kg bo’lgan mato ruloni tayyorlanadi. Keyin 3870 tonna miqdorida tayyor polotno omborga beriladi.
Trikotaj mashinalarini ishlatish paytida hosil bo’lgan paxta changlari bo’lgan havo oqimi yengli filtrlarda ushlab qolinib, atmosfera havosiga chiqariladi.
Pardozlash sexi. Paxta ipidan to’qish jarayonida olingan rulonlardagi trikotaj matosi ombordan sexga beriladi. So’ngra quyidagi jarayonlarni bajaruvchi mashinalarga yuklanadi:

  • oqartirish;

  • yuvish;

  • neytrallash;

  • bo’yash;

  • yuvish;

  • neytrallash;

  • sovunlash (namilivaniye);

  • issiq suvda yuvish;

  • yumshatish.

Barcha to’qilgan polotno oqartiriladi, bir qismi esa to’g’ridan-to’g’ri bo’yaladi. Barcha zarur eritmalar laboratoriyada tayyorlanadi va germetik yopiq tizim yordamida mashinalarga yetkaziladi.
Rangli trikotaj mato ishlab chiqarish texnologik jarayonida foydalaniladigan eritmalar quyidagi 1-jadvalda ko’rsatilgan.

Yüklə 76,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin