1-misol. 220 kV li 150 km uzunlikdagi AS-240 simli elektr uzatiSh liniyasi fazalari bir-biridan o‘rtacha 7 m geometrik masofada joylaShgan. Elektr uzatiSh liniyasining parametrlarini, yaxShi va yomon ob-havoda tojlaniShdagi quvvat isrofini hamda liniya generatsiya qiladigan reaktiv quvvatni aniqlang.
2-misol. Sanoat korxonasi 10 kV kuchlaniShli ikki manbadan havo va kabel liniyalari orqali taminlanadi. Havo liniyasining uzunligi 10 km bo‘lib, fazalari orasidagi masofa-3 m li AC-95 simdan tayyorlangan. Kabel liniyasining uzunligi (AAB-95) 6 km. Ko‘rsatilgan liniyalar almaShtiriSh sxemasi parametrlarini aniqlang.
3-misol. Zavod podstansiyasidan 6 kV kuchlaniShda sexga ASB-120 kabel orqali elektr energiya uzatiladi. Agar uzatiSh liniyasi AC-95 havo liniyasiga almaShtirilsa, uning qarShiligi qanday o‘zgaradi? Liniyaning uzunligi 5 km.
4-misol.110 kV li 85 km uzunlikdagi AS-95 simdan tayyorlangan liniyaning almaShtiriSh sxemasini tuzing va parametrlarini aniqlang. Liniyada faza simlari gorizantal joylaShgan va ular orasidagi masofa 5 m.
5-misol. ACK-95 simdan tayyorlangan 110 kV li liniya qarShiligi zl=15,51 Om. Agar Do‘r=5m bo‘lsa, liniya uzunligini aniqlang.
6-misol. Uzunligi 15 km bo‘lgan AC-70 simdan tayyorlangan ikki tizimli havo liniyasining almaShtiriSh sxemasini tuzing va parametrlarini aniqlang. Liniya simlari orasidagi masofa 1 m, liniya parallel iShlaydi. Bir tayanchda joylaShgan simlarning o‘zaro ta’sirini hisobga olmang.
7-misol. 6 kV li 5 km uzunlikdagi AC-50 simdan tayyorlangan EULning parametrlarini aniqlang. Liniya simlari gorizantal joylaShgan, ular orasidagi masofa 1,2 m.
8-misol. 380/220 V li yoritgich liniyasining almaShtiriSh sxemasini tuzing. TaqsimlaSh punkitini taminlovchi 25 m uzunlikdagi liniya 4 tomirli 50 mm2 kesim yuzali kabeldan tayyorlangan, 5 ta taqsimlaSh punkitidan ketayotgan 40 m uzunlikdagi bir fazali liniyalar 6 mm2 kesim yuzali simdan tayyorlangan. Faza va nol sim orasidagi masofa 200 mm. AlmaShtiriSh sxemasi parametrlarini aniqlang.