1-amaliy mashg’ulot Ekologik jihatlarni (aspektlarni) aniqlash Topshiriq


-jadval Trikotaj mato ishlab chiqarish texnologik jarayonida foydalaniladigan eritmalar



Yüklə 76,04 Kb.
səhifə3/3
tarix07.01.2024
ölçüsü76,04 Kb.
#203184
1   2   3
1-jadval
Trikotaj mato ishlab chiqarish texnologik jarayonida foydalaniladigan eritmalar



Texnologik jarayon

Eritmalar tarkibi, g/l

Oqartirish

Natriy ishqori – 3.0-5.0
Yumshatgich – 0-1.0
Ion ushlagich – 0-1.0
Peroksidli stabilizator – 5.0-1.0
Tekislash eritmasi – 0.5-1.0
Yog’ eritgich – 0.5-1.0

Yuvish

Toza suv

Neytrallash

Tiosulfat – 2.0
Vodorod peroksid – 0.3
Sirka kislotasi – 1.0

Yuvish

Toza suv

Bo’yash

Faol bo’yoqlar – 0-12.0
Ion ushlagich – 0-1.0
Soda 5-20
Natriya sul’fat – 2-80
Yumshatgich – 0-1.0
Fiksator – 1.0
Sirt faol moddalar – 0.5-1.0
Sirka kislotasi – 1.0-2.0

Yuvish

Toza suv

Neytrallash

Sirka kislotasi - 1.0 – 2.0

Sovunlash

Sovunlovchi - 0.5-1.0

Iliq suvda yuvish

Toza suv

Yuvish

Toza suv

Yumshatish

Yumshatgich - 2.0-9.0

Bitta qurilma 9 soat davomida to’liq sikl bajaradi. Barcha qurilmalardan chiqadigan turli eritmalar qoldiqlari bo’lgan oqova suvlar 5-10 minut interval bilan kanalizatsiya tarmog’iga oqizib yuboriladi.
Sex hududida oqartirish va bo’yash agregatlarining zich yopilmaydigan qismlaridan ajralib chiqayotgan ishqor va sirka kislota bug’lari tozalanmasdan umumiy ventilyatsiya tizimi orqali chiqariladi.
Oqartirish va bo’yashdan so’ng mato siqiladi, to’g’rilanadi va dazmollanadi. Tayyor polotno omborga yuboriladi.
Tikuv sexi. Tikuv sexidagi ishlab chiqarish jarayoni quyidagi bir necha uchastkalardan iborat:

  • kompyuterda modellashtirish va rejalashtirish uchastkasi – modellarni loyihalash, tegishli naqshlarni ishlab chiqarish va andozalar tayyorlash, shuningdek xom ashyo va tikuv harajatlarini me’yorlash;

  • tayyorgarlik uchastkasi – bichish jarayoni bir ritmda va uzluksiz borishini ta’minlash uchun matolarning sifat va miqdor jihatdan talablarga javob berishini tekshirish;

  • bichish uchastkasi - matoni avtomatik rejimda kesish;

  • tikuv uchastkasi;

  • nam issiqlik bilan ishlov berish uchastkasi - dazmollash va tayyor mahsulotlarni o’ramlash.

Tayyor mahsulotlar omborga yuboriladi.
Korxona kimyoviy mahsulotlar omborida saqlanayotgan reaktivlar-dan foydalanadi. Zarur hollarda reaktivlar maxsus jihozlangan xonada elektron tarozida tortiladi. Laboratoriyada ular bo’yoq mashinalarining qabul qiluvchi qurilmalariga yuboriladigan kompozitsiyalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Kimyoviy laboratoriya, reaktivlar ombori va tortish xonalari havo tortuvchi ventilyatsiya qurilmasi bilan jihozlangan.
Korxonaning bug’ va issiq suv bilan ta’minlaydigan qozonxonasi ikkita bug’ generatori va tabiiy gazda ishlaydigan bitta issiq suv qozoni bilan jihozlangan.
Korxonani suv bilan ta’minlash uchun uning hududida ikkita artezian quduq kovlangan va nasoslar bilan jihozlangan. Artezian suvini tayyorlash uchun suvni kimyoviy tozalash tizimi qo’llaniladi, jumladan: loyqalikni tiniqlashtirish uchun qum filtrlari va suvni yumshatish uchun ion almashinish filtrlari o’rnatilgan.
Qum filtrini ushlab qolingan zarralardan tozalash uchun suv bilan yuviladi. Kationli filtrlarni regeneratsiya qilish uchun 7% eritmasi ishlatiladi. Regeneratsiya eritmalari korxonada kristall osh tuzidan tayyorlanadi.
Oqova suvlar shahar tozalash inshootlariga oqizilishidan oldin mahalliy tozalash inshootlarida qo’shimcha ishlov berishni talab qilinadi. Ularni tozalash fizik - kimyoviy usul - koagulyatsiya bilan amalga oshiriladi.
Kationli filtrlarni regeneratsiya qilish vaqtida hosil bo’lgan regeneratsiya eritmalari koagulyant sifatida ishlatiladi.
Yüklə 76,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin